Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.05K subscribers
14.5K photos
1.36K videos
92 files
5.97K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#soliq_taqvimi

Eslatma❗️2023-yil 20-fevral

yanvar oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1-2 qismlar);

- dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq agenti tomonidan soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yuridik shaxslar tomonidan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4 qismlar);

fevral oyi uchun:

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️20 февраля 2023 года последний день

за январь:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1 и 2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по начисленным суммам налога с дивидендов и процентов
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами юридическими лицами
(ч.3 и 4 ст.454 Налогового кодекса);

за февраль:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).
#QQS #soliq_hisobotlari

QQS hisoboti bo'yicha

2023-yil uchun QQS stavkasi 12 % etib belgilanganligi inobatga olinib, soliq hisobotida soliq stavkasi o'zgatirilgan.

Shuningdek, Soliq kodeksining 257-moddasiga asosan QQS 15 % stavka bo'yicha taqdim etilgan EHFlar bo'yicha soliq solinadigan bazaga kiritilgan tuzatish summasi QQS hisobotining 1-ilova 0110-satrida aks ettiriladi.

Avval hisobotning 3-ilovasiga kiritilgan oʻzgartirishlar ma'lum qilingan edi.

Ilovada quyidagi maʼlumotlar aks ettirildi:

🔸01121-satrguvohnoma holati aktiv emas;
🔸01122-satr kontragent guvohnomasi holati aktiv emas;
🔸01123-satrhisobga olingan EHFlarga soliq organlari tomonidan tuzatish kiritilgan;
🔸01124-satrnotijorat va budjet tashkilotlari tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida.

Ilovaning 012-satrida endilikda Soliq kodeksining 269 - 270-moddalarida nazarda tutilgan hollarda QQSni hisobga olish holatlari aks ettiriladi (bunda mazkur satr maʼlumotlari hisobotning 5-ilovasi orqali shakllanadi).

✍️3-ilovaning 0121 hamda 0122-satri maʼlumot uchun soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil toʻldiriladi.

Shuningdek, 1100-satr (ilgari hisobga olingan soliq summalariga kiritiladigan tuzatish) SKning 266-267 hamda 269-moddalariga asosan, hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan quyidagi mezonlar bilan toʻldirildi:

🔸1109-satryetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar qalbaki yoki koʻzboʻyamachilik bitimi natijasida tuzilgan deb eʼtirof etilganda;
🔸1110-satr tovarlar tekinga olinganda;
🔸1111-satrfaoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan tovarlar (xizmatlar) xarid qilib olinganda.

👉QQS hisobotining yangi paket kodi: 10006_36
#raqamlashtirish #shikoyat_berish

Soliq nizolarini sudgacha hal qilish amaliyoti natijalari

2023-yilning 1-fevral holatiga Soliq qo‘mitasiga jami 36,4 mlrd so‘mlik 44 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.

Shundan:
🔸soliq auditi bo‘yicha29,7 mlrd so‘mlik 30 ta;
🔸sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha6,7 mlrd so‘mlik 13 ta;
🔸boshqa holatlar bo‘yicha1 ta.

1 mlrd so‘mlik 3 ta murojaatda soliq to‘lovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan;

11,7 mlrd so‘mlik 27 ta murojaat bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;

23,7 mlrd so‘mlik 14 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.

👉 Soliq organlarining hujjatlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qanday shikoyat qilinadi?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish
#QQS

Soliq to‘lovchilarga 1 trln so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

2023-yilning
yanvar oyida jami 1 043 ta ariza bo‘yicha 975 ta tashkilotga 1 161,9 mlrd so‘m QQS qaytarilgan.

Eng ko'p qaytarilgan QQS hududlar kesimida:

📍Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha DSI - 571,4 mlrd so‘m (24 ta korxona);
📍Toshkent sh. - 222,5 mlrd so‘m (222 ta korxona);
📍Toshkent v. - 84,1 mlrd so‘m (82 ta korxona);
📍Andijon - 65,3 mlrd so‘m (108 ta korxona);
📍Namangan - 40,4 mlrd so‘m (95 ta korxona).

Eng ko'p qaytarilgan QQS sohalar kesimida:

🔸Ishlab chiqarish - 667,7 mlrd so‘m (292 ta korxona);
🔸Savdo – 160,2 mlrd so‘m (235 ta korxona);
🔸Qishloq xo‘jaligi - 141,5 mlrd so‘m (183 ta korxona);
🔸Qurilish - 76 mlrd so‘m (61 ta korxona);
🔸Xizmat ko‘rsatish - 68,2 mlrd so‘m (70 ta korxona).

📈Qoplab berilgan QQS summasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 147,3 mlrd so‘mga ko‘p.
❇️Hurmatli fuqarolar❗️

Mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushda 15-aprelga qadar amalga oshirishingiz lozim.

Uyingizdan chiqmasdan Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash imkoniga egasiz!

Shuningdek, aynan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha savollar tug‘ilsa telegram mesendjeri orqali https://t.iss.one/SoliqMaslahatchilari guruhi orqali murojaat yo‘llang!

📍Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shing!
Suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq_hisoboti_qo‘llanmasi.pdf
662.1 KB
#soliq_taqvimi

Yuridik shaxslar diqqatiga!

Yuridik shaxslar tomonidan (bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari mustasno) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoboti suvdan foydalanish joyi bo‘yicha soliq organlariga hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etiladi va shu muddatdan kechiktirmay to‘lov amalga oshiriladi.

👉Soliq kodeksi 447-modda

🔸2022-yil suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoboti shakli my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan.

👉Hisobot paket kodi 10601_10.

♻️Imtiyozlar mavjud bo‘lsa, ularni soliq hisobotida qo‘llash uchun avvaldan shaxsiy kabinetdagi “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” bo‘limi orqali soliq organlariga elektron ariza taqdim etish lozim.

👆Hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❇️Agar tadbirkorlik subyekti tomonidan nol hisobot topshirganlik soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) maqsadida qilingan bo‘lsa va ushbu holat tasdiqlansa :

Soliq kodeksining 223-moddasiga asosan, soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) —yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarning haqiqiy ish haqi summasi soliq hisobotida aks ettirilmaganligi yoki mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning soliq hisobotida aks ettirilmaganligi ham soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb e’tirof etiladi. Ushbu soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha yashirilgan soliq bazasi summasi oxirgi o‘n ikki oy uchun aniqlanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

Mahsulot kreditga sotilganda onlayn-NKM cheklarida qanday aks ettirilishi bo‘yicha videoqo‘llanma

👉Youtube orqali ko‘rish
#onlayn_NKM

Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheklarini qaytarish

♻️Xaridor tomonidan mahsulot qaytarilganda soliq to‘lovchi (my.soliq.uz) shaxsiy kabinetida onlayn-NKM va virtual kassa qaytarish cheklarini hisobot davri uchun ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheklarini qaytarish uchun:

🔹my.soliq.uz portalida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” bo‘limidagi “Chekni qaytarish” menyusida chek chop etilgan sana va savdo shoxobchasi tanlanib “Qidirish” tugmasi bosiladi.

🔹Keyingi bosqichda “qaytarilgan chek” shakllanadi. Ushbu bo‘limda xarid cheki raqami kiritilib “Yuborish” tugmasi bosiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma❗️2023-yil 23-fevral

fevral oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️23 февраля 2023 года последний день

за февраль:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 5 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#marketpleys #onlayn_NKT

Onlayn savdo uchun xaridorlarga elektron chek berilmoqda

Mahsulot uchun to‘lov QR-kod yoki “Joylarda toʻlov” orqali amalga oshirilganda sotuvchilar onlayn-NKTlarining "Elektron to‘lov" funksiyasidan foydalanishi lozim.

👉Batafsil videoqo‘llanmada
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

🔔 Bugun – 23-fevral kuni Soliq qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida "Qo‘shilgan qiymat solig‘i: o‘zgarishlar, hisobotlarning EHF va onlayn-NKM ma'lumotlari asosida shakllanishi" mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tadi.

🟥Seminarni Youtube orqali jonli efirda tomosha qilish hamda mavzu bo‘yicha savollarni yo‘llash mumkin.

🕙 Boshlanish vaqti – 16:00
#Nurobod
#sayyor_qabul

❇️Viloyat soliq boshqarmasi boshlig'i A.Inagamov Nurobod tumanida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Tuman hokimi va mutasaddilar ishtirok etgan qabulda nurobodliklar o‘zlarini qiynab kelayotgan qator muammolar bo‘yicha mas’ullarga murojaat qilishdi.

Jumladan, tadbirkorlar soliq sohasidagi savollariga atroflicha javob olishdi.

Shuningdek, fuqarolarning ishga joylashish, salomatligini tiklash, qishloq ko‘chalariga shag‘al yotqizish bo‘yicha murojaatlari ijobiy yechim topdi.

Vaqt talab etadigan muammolar mas'ullar tomonidan nazorat olinib, ba’zi murojaatchilarga xuquqiy tushuntirishlar berildi.