Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.06K subscribers
14.5K photos
1.36K videos
92 files
5.98K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish

♻️Toʻlov topshiriqnomasi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasidan ortiqcha shakllangan boʻlsa uni masofadan ijrosiz chaqirtirib olish imkoniyati bor.

📌Buning uchun my.soliq.uz saytidan “Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash” soʻngra “Topshiriqnomalar roʻyxati” tanlanadi. U yerdan chaqirtirib olinishi kerak boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi tanlanadi hamda amallar ustunidan “Qaytarish” soʻngra “Joʻnatish” tugmasi bosiladi.

❗️Hurmatli soliq toʻlovchilar, toʻlov topshiriqnomalarini toʻlov muddatidan avvalroq va bank ish kunida shakllantirish tavsiya etiladi. Bu soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari bilan bir vaqtda toʻlov topshiriqnomalari  shakllanib qolishining oldinioladi.
❇️Aholi muammolarining ijobiy yechim topishida sektor rahbarlari boshchiligida tashkil etilayotgan sayyor qabullar muhim ahamiyatga ega. Qabulga har bir fuqaro muammosiga yechim topishiga umid bog‘lab keladi.

Pastdarg‘om tumanida bo‘lib o‘tgan viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi Alovitdin Inagamovning sayyor qabulida ham pastdarg‘omliklarni qiynab kelayotgan bir qator masalalalar tuman sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Qabulda fuqarolar asosan ichimlik suvi, sog‘liqni tiklash, eski simyog‘ochlarni almashtirish, elektr energiyasi va boshqa muammolar bo‘yicha murojaat qilishdi.

Murojaat qilgan 4 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarga nogironlik aravachasi, 1 nafar fuqaroga eshitish moslamasi, 1 nafar fuqaroga inkubator taqdim etildi.
❇️ Qonunchilikka ko‘ra, 2024 yil 1 iyulgacha issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan ko‘p bo‘lgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini quyidagi shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya qilinganda tadbirkorlarga qaytarib berish tartibi joriy etiladi:

har bir 5 sotix yer maydoni uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligini ta’minlash;

har bir ishchi uchun oyiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadni mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo‘lmagan (980 ming so‘m) miqdorda belgilash;

issiqxonaga ixtisoslashgan tadbirkorlik suby’ektlari tomonidan issiqxona faoliyati bo‘yicha olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etishi.
#soliqchi_komakchi

Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning 1,7 trln soʻmlik qarzdorligi hisobdan chiqarildi

2023-yil 1-iyun holatiga:

🔹xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi uchun qoʻllanilgan jarimalar summasi hisobdan chiqariladi;
🔹ushbu jarimalarni undirish bilan bogʻliq sud va ijro ishlari tugatiladi.

Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlikning vujudga kelish muddati 2023-yil 1-iyundan boshlab yangidan hisoblanadi.
👉 PQ-192-son 14.06.2023-yil

Mazkur qaror qabul qilinishi natijasida:
▪️2144 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qoʻllanilgan jarima boʻyicha yuzaga kelgan 1,7 trln soʻm miqdoridagi qarzdorlik hisobdan chiqarildi;
▪️1631 ta
subyektga 2,5 trln soʻm miqdorida jarima qoʻllash yuzasidan iqtisodiy sudlarga kiritilgan arizalar koʻrib chiqilishi toʻxtatiladi;
▪️4170 ta
subyektga 5,5 trln soʻm miqdorida jarima qoʻllash yuzasidan koʻrilayotgan choralar toʻxtatildi.
________________
#cолиқчи_кўмакчи

Хозяйствующим субъектам списаны 1,7 трлн сумов задолженности

По состоянию на 1 июня 2023 года:

🔹будут списаны суммы штрафов, примененных к хозяйствующим субъектам за просроченную дебиторскую задолженность по внешнеторговым операциям;
🔹прекращаются судебные и исполнительные производства, связанные с взысканием этих штрафов.

Срок возникновения просроченной дебиторской задолженности по внешнеторговым операциям исчисляется вновь с 1 июня 2023 года.
👉№ ПП-192 от 14.06.2023 г.

В результате принятия данного постановления:
▪️списана задолженность в размере 1,7 трлн сумов, образовавшаяся по штрафам, примененным в отношении 2 144 хозяйствующих субъектов;
▪️приостанавливается рассмотрение поступивших в хозяйственные суды заявлений о применении штрафов в размере 2,5 трлн сумов в отношении 1 631 хозяйствующего субъекта;
▪️приостановлены рассматриваемые меры
по применению штрафов в размере 5,5 трлн сумов в отношении 4 170 субъектов.
❇️Ishtixon tuman soliq inspeksiyasida viloyat soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi tomonidan tuman prokuraturasi mas'ul xodimi hamda inspeksiya shaxsiy tarkibi ishtirokida “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra-suhbati tashkillashtirildi.

Tadbirda soliq xizmati organlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xatarlarning oldini olish va sohada zamonaviy korrupsiyaga qarshi tizimlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 31-maydagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini belgilash to‘g‘risida”gi 85-sonli buyrug‘ida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilanganligi haqida so‘z yuritildi.

Tuman prokuraturasi mas’ul xodimi F.Mardonov korrupsiyaga oid jinoyatga qo‘l urganlarga belgilangan jazo choralarini yana bir bor eslatib o‘tdi.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 23-iyun

iyun oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
___
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️23 июня 2023 года последний день

за июнь:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 5 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).
❇️Korrupsiya - illat

Korrupsiya - yurtimiz rivoji farzandlarimiz kelajagiga soya soluvchi illat. Ushbu illatga qarshi kurash esa har birimizning burchimizdir.

Biror sohada ishlab tajriba to‘plash, hurmat qozonish uchun yillab halol mehnat qilish lozim. Ammo misqollab yig‘ilgan obro‘ bir daqiqada yo‘qqa chiqishi mumkin. Davlat byudjetini to‘ldirib, iqtisodiyot barqarorligiga hissa qo‘shishning o‘rniga cho‘ntagini qappaytirishni o‘ylab qo‘lga tushgan davlat xizmatchisi nafaqat o‘z obro‘sini to‘kadi, balki oila a’zolarining yuzini yerga qaratib, mehnat jamoasining sha’niga ham yaxshi gap olib kelmaydi.

Urgut tuman soliq inspeksiyasida tashkil etilgan davra suhbatida boshqarma Shaxsiy xavfsizlik bo'limi boshlig‘i o‘rinbosari R.Sobirov shu haqida to‘xtaldi.

Tadbirda ishtirok etgan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman bo‘limi mas’ul xodimi O.Tursunov pora olish yoki berish, unga vositachilik qilish, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi harakatlarga jazo muqarrarligini taʼkidladi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 31-maydagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini belgilash to‘g‘risida”gi 85-sonli buyrug‘i mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.