Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
14.1K photos
1.28K videos
85 files
5.74K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
Savol: Korxonaning asosiy vositani sotishda QQS to'lanadimi va agar to'lansa qaysi summadan?

🖊Jo‘rayeva Dilnoza

❇️Javob: Soliq kodeksining 239-moddasiga asosan, asosiy vositani sotish yoki tekin berish QQS solinadigan realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma hisoblanadi.
Shuningdek, Soliq kodeksining 248-moddasiga asosan, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq bazasi Soliq kodeksining 176-moddasi talablarini hisobga olgan holda, aksiz solig‘ini (aksiz to‘lanadigan tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qo‘llanilgan narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, QQS asosiy vositani realizatsiya qilish narxidan kelib chiqib hisoblanadi.

📢 Samarqand viloyati DSB boʻlim boshligʻi Bekzod Saliyev javob berdi.
#ijtimoiy_soliq

Nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun to‘langan 390 mln so‘mdan ortiq soliq qaytarildi

2023-yil 1-aprel holatiga 80 ta tashkilotga 310 ta ariza asosida nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun to‘langan 390,6 mln so‘m ijtimoiy soliq qaytarildi.

Ish beruvchi ijtimoiy soliq summasini qaytarish uchun qanday murojaat qilishi lozim?

2022-yil 1-martdan 2024-yil 1-martga qadar
ish beruvchilarga 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi to‘liq qaytarib beriladi.
❗️Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
👉PQ-57-son 21.12.2021-yil

Ariza topshirish uchun ish beruvchi:

➡️ my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetning “Xizmatlar” qatoridagi “Elektron hujjat aylanishi” bo‘limidan “Ijtimoiy soliq summasini qaytarish” bandini tanlashi lozim.
➡️ Ochilgan oynadan "Nogironlar uchun" bo‘limi tanlanadi.
➡️ Ariza beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tashkilot nomi, STIR, manzili va faoliyat turi) avtomatik shakllanadi.
➡️ Yil va davr (oylar) ko‘rsatilishi lozim.
➡️ Ilovadagi ariza to‘ldiriladi. Jadvalda nogironligi bo‘lgan xodimning JShShIR, soliq stavkasi, oylik maoshi summasi va oy (davr) qo‘lda kiritiladi. Agar ijtimoiy soliq summasini qaytarish arizasi bir necha oy uchun topshirilgan bo'lsa, unda har bir xodim bo‘yicha jadvaldagi qatorlar har oy uchun alohida to'ldirilishi kerak.
➡️ Jadval to‘ldirgandan so‘ng, pastki qatorlarda xodimlarning umumiy soni va qaytarilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy soliq summasi avtomatik hosil bo‘ladi.
➡️ Ish beruvchining bank rekvizitlari ham avtomatik shakllanadi.
➡️ Shundan so‘ng “Ariza shakllantirish” tugmasi bosiladi. Ariza va uning ilovasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligi va to‘liqligini tekshirib, “Arizani yuborish” tugmasini bosish lozim.

Ariza holatini “Yuborilgan arizalar” bo‘limida ko‘rish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT #marketpleys
#chek_tahrirlash

Komitent o‘z vositachilari – marketpleyslar cheklaridagi noto‘g‘ri MXIKni tuzatishi mumkin

Agar vositachi – marketpleyslarning cheklarida MXIK noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo'lsa, komitent ularga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi?

1.Komitent my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga kirishi kerak.
2.“Xizmatlar” toifasidan “Elektron hujjat aylanishi” bo‘limida “Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari” bandi tanlanadi.
3. Ochilgan oynaning yuqori satrdan "MXIK noto‘g‘ri cheklar" va pastki qatorda "Marketpleys-vositachi cheklari" tanlanadi.
4. Fiskal modul raqami kiritilib, sana ko‘rsatiladi va "Qidirish" tugmasini bosiladi. Agar fiskal modular raqamlari ochiladigan ro‘yxatda aks ettirilmagan bo‘lsa, u holda komitent my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali o‘z vositachilari ro‘yxatini shakllantiradi.
5. Tuzatilishi lozim bo‘lgan chek tanlanib, "Batafsil" so'ngra "Tahrirlash" tugmasi bosiladi.
6. Keyingi oynada to‘g‘ri MXIK kiritilib tasdiqlovchi hujjatlar biriktiriladi va "Saqlash" tugmasi bosiladi.

❗️Tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantiriladi”.
👉VMQ-255-son 12.05.2022

Tadbirkorlik subyekt (komitent)lari tomonidan kassa cheklarida MXIKlar notoʻgʻri qoʻllanilishini oldini olish maqsadida cheklarga qoʻyilgan talablarga rioya etish hamda marketpleys (vositachi) larga toʻgʻri MXIKlarni taqdim etish tavsiya etiladi.

👉Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirish bo‘yicha tushuntirishlar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#marketpleys

Marketpleys bu nima?

Marketpleys — bu operator tizimiga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, operatorga taqdim qilgan chek ma’lumotlari asosida onlayn rejimda fiskal belgilarni qabul qiluvchi, cheklarni elektron shaklda xaridorlarga yuborish funksiyasiga ega bo‘lgan texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron to‘lov hujjatlari vositasida naqd yoki naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimi.

👉VM-943-son qarori 1a-ilova
______
#маркетплейс

Что такое маркетплейс?

Маркетплейс - это система осуществления наличных или безналичных денежных расчетов посредством электронных платежных документов с использованием услуг технических средств, информационных технологий и информационных систем, имеющих функцию направления покупателям чеков в электронной форме, обладающая возможностью подключения к системе оператора, принимающая в онлайн режиме фискальные отметки на основании данных чека, представленного оператору.

👉Прил.№1а к ПКМ №943

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xarid chekini talab qiling, xarid summasidan 1% keshbekka ega bo‘ling!

❇️ Kunlik ehtiyoj uchun har birimiz nimadir xarid qilamiz albatta. Pulini to‘laymiz, mahsulotni olamiz chiqib ketamiz. Unutmaslik lozimki, xarid cheki iste’molchilik huquqimizni himoya qilish, savdo tartib-qoidalariga rioya etishga zamin yaratadi. Aslida ayrimlarning nazdida bir parcha qog‘ozdek tuyulgan xarid cheki mablag‘larning bankdan tashqari noqonuniy aylanishiga barham beradi.
SOLIQ_TAQVIMI_MAY_2023.pdf
182.5 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2023-yil may oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на май 2023 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_soliq

To‘langan ijtimoiy soliqni ish beruvchilarga qaytarish amaliyoti yana 2 yilga uzaytirildi

🗓 Joriy yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar
ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan qaytarib berish davom ettiriladi.

❗️Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
👉PF-61-son 26.04.2023-yil

👉Ijtimoiy soliq summasini qaytarib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉
Ijtimoiy soliqni qaytarishga ariza berish tartibi qanday?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yil 1-maydan...

🔸“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan qoʻy, mol, parranda go‘shti, hamda tuxum va oʻsimlik yogʻini sotib olganda xarid summasidan 1% miqdordagi keshbek oʻrniga, 12% QQS qaytariladi;

🔸Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab jarima miqdorining 15 kun ichida 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lasa, jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod etiladi;

🔸budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 %ga oshiriladi.
▫️mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHETKM) – oyiga 980 000 so‘m;
▫️bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – oyiga 330 000 so‘m bo‘ladi;

🔸avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron oʻlchash uskunalari va onlayn video kameralar oʻrnatiladi hamda ular soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi;

🔸paxta, gʻalla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish boʻyicha axborot tizimlarining operatorlari tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qiladi;

🔸toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar oʻrtasida pul oʻtkazmalari amalga oshirilganda, ularga koʻrsatilgan xizmatlar uchun EHF rasmiylashtiradi;

🔸2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan qaytarib beriladi;

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Bilasizmi

❇️O‘zining shaxsiy tomorqa yer uchastkasida quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar tomonidan yiliga BHMning kamida bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda, ular rasmiy band bo‘lgan aholi toifasiga kiritilishi va ushbu davr ularning mehnat stajiga qo‘shilishi belgilangan:

▫️chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar);
▫️issiqxona;
▫️parrandachilik (bedana, kurka, g‘oz, o‘rdak);
▫️quyonchilik;
▫️asalarichilik;
▫️baliqchilik;
▫️bog‘dorchilik;
▫️limonchilik;
▫️gulchilik.

Bunda ushbu faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga ularga tegishli bo‘lgan tomorqa yer uchastkasining maydoni yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’i nazar ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliqni to‘lashga ruxsat etiladi.
#yer_soligi
#bilasizmi

1-may joriy yil uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha yer soligʻi hisobotini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organiga taqdim etishning oxirgi kuni.
👉 Soliq kodeksi 431-modda

2023-yil uchun:
▫️qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar boʻyicha yer solig'ini hisoblash uchun 10503_11 sonli hisobot shakli my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan;
▫️hisobot shakliga 2-ilova qo‘shildi.
Ushbu ilovada soliq to‘lovchi tomonidan yer uchastkalariga joylashtirilgan ekin turlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar soliq to‘lovchilar tomonidan mustaqil to‘ldiriladi.

📖Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'i soliq hisobot shaklini to'ldirish bo'yicha qo'llanma

Mazkur soliq hisoboti qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘zdavyerloyiha” ilmiy-loyiha instituti ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda hisoblab chiqariladi.
👉 VMQ-235 son 18.08.2014

Ma'lumot uchun, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 % miqdorda belgilanadi.
👉 Soliq kodeksi 429-modda

🔹Soliq toʻlash muddati:
▫️hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
▫️hisobot yilining 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.
👉 Soliq kodeksi 432-modda

🔍Soliq to‘lovchilar yer uchastkalarining normativ qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Soliq qo‘mitasining www.soliq.uz rasmiy sayti orqali ham ko‘rishlari mumkin.

👉 2023-yilda yer soligʻi boʻyicha qonunchilikdagi o‘zgarishlar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Bilasizmi

❇️ Oilalarda bolaga qarab turish va ularni parvarish qilish xizmati (enagalik) o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shug‘ullandigan faoliyat turi hisoblanadi.

📝 Mazkur shaxslar soliq organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

📲 Ro‘yxatdan o‘tish Soliq mobil ilovasi, elektron platformasi yoki my.gov.uz orqali, shuningdek soliq organiga kelgan holda amalga oshiriladi.

📃 Ro‘yxatdan o‘tgan shaxsga QR-kodli ma’lumotnoma beriladi.

❗️O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar daromad solig‘i to‘lamaydi.

➡️ Mazkur shaxslar ishlagan davrini ish staji sifatida hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘laydi.

📁 Shuningdek, yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra enaga sifatida 16 yoshdan shug‘ullanish mumkinligi belgilangan.
Savol:Korxonada fuqarolik huquqiy shartnoma bilan ishlaydigan hodimlar uchun ijtimoiy soliq to'lanadimi?

🖊D.Safarova

❇️Javob: Predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan, tuzilgan fuqarolik huquqiy shartnomaga muvofiq jismoniy shaxslarga to‘lovlar (bundan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar mustasno) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar jumlasiga kiradi.
Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq solinadi. Soliqlarni hisoblash va ushlab qolish majburiyati daromad to‘laydigan soliq agenti zimmasiga yuklanadi.

📢 Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boʻlim boshligʻi Bekzod Saliyev javob berdi.
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Joriy yilning I choragida quyidagi sohalar bo‘yicha TOP-20 yirik soliq to‘lovchilar:

👉 ishlab chiqarish
👉 qurilish
👉 savdo
👉 umumiy ovqatlanish
👉 xizmat ko‘rsatish
________
#цифровизация #налоговые_поступления

ТОП-20 крупных налогоплательщиков в I квартале этого года в сфере:

👉 производства
👉 строительства
👉 торговли
👉 общественного питания
👉 обслуживания

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM