Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
14.2K photos
1.29K videos
88 files
5.79K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#ochiq_muloqot

Prezident va tadbirkorlar ochiq muloqoti

Bugun, 18-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti oʻtkazildi.

Prezident sodda soliq maʼmurchiligi va byurokratiyasiz qulay muhit yaratish borasida muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

“...tadbirkorlarga soliq yukini koʻpaytirish emas, balki ularni qoʻllab-quvvatlash orqali soliq bazasini kengaytirish hisobiga byudjetga tushumlarni oshirish yoʻlidan borayapmiz.
Oʻtkazilgan soʻrovlarda 62 foiz tadbirkorlar soliq sohasidagi islohotlarni ijobiy baholagan”, - dedi davlatimiz rahbari.

Shu bilan birga, tadbirkorlarning ochiq-oshkora reytingi joriy qilinadi.
Bunda, kelgusi yil 1-yanvardan boshlab reytingi yuqori korxonalar:
- barcha turdagi soliq tekshiruvlaridan ozod qilinadi;
- ularga qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha qismi bir kunda qaytarib beriladi;
- qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi guvohnomasini vaqtinchalik toʻxtatib turish amaliyoti bekor qilinadi.

Kameral nazoratda
tadbirkordan hujjat talab qilish yoki uni idoraga chaqirish qatʼiyan taqiqlanadi.

Soliqchilar koʻrsatgan xizmatlar sifatiga tadbirkorlarning oʻzi baho beradigan tizim yoʻlga qoʻyiladi.

Soliq yoki kredit qarzini undirish boʻyicha sud qarori chiqarilganda, penya va foizlar hisoblash toʻxtatiladi.

2024-yil 1-yanvardan boshlab:
- bir-birini takrorlovchi va eskirgan hisobotlar tugatiladi;
- barcha hisobotlarni yagona elektron tizim orqali taqdim etish yoʻlga qoʻyilib, ularning qogʻoz shakli bekor qilinadi (hozirda 15 foiz hisobotlar qogʻozda topshiriladi).

Soʻnggi yetti yildagi soliq islohotlari, tadbirkorlarga berilgan yengillik va imtiyozlar natijasida ularning ixtiyorida 120 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ qoldi. Mana bugun ham juda katta qulayliklar berilmoqda.

…soliqlardan qochib, oʻzining majburiyatlarini bajarmasdan kelayotgan qoʻshtirnoq ichidagi tadbirkorlarga biz albatta murosasiz boʻlamiz”, – deya ta’kidlab o‘tdi Prezident.

Batafsil
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 21-avgust
iyul oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1-2 qismlar);

- agar iyul oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4 qismlar);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).

_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 21 августа 2023 года последний день

за июль:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в июле были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3-4 ст. 454 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более двухсоткратного размера базовой расчетной величины в размере одной двенадцатой части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).
Savol: Shaxsiy kartochkamda soliqlardan ortiqcha to‘lovlarim ko‘rinayabdi, uni qaytarib olsam bo‘ladimi?

🖊Shaxzoda Ergasheva

❇️Javob:
Soliq kodeksining 103-moddasi birinchi, uchinchi va to‘qqizinchi qismlariga asosan, soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan yoki undan ortiqcha undirilgan soliq summasi soliq to‘lovchining qarzi bo‘lmagan taqdirda shu soliq to‘lovchiga qaytarilishi yoxud ushbu soliq bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga hisobga olinishi lozim.

- Ortiqcha to‘langan soliq summasi soliq to‘lovchining arizasiga ko‘ra soliq to‘lovchiga to‘liq yoki qisman qaytarilishi mumkin.

Shuningdek, ushbu belgilangan qoidalar ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan yig‘imlar, penyalar va jarimalar summalarini boshqa vakolatli organlar tomonidan hisobga olishga yoki qaytarishga hamda soliq organining qaroriga ko‘ra o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisobga olishga yoki qaytarishga nisbatan ham qo‘llaniladi.

📢 Samarqand viloyati soliq boshqarmasi shu'ba boshligʻi Bekzod Saliyev javob berdi.
#savol_javob #deklaratsiya

Telefon raqamimga deklaratsiya asosida daromad solig'idan qarzdorlik mavjudligi haqida SMS keldi. Men qanday daromadlarim uchun deklaratsiya taqdim etishim kerak?

Jismoniy shaxslar quyidagi manbalardan olingan daromadlari bo‘yicha jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishlari lozim.
🔹mol-mulkni ijaraga berishdan;
🔹egaligida bo‘lgan noturar obyektlarni sotishdan;
🔹36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan;
🔹yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan moddiy naf tarzda olingan hadyadan.

Jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etiladi va hisoblangan soliq summasi 1-iyundan kechiktirmay to‘lanadi.

👉Fuqarolar deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i haqida SMS orqali ma'lumot olishmoqda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YTT

Kichik biznes uchun yengilliklar va soliq imtiyozlari

🔸Yakka tartibdagi tadbirkorlik – biznesning sodda va qulay shakli. Shu yilning oʻzida ular soni 58 mingga koʻpayib jami 246 mingga yaqinlashdi.

📊 Eng koʻp yakka tartibdagi tadbirkorlar Toshkent shahrida – 33 mingga yaqin. Samarqand viloyatida 28,5 mingta. Undan keyingi oʻrinlardan Fargʻona, Toshkent hamda Qashqadaryo viloyatlari joy olgan.

👉 Batafsil videolavhada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Tadbirkorlik subyektlari soliq organlarida masofadan hisobga qo‘yiladi

💻 Tadbirkorlikka berilayotgan e'tibor, ro‘yxatdan o‘tkazishdagi qulayliklar natijasida ular soni ortib bormoqda. Joriy yil boshidan bugungi kunga qadar 59,7 mingta yuridik shaxs va 58,8 mingta YTT davlat roʻyxatidan oʻtib bir vaqtda soliq organlarida ham hisobga olindi.

📊 2022-yil tovar aylanmasi boʻyicha soliq to‘lovchilarning 492,4 mingtasi kichik, 8,6 mingtasi oʻrta va 1,4 mingtasi yirik tadbirkorlik subyektini tashkil etmoqda.

Oʻtgan 7 oy davomida tovar aylanmasi 10 mlrd soʻmdan oshgan oʻrta tadbirkorlik subyektlari 9622 tani tashkil etib, 1-yanvar holatiga nisbatan 1 024 taga koʻpaydi.
🏓Bugun Samarqand shahridagi sportning o‘yin turlari bo'yicha va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashgan sport maktabida sportning stol tennisi turi bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqalariga start berildi.

❇️Musobaqada Respublikamizning barcha hududlaridan yosh sportchilar ishtirok etib, g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.

♻️ Musobaqa 27-avgustgacha davom etadi.
🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevнинг 2023-йил 18-август кунги tadbirkorlar bilan uchrashuvidagi ma’ruzasidan:

2024-yil 1-yanvardan boshlab:

- bir-birini takrorlovchi va eskirgan hisobotlar tugatiladi;

- barcha hisobotlarni yagona elektron tizim orqali taqdim etish yo‘lga qo‘yilib, ularning qog‘oz shakli bekor qilinadi (hozirda 15 foiz hisobotlar qog‘ozda topshiriladi).
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish

♻️Toʻlov topshiriqnomasi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasidan ortiqcha shakllangan boʻlsa uni masofadan ijrosiz chaqirtirib olish imkoniyati bor.

📌Buning uchun my.soliq.uz saytidan “Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash” soʻngra “Topshiriqnomalar roʻyxati” tanlanadi. U yerdan chaqirtirib olinishi kerak boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi tanlanadi hamda amallar ustunidan “Qaytarish” soʻngra “Joʻnatish” tugmasi bosiladi.

❗️Hurmatli soliq toʻlovchilar, toʻlov topshiriqnomalarini toʻlov muddatidan avvalroq va bank ish kunida shakllantirish tavsiya etiladi. Bu soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari bilan bir vaqtda toʻlov topshiriqnomalari shakllanib qolishining oldini oladi.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 23-avgust

avgust oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
_______________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️23 августа 2023 года последний день

за август:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 5 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Intervyu | Bekzod Saliyev - Samarqand viloyati soliq boshqarmasi bo`lim boshlig‘i
🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 18 avgust kunii tadbirkorlar bilan ochiq muloqot formatida navbatdagi uchrashuvidagi ma’ruzasidan:

❇️2024-yil 1-yanvardan boshlab reytingi yuqori korxonalar:

- barcha turdagi soliq tekshiruvlaridan ozod qilinadi;

- ularga qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha qismi bir kunda qaytarib beriladi;

- qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasini vaqtinchalik to‘xtatib turish amaliyoti bekor qilinadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi qanday soliq imtiyozlarini taqdim etadi?

📎 Dasturga kiritilgan tadbirkorlar “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolarni ishga qabul qilib MHTEKMning 1 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlaganda va ular jami ishchilar sonining kamida 20% ni tashkil qilganda mol-mulk va yer soligʻidan imtiyozlarga ega boʻladi.

♻️Fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda MHTEKMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblanganda, daromad solig‘i ish beruvchiga qaytarib beriladi, ijtimoiy soliq stavkasi 50% ga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.

👉 Youtube orqali ko‘rish