Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2K subscribers
14.2K photos
1.3K videos
89 files
5.8K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#bilasizmi?

❇️Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar

yakka tartibdagi tadbirkorning unga mulk huquqi asosida, shuningdеk mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo`l qo`yuvchi boshqa ashyoviy huquq tufayli tеgishli bo`lgan ko`chmas mulkni sotishdan olingan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i solinishi lozim bo`lgan daromadlari;

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini hamda yakka tartibdagi tadbirkor foyda solig`ini to`lashga o`tguniga qadar aylanmadan soliqni to`lash davrida tovarlarni (xizmatlarni) rеalizasiya qilishdan olinadigan daromadlar.
Savol: Bir korxona ikkinchi korxonaga qaytarilmaydigan moliyaviy yordam bersa olgan korxona uchun daromad hisoblanib aylanmada aks ettiriladmi?

🖊Do‘smatov Mingboy

❇️Javob Soliq kodeksining 297, 299-moddalariga asosan, bepul moliyaviy yordam ko‘rinishidagi pul mablag‘larini olish chog‘ida korxona tekin olingan mol-mulk ko‘rinishida daromadni tan oladi (pul - bu mulk).
Moliyaviy yordam summasi jami daromadga kiritiladi va foyda solig‘i (yoki aylanmadan olinadigan soliq) hisoblanadi.
Shuningdek, Soliq kodeksining 267-moddasiga asosan, bepul olingan mol-mulk (xizmatlar) bo‘yicha QQS summasi hisobga (zachetga) olinmaydi.

📢 Samarqand viloyati soliq boshqarmasi shu'ba boshligʻi Bekzod Saliyev javob berdi.
#QQS

QQS guvohnomasini qanday yuklab olish mumkin?

my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetga kiriladi.

“Xizmatlar” bo‘limidagi “Soliq hisobi” menyusidan “Yuridik shaxslarni QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatga qo‘yish” bandi tanlanadi.

"Yuborilgan arizalar" bo‘limida "Guvohnomani ko'rish" tugmasi bosiladi.

Shundan so'ng ekranda QQS to'lovchi sifatida ro'yxatdan o'tganlik to'g'risidagi guvohnoma aks etadi. Hujjatni pdf formatida yuklab olish va QR-kodini skanerlab haqiqiyligini tekshirish mumkin.
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

⚙️ Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida 2023-yil 9-iyul soat 01:00 dan soat 03:00 gacha Soliq qo‘mitasi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

🛠Profilaktika ishlari davomida my.soliq.uz portalidagi ayrim elektron soliq xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
___________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики❗️

⚙️ В целях повышения качества оказания электронных услуг налогоплательщикам с 01:00 часов до 03:00 часов 9 июля 2023 года в Центре обработки данных Налогового комитета будут осуществляться профилактические работы.

🛠В связи с профилактикой возможны сбои в работе некоторых электронных налоговых услуг портала my.soliq.uz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 10-iyul

iyul oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni*
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism);

iyun oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

*Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
_______________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️10 июля 2023 года последний день

за июль:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и
общепита*
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса);

за июнь:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса).

*Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.
❇️ Samarqand viloyati soliq boshqarmasida joriy yilning o‘tgan davrida viloyat 4-sektorida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida viloyat soliq boshqarmasi mas’ul xodimi Oybek Asatulloev joriy yilning o‘tgan davrida viloyat 4-sektorida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, istiqboldagi rejalar xususida atroflicha ma’lumot berdi.

-Joriy yilning o‘tgan davrida 45 nafar fuqaroga 311,8 million so‘mlik motokultivator, 214 nafar fuqaroga 425,5 million so‘mlik tikuv mashinalari, 89 nafar fuqaroga 47,2 million so‘mlik pishiriq pechlari va 203 nafar fuqaroga 209,9 million so‘mlik boshqa asbob-uskunalar ajratib berildi,-deydi O.Asatuloev. - “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz 8 124 nafar xotin-qizlarning 7 696 nafari yoki 95 foiz ayollarning bandligi ta’minlandi.

Matbuot anjumanida mavzu yuzasidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”dagi fuqarolar uchun ish o‘rni yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis”
dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiandi.
👉VMQ-279-son 07.07.2023

Nizomga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolar kamida 1 yil davomida ish bilan ta’minlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan tadbirkorlar mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda:
🔹51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rinlari yaratadigan tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig‘ining amaldagi soliq stavkasi 50 foizga;
🔹101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadiganlar uchun 75 foizga kamaytiriladi;
🔹200 tadan ortiq ish o‘rinlari yaratadiganlar mazkur soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.

Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga barcha soliqlarni (QQS va soliq agentlari sifatida to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno) ta’minotsiz va foizsiz quyidagi muddatlarga bo‘lib to‘lash huquqi beriladi:
▫️51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 3 oy muddatda;
▫️101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 6 oy muddatda;
▫️200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 12 oy muddatda.

Dasturga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratilgan taqdirda ularga nisbatan quyidagi tartibda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi:
🔸51 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarda soliq auditi o‘tkazilmaydi;
🔸200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarda barcha turdagi soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi.
#Bilasizmi

❇️ “Hunarmand” uyushmasiga a’zo hunarmandlar professional ta’lim muassasalarining maxsus ustaxonalarida hunarmandchilik bo‘yicha ta’lim berishda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi shartnoma tuzish va ko‘rsatilgan xizmat uchun soliq to‘lamaslik huquqiga ega.

“Usta-shogird” maktabi o‘quvchisi sifatidagi ish davri 25 yoshga yetgunga qadar bazaviy hisoblash miqdorining kamida 2,5 barobari miqdorida sug‘urta to‘lovi to‘langan taqdirda mehnat stajiga qo‘shiladi.
#e_ijara

🔴 “Soliq” mobil ilovasida ko‘chmas mulk ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazdim. Oradan 2 kun o'tdi, shartnoma hamon "Yuborilgan" holatda. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak?

🔵 Sizdan mol-mulkni ijaraga olgan har bir kishi Soliq mobil ilovasida ijara shartnomasini tasdiqlashi kerak. Buning uchun ijaraga oluvchi “Personal xizmatlar” bo‘limiga kirib, “Ijaraga berish” ➡️ “Ko‘chmas mulkni ijaraga berish” ➡️ “Shartnomalar ro‘yxati” ➡️ “Ijaraga olingan” bandlarini tanlashi va kerakli shartnomani tasdiqlashi kerak. 

Ijara shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish:
👉talabalar ijara shartnomasi
👉avtomobil ijara shartnomasi
Savol:Jismoniy shaxs o‘z nomidagi ko‘chmas mulkni sotsa daromad solig‘i to‘laydimi?

🖊Lola Yuldasheva

❇️Javob:
Soliq kodeksining 375-moddasi 4-bandiga asosan, soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mulkiy daromadlar tarkibiga kirishi, hamda mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanishi belgilangan.

Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, ko‘chmas mulk bo‘yicha esa – kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb e’tirof etilishi belgilangan.

Shuningdek, Soliq kodeksining 378-moddasi 7-bandiga asosan, soliq to‘lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni o‘ttiz olti kalendar oydan ko‘p muddatda soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan olinadigan daromadga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmasligi belgilangan.

📢 Samarqand viloyati soliq boshqarmasi shu'ba boshligʻi Bekzod Saliyev javob berdi.