Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.03K subscribers
14.3K photos
1.32K videos
91 files
5.86K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#kino

"Qora tuynuk sxemasi" kinoseriali va "Farovonlik garovi" hujjatli filmi premyerasi o‘tkazildi

🎬 Kinematografiya agentligi tomonidan Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda 5 qismdan iborat "Qora tuynuk sxemasi" kinoseriali hamda "Farovonlik garovi" hujjatli filmi suratga olindi.

🎞 Bugun Soliq qo‘mitasida soha xodimlarining yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish yo‘lidagi mashaqqatli mehnati, tizimda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar aks etgan mazkur kinokartinalarning premyerasi o‘tkazildi.

📽 Unda kinoijodkorlar suratga olish jarayoni, gavdalantirgan obrazlari va filmning g'oyaviy ahamiyati haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Filmlarni suratga olishda qo‘llab-quvvatlagani uchun Sherzod Kudbiyevga, yaqindan yordam bergan soha xodimlari hamda tadbirkorlarga minnatdorlik bildiramiz!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❇️Viloyat soliq hamda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarma xodimlari hamkorligidagi ishchi guruh qarzdorlarning mol-mulklarini xatlash ishlarini davom ettirmoqda.

Ishtixon tumanida faoliyat yuritayotgan “Katta hovli” va “Asadbek Boboev yerlari” fermer xo‘jaliklarining soliq qarzi uchun traktorlari,“Bo‘ston muqaddas diyor” fermer xo‘jaligining avtotransport vositalari xatlanib jarima maydoniga joylashtirildi.
#onlayn_NKM

Marketpleyslar va elektron to'lov tizimlari bilan ishlaydigan vositachi (komissioner) hisobotlarni qanday shakllantiradi

Tovar (xizmat)lar realizatsiyasi bo‘yicha aylanmani komitent hisobotida aks ettirish uchun vositachi cheklarda komitentning STIRini ko‘rsatishi kerak.
👉Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirish bo‘yicha tushuntirishlar

Buning uchun komitent soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali o‘z vositachilari ro‘yxatini shakllantirishi kerak.
👉Bu qanday amalga oshiriladi?

❗️Agar komitent shaxsiy kabinetga vositachilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritmasa va vositachi (sub vositachi) onlayn-NKTning chekida komitent STIRini ko‘rsatmasa, u holda vositachi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning umumiy summasi vositachi soliq bazasida xato tarzda aks etadi.

Komitentlar vositachilarining onlayn-NKT cheki ma’lumotlarini monitoring qilib borishi va ulardagi xatolarni mustaqil ravishda tuzatishi mumkin.
👉 Vositachilar cheklarini tuzatish bo‘yicha qo'llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💐Navro‘z – umumxalq bayrami munosabati bilan Narpay tumani 4-sektor rahbari tashabbusi bilan hududdagi "Tepa" mahallasida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh tashabbus” doirasida ko‘rgazmalar va sport musobaqalari tashkil etilib, musobaqa gʻoliblari taqdirlandi.