Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
14.1K photos
1.28K videos
85 files
5.74K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#JShODS
#deklaratsiya

Fuqarolar qanday holatda o'z ko'chmas mulkini sotishdan olingan daromaddan soliq to'laydi?

Jismoniy shaxslarning quyidagilarni sotishdan olingan daromadiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadi:
▫️noturar joylar;
▫️36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylar.
👉Soliq kodeksining 378-moddasi

Turar joy jismoniy shaxsning mulkiga, xususan, meros yoki hadya tartibida yoxud oldi-sotdi shartnoma asosida o‘tganligidan qatʼiy nazar 3 yil ichida sotilsa, daromad solig'i to‘lashi lozim.

Jismoniy shaxsning mulkida 3 yildan ko‘p muddatda bo‘lgan turar joylarni sotishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi va uch yillik muddat soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan har bir obyekti bo‘yicha alohida hisoblanadi.

Jismoniy shaxs mulkida 3 yildan kam muddatda turar joyni sotishdan olgan daromadlari to‘g‘risida doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay (Soliq kodeksining 397-moddasi), jami daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishi va daromad solig‘i summasini 1-iyunga qadar to‘lashi lozim. (Soliq kodeksining 398-moddasi)

My.soliq.uz” saytidan jami daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani elektron shaklda taqdim etish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, jismoniy shaxsning mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari mazkur mol-mulkni hujjatlar bo‘yicha sotib olish va sotish qiymati o‘rtasidagi oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Ko‘chmas mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, kadastr qiymati bilan sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi.
👉Soliq kodeksining 375-moddasi 4-bandi

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi – 12%.
👉Soliq kodeksining 381-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushlarda 15 aprelgacha va 15 oktyabrgacha to‘lash belgilangan.

15 aprelga oz qoldi!

Mol-mulk va yer soliqlarini soliq idorasiga kelmasdan ham amalga oshirishingiz mumkin! Buning uchun Soliq, Payme, Oson, Click, Upay, Paynet mobil ilovalaridan unumli foydalaning!

Agar soliqqa oid savolingiz bo‘lsa SoliqMaslahatchilari telegram guruhi orqali murojaat qiling!

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!
#raqamlashtirish #murojaatlar

Soliq xizmati organlarida murojaat yechimi ustuvor vazifa

Soliq xizmati organlari faoliyatida ochiqlikni taʼminlash, hududlardagi muammolarni oʻrganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida soliq toʻlovchilar murojaatlarini ogʻzaki, yozma va elektron koʻrinishda qabul qilish yoʻlga qoʻyilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Soliq to'lovchiga yordam❗️

👉 Mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK) uchun tasnif.soliq.uz da onlayn-ariza qoldirish
👉 Milliy katalogning yangilangan elektron versiyasi
👉 Mavjud MXIK o‘rniga “yangilangan” MXIKlarini ishlatish tavsiya etiladi
👉 Qurilish sohasi va maishiy xizmatlar uchun MXIK
👉
Bank xizmatlari uchun MXIK
👉 Umumiy ovqatlanish sohasi uchun MXIK
👉 MXIKlarga biriktirilgan o‘lchov birliklarini qanday aniqlash mumkin?
👉
EHF rasmiylashtirishda tegishli tovarni realizatsiya qilishdagi o‘lchov birligi va qadoqlarni ko‘rsatish
👉 Xizmat (soʻm) va xizmat (marta) oʻlchov birliklarining farqi
👉 Tovarlarni qadoqlash tartibi bo'yicha videoqo'llanma
👉 Kommunal xizmatlar va xarajatlarni qoplash uchun MXIK
___________________
#ИКПУ

В помощь налогоплательщику❗️

👉 Подать онлайн-заявку для идентификационного кода продукции и услуг (ИКПУ) на tasnif.soliq.uz
👉 Обновлена электронная версия Национального каталога
👉 Если вместо действующего кода ИКПУ предлагается новый
👉 ИКПУ для сферы строительства и бытовых услуг
👉 ИКПУ для банковских услуг
👉 ИКПУ для общепита
👉 Какие единицы измерения прикреплены к используемым ИКПУ?
👉
При оформлении ЭСФ указывайте те единицы измерений и упаковок, в которых реализуете свой товар
👉 Разница единиц измерений "услуга (сум)" и "услуга (раз)"
👉 Видеоинструкция по созданию упаковки товара
👉 ИКПУ для коммунальных услуг и возмещения затрат (расходов)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YTT

YTT tomonidan yollangan xodimlari uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasi kamaytirilgan

2023-yilgacha yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foizini (150 ming so‘m) tashkil etar edi.

2023-yildan mazkur soliq summasi yiliga BHMning bir baravarigacha (300 ming so‘m) kamaytirildi (bundan savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar mustasno).

👉PQ‑366 30.08.2022

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
❇️Hurmatli fuqarolar❗️

Mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushda 15-aprelga qadar amalga oshirishingiz lozim.

Uyingizdan chiqmasdan Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash imkoniga egasiz!

📍Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Akobir Shamsiyev, Samarqand viloyati soliq boshqarmasi soliq bosh inspektori:

🏠- Soliq kodeksining 423-moddasiga koʻra, jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soliqlarini teng ulushlarda - bahorgi mavsumda 15-apreldan, kuzgi mavsumda 15-oktabrdan kechiktirmay toʻlashlari lozimligi qayd etilgan.
#ijtimoiy_soliq

To‘langan ijtimoiy soliqni ish beruvchilarga qaytarish amaliyoti yana 2 yilga uzaytiriladi

Prezident qarori bilan 2021-yil 1-maydan 2023-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliqni Davlat budjetidan to‘liq qaytarib berish amaliyoti joriy qilingan edi.

Bundan 9 mingdan ziyod korxona foydalandi, ularga 150 milliard so‘mlik ijtimoiy soliq qaytarildi, 100 ming yoshlar bandligi taʼminlandi.
Shu bois, Davlatimiz rahbari ushbu tajribani yana 2 yilga uzaytirishga qaror qildi.

👉🏻Ijtimoiy soliq summasini qaytarib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉🏻Ijtimoiy soliqni qaytarishga ariza berish tartibi qanday?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Ustuvor vazifa - tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash orqali budjet daromadlari barqarorligini taʼminlash

Soliq organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash tadbirlari I chorakda ham tizimli davom ettirilib, yil boshida havo haroratining keskin sovib ketishi natijasida toʻliq quvvatda ishlay olmagan 976 ta korxonaning 366,7 mlrd soʻmlik soliq qarzini toʻlash muddati uzaytirib berildi.

Barcha subyektlarning muddatida toʻlanmagan soliqlariga 1-aprelga qadar penya hisoblanishi toʻxtatildi.

Xuddi shu davrda, tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qoʻllanilgan 1,7 trln soʻm jarimani undirilishi toʻxtatildi.

Tadbirkorlik subyektlarining aylanma mablagʻlarini koʻpaytirish maqsadida, 4,2 trln soʻm (oʻtgan yilning mos davrida 3,9 trln soʻm) QQS salbiy farq summalari qoplab berildi.

Bundan tashqari, qayta hisobot topshirgan yoki majburiyatini oldindan bajargan subyektlarning hisob raqamiga 603,4 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlari qaytarib berildi.

Shuningdek, soliq toʻlovchilarga 10,4 trln soʻmlik imtiyozlardan foydalanishga koʻmaklashildi.

Mazkur tadbirlar tadbirkorlik subyektlari faolligi va budjet tushumlariga ijobiy taʼsir koʻrsatib, joriy yilning I choragida soliq tushumlari 37,9 trln soʻmni tashkil etdi yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,4 trln soʻmga (10 %) oʻsdi.

Yirik soliq toʻlovchilardan tashqari, hududlarda oʻsish 22 %ni tashkil etib, jumladan Jizzax (39,5%), Toshkent (28%), Sirdaryo (27%) viloyatlari va Toshkent shahrida (26%) yuqori oʻsishga erishildi.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 15 %dan 12%ga pasaytirilishiga qaramasdan 8,4 trln soʻm tushirilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 808 mlrd soʻmga yoki 11 %ga oshdi (Stavkaning pasayishi hisobiga tadbirkorlik subyektlari ixtiyorida 1,2 trln soʻmdan ortiq mablagʻ qolgan).

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining ish haqi jamgʻarmasining oshishi natijasida jismoniy shaxslarning daromad soligʻidan tushumlar 26,5 %ga oʻsdi.

Bu oʻz navbatida Pensiya jamgʻarmasi daromadlari shakllanishiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatib, 22 %ga oʻsdi.

Mahalliy budjetlar mustaqilligini oshirishga qaratilgan tadbirlar natijasida, mol-mulk va yer soliqlarining oʻsishi mos ravishda 39,5 va 28 %ni tashkil etdi.

Iqtisodiyotdagi ijobiy oʻzgarishlar va soliq maʼmurchiligini raqamlashtirish natijalari bilan soliq bazasini kengaytirish hisobiga II chorak soliq tushumlari daromadini kafolatlash hamda tadbirkorlik subyektlariga majburiyatini bajarishda koʻmaklashish orqali qonun buzilishlaridan himoya qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
❇️Hurmatli fuqarolar❗️

Mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushda 15-aprelga qadar amalga oshirishingiz lozim.

Uyingizdan chiqmasdan Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash imkoniga egasiz!

📍Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.
❇️Samarqand viloyatida soliq tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga o‘sdi

2023-yil 1-choragida respublika bo‘yicha 37,8 trln so‘m soliq tushumlari ta’minlangan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 foizga o‘sish kuzatilgan.

Soliq tushumlari hududlar kesimida:

Yirik soliq to'lovchilar bo'yicha hududlararo soliq inspeksiyasi 21,6 trln so‘m (2% );

Toshkent shahrida 6 trln so‘m (26% );

Toshkent viloyatida 1,5 trln so‘m (28% );

SAMARQAND viloyatida 1,1 trln so‘m (24% );

Farg'ona viloyatida 1 trln so‘m (10% );

Qashqadaryo viloyatida 987 mlrd so‘m (21% ).

#raqamlashtirish #soliq_tushumlari
❇️Soliq qonunchiligidagi yangiliklar "Zarafshon" gazetasi sahifalarida
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening 🗓 13-aprel kuni “Transfert narxlar shakllanishida soliq organlariga taqdim etiladigan nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi xabarnomani to‘ldirish tartibi” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasida bo'lib o'tadi.

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится 🗓 13 апреля на тему «Порядок заполнения формы уведомления о контролируемых сделках, представляемого в налоговые органы при трансфертном ценообразовании».

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 15:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda kartadan kartaga (P2P) pul o'tkazmalari uchun soliq joriy etilgani haqida xabarlar yuzasidan Soliq qoʻmitasi quyidagilarni ma'lum qiladi.

Jismoniy shaxslarning boshqa jismoniy shaxsdan
meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olgan pul shaklidagi daromadlari soliqqa tortilmaydi.
👉Soliq kodeksi 378-modda

Ya'ni, bir jismoniy shaxsdan boshqa jismoniy shaxsga pul o'tkazish (P2P) operatsiyalari soliqqa tortilmaydi.
_____________
#официальная_информация

В связи с тем, что в социальных сетях распространяются сообщения о введении налогообложения для денежных переводов с карты на карту (P2P), Налоговый комитет сообщает следующее.

Доходы в денежной форме, полученные физическими лицами от других физических лиц в порядке наследования, дарения или безвозмездно, не подлежат налогообложению.
👉ст. 378 НК

То есть операции по переводу денежных средств (P2P) от одного физического лица другому физическому лицу не облагаются налогом.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi

🏘 Kimlar 60 kv.m doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilingan?

🎞Batafsil videorolikda
#foyda_soligi

Foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlardan qanday foydalanish mumkin?

Imtiyozdan foydalanish uchun my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetdan “Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat” interaktiv xizmat orqali soliq organiga murojaat yuborishi kerak.

Murojaat soliq organi tomonidan koʻrib chiqilganidan soʻng imtiyozdan foydalanish mumkin boʻladi.

Foyda soligʻi hisobotining 6-ilovasiga asosan soliq imtiyozlari 2 turga ajratilgan:
🔹Normativ-huquqiy hujjatlar asosida foyda soligʻidan ozod etish tarzidagi imtiyozlar (050-satr);
🔹Soliq kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq pasaytirilgan soliq stavkalarini qoʻllash tarzidagi imtiyozlar (060-satr).

Foyda soligʻidan toʻliq ozod etish tarzidagi imtiyozlar hisobotning 6-ilovasi 051-056-satrlarida (tegishli hujjatning turi, sanasi, raqami, nomi) interaktiv xizmat orqali avtomatik tarzda aks ettirilib, soliq bazasidan chegiriladigan imtiyoz summasi ilovaning 3-ustuniga soliq toʻlovchi tomonidan kiritiladi.

Pasaytirilgan soliq stavkalarini qoʻllash tarzidagi imtiyozlar 6-ilovaning 061-066-satrlarida aks ettirilib, foyda soligʻi hisob-kitobining 070-satrida Foyda soligʻining belgilnagan stavkasi, foizda” pasaytirilgan stavka avtomatik ravishda aks ettiriladi.

👉Foyda solig‘i hisobot shakllarida o‘zgarishlar
____________
#налог_на_прибыль

Как воспользоваться льготами по налогу на прибыль?

Для этого нужно направить в налоговые органы уведомление через интерактивную услугу "Обращение по использованию налоговых льгот" в персональном кабинете налогоплательщика на портале my.soliq.uz.

Налогоплательщик сможет воспользоваться льготой после рассмотрения обращения налоговым органом.

В Приложении №6 Расчета налога на прибыль льготы разделены на 2 вида:
🔹Льготы по налогу на прибыль юридических лиц в соответствии с нормативно-правовыми актами (строка 050);
🔹Льготы только в виде снижения налоговой ставки, установленной решениями Президента Республики Узбекистан (строка 060).

В строках 051-056 Приложения №6 отчетности через интерактивный сервис автоматически отражаются льготы в виде полного освобождения от уплаты налога на прибыль (вид, номер, дата и название соответствующего документа), а сумма льготы, вычитаемая из налоговой базы, вносится налогоплательщиком в столбец 3 этого Приложения.

Льготы в виде пониженных налоговых ставок автоматически отражаются в строках 061-066 Приложения №6, а сама ставка - в строке 070 "Установленная ставка налога на прибыль, в процентах" Расчета налога на прибыль.

👉Изменения в формах отчетности по налогу на прибыль

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvim

Mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning oxirgi kuni - 17-aprel

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 423-modda
👉Soliq kodeksi 440-modda

🗓 Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi 5-modda
👉 Soliq kodeksi 86-modda

❗️15-aprel ish kuni boʻlmaganligi sababli, soliqlarni toʻlashning oxirgi kuni 17-aprelga koʻchiriladi.
_______________
#календарь_налогоплательщика

Последний день уплаты налогов на имущество и землю - 17 апреля

Физические лица уплачивают налоги на имущество и землю равными долями до 15 апреля и 15 октября.
👉 ст.423 НК
👉 ст.440 НК

🗓 Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.
👉ст.5 НК
👉ст.86 НК

❗️В связи с тем, что 15 апреля - нерабочий день, крайний срок уплаты налогов переносится на 17 апреля.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM