Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.03K subscribers
14.3K photos
1.32K videos
91 files
5.86K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
❇️Soliqchi – ko‘makchi!

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida joriy yilning o‘tgan davrida Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi 1626 ta tadbirkorlik subyektlari rahbar hamda bosh hisobchilari bilan 2023-yilda soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi.

O‘rganishlar jarayonida tadbirkorlar huzuriga tashrif buyurib, dastlabki buxgalteriyani yuritish, soliq hisobotlarini topshirish, avtomatlashtirilgan dasturlardan foydalanish, imtiyozlarni qo‘llash masalalari yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

145 ta faoliyat yuritmayotgan tadbirkorlik subyektlari rahbarlari bilan muloqot o‘tkazilib, faoliyatini to‘xtatishining sabablari tahlil qilindi.

"Avesto sweets" oilaviy korxonasiga borib, ish jaroyoni bilan tanishildi. Korxona rahbari va bosh hisobchisiga aylanmadan olinadigan soliq hisobotlarini elektron jo‘natilishida va ishchi xodimlarining ish haqidan olinadigan daromad solig‘idan imtiyozlari tushuntirib berildi.

Korxona patir, somsa, pichak va asosan tort mahsulolotlari tayyorlaydi. Bugungi kunda 40 nafardan ortiq ishchi va xizmatchi mehnat qiladi.

B. Axmedov,
shahar soliq inspeksiyasi
“Tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash”
sho‘basi boshlig‘i
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #e_ijara

Soliq organlarida 307 mingdan ortiq shartnoma hisobga qoʻyildi

2023-yil 1-mart holatiga soliq organlarida hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijara shartnomalari soni 307 063 tani tashkil etdi

🔸Jismoniy shaxslar oʻrtasida tuzilgan 228,5 mingta ijara shartnomalari asosida 21,7 mlrd soʻm daromad soligʻi hisoblanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 53,7 foizga va hisoblangan daromad soligʻi summasi 34,4 foizga oshgan.

🔸Yuridik shaxslar oʻrtasida tuzilgan 78,5 mingta ijara shartnomalari asosida 39,8 mlrd soʻm daromad soligʻi hisoblanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 25,9 foizga va hisoblangan daromad soligʻi summasi 35,6 foizga oshgan.

📝Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari soni – 50 976 ta

👩‍🎓ijarada turuvchi talabalar soni – 83 018 nafar

🏘 Soliq toʻlovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad soligʻidan 7,8 mlrd soʻm imtiyoz qoʻllanilgan.
__________
#цифровизация #e_ijara

В налоговых органах зарегистрировано более 307 тысяч договоров аренды

По состоянию на 1 марта 2023 года в налоговых органах зарегистрировано 307 063 договоров аренды недвижимого имущества.

🔸На основании 228,5 договоров аренды, заключенных между физическими лицами, начислено 21,7 млрд сумов налога на доходы. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 53,7%, а сумма начисленного налога - на 37,4%.

🔸На основании 78,5 договоров аренды, заключенных между юридическими лицами, начислено 39,8 млрд сумов налога на доходы. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 25,9%, а сумма начисленного налога - на 39,8%.

📝
Со студентами
заключено 50 976 договоров аренды жилья.

👩‍🎓Количество студентов, арендующих жилье, - 83 018.

🏘Владельцы имущества, которое сдают жильё в аренду студентам, освобождены от уплаты налога на эти доходы. Сумма примененной или льготы превысила 7,8 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor 
#sayyor_qabul

❇️Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari Alovitdin Inagamov Paxtachi tumanida aholi muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Ochiq muloqotlarda tuman hokimi, sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari qatnashdi.

Sayyor qabulda tibbiy ko‘rikdan o‘tishida va tibbiy yordam ko‘rsatilishida amaliy yordam berish, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish, davolanishi uchun dori-darmon bilan ta’minlash, uy-joy olishda ko‘maklashish kabi masalalarda murojaatlar yo‘llandi.

Qator muammolarga sayyor qabulning o‘zida yechim topildi.
Viloyat 4-sektor rahbari A.Inagamov, Bulung‘ur tuman hokimi S.Astonov hamda mutasaddilar "Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Kattaqishloq MFY, Temiryo‘l qishlog‘idagi ochiq maydoniga ko‘chat o‘tkazish tadbirida ishtirok etishdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Fevral oyida 107 mlrd so‘mga yaqin keshbek yig‘ildi

🗓O‘tgan oyda 2,1 mln nafardan ortiq iste'molchilar tomonidan 106,6 mlrd so‘m keshbek yig‘ildi. Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 80 mlrd so‘mga ko‘p.
Ayni paytda 1,4 mln nafarga yaqin iste'molchiga 70,8 mlrd so‘m to‘lab berildi.

🧮Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida o‘tgan oylar uchun yana 9,4 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi.

📈Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 980 mlrd so‘mdan oshdi.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan:

🔸soliq hisobotlari topshirilishi;
🔸hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
🔸soliq qarzdorligi kamaytirilishi
inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to‘lab boriladi.

👉Qaysi cheklar uchun va nima uchun keshbek tasdiqlanmaganligini qanday aniqlash mumkin?

👉
Keshbek olishda FACE IDdan o‘tiladi

👉Keshbek tasdiqlanishi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
📚Soliq kodeksining 393-moddasi

Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari kiradi:

🔹mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;

🔹ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;

🔹moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;

🔹soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;

🔹ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda;

🔹soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.

Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya, agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan daromadlaridan soliq uning arizasi bo‘yicha ushlab qolingan bo‘lsa taqdim qilinmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan daromadlar mustasno.

O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yoki joriy yilning 1-apreligacha rezidentga aylangan chet el jismoniy shaxsi, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalaridan qat’i nazar, ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etadi.
#yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi mumkin
👉Soliq kodeksi 440-modda

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 433-modda

Quyidagilar yer soligʻi obyektlari hisoblanadi:
▫️qishloq va dehqon xoʻjaligi uchun berilgan;
▫️yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun berilgan;
▫️jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchilik uchun berilgan,
▫️yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan;
▫️meros yoki hadya qilingan va sotib olinganda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi oʻtgan;
▫️qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan;
▫️tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilganda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari ostidagi yer uchastkalari.
▫️xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
▫️ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari
👉 Soliq kodeksi 434-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM