Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.05K subscribers
14.5K photos
1.36K videos
92 files
5.97K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#keshbek

Qaysi cheklar uchun va nima uchun keshbek tasdiqlanmaganligini qanday aniqlash mumkin?

Buning uchun Soliq (Android/iOS) mobil ilovasining bosh sahifasida "To'lovga tasdiqlangan" bo'limiga kiriladi. Keyin, kerakli oy tanlanadi. Oynada shu oyda ro'yxatdan o'tgan barcha cheklar aks etadi.

🔻Keshbek tasdiqlanmagan cheklar qizil belgi bilan ajratiladi. U bosilganda chek holati, jo'natilgan sana va fiskal ID bilan birga keshbekni rad etish sababi ko'rsatiladi.

"Batafsil" tugmasi orqali chek haqida umumiy va qo'shimcha ma'lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

“Qo‘shimcha ma’lumotlar” oynasi keshbek tasdiqlashning bosqichma-bosqich tartibini o‘z ichiga oladi.

bu belgi tasdiqlash bosqich muvaffaqiyatli o'tganligini bildiradi
bu belgi ushbu bosqichda xatolar aniqlanganini bildiradi

Tasdiqlangan keshbekni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o'tkazish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#keshbek

Qanday cheklarga keshbek qaytarilmaydi?

Keshbek hisoblanmaydi:

agar chek berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;
agar sotib olingan tovar (xizmat)lar cheki uchun avval keshbek hisoblangan bo'lsa;
avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olish natijasida olingan, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklari uchun;
DSQ tomonidan yuritiladigan shubhali xaridorlar reestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklari uchun.

Kimlar shubhali xaridorlar bo‘ladi?

Shubhali xaridorlar –
keshbekka ega bo‘lish uchun boshqa fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan xarid cheklarini egasining ruxsatisiz ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar.

Bunda, xaridni amalga oshirgan shaxs o‘z cheki boshqa foydalanuvchi tomonidan Soliq mobil ilovasida (Android/iOS) ro‘yxatdan o‘tkazilganligini aniqlasa:
▫️chekni ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxs foydasiga keshbekdan voz kechishi mumkin;
▫️yoki ushbu shaxs ustidan shikoyat qilishi mumkin. Buning uchun Soliq ilovasida ochiladigan maxsus oynada shikoyat qilishni istaysizmi so‘roviga "ha" javobini tanlash kerak.

Mobil ilova orqali o‘zgalarga tegishli bo‘lgan 15 va undan ortiq QR-kodli chekni ro‘yxatdan o‘tkazganligi haqida shikoyat kelib tushgan foydalanuvchilar shubhali xaridorlar reestriga kiritiladi.

Bundan tashqari, cheki boshqa fuqarolar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan haqiqatda xaridni amalga oshirgan jismoniy shaxs belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Boshqalar ro‘yxatdan o‘tkazgan o‘z cheki uchun keshbek olsa bo‘ladimi?

Agar shikoyat qilish paytida keshbek to'lanmagan bo'lsa, chekning haqiqiy egasi soliq organlariga aynan o'sha xaridni amalga oshirganligi va QR-kodli chekni olganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etsa unga tegishli keshbek hisoblanadi.

Agar ushbu faktlarni tasdiqlashning imkoni bo'lmasa, keshbek sud qarori asosida qaytariladi.

👉VM-255-son qarori 12.05.2022-yil
__________
#кешбэк

За какие чеки с QR-кодом не возвращается кешбэк?

Кешбэк не начисляется:

если чек выдан больше 10 календарных дней назад,
если за чек уже возвращен 1% от стоимости приобретенных товаров (услуг),
при покупке автомобилей, авиа- и железнодорожных билетов, оплате за коммунальные услуги и услуги связи,
за чеки физических лиц, внесенных в реестр сомнительных покупателей, учет которых ведется ГНК.

Кто становится сомнительным покупателем?

Сомнительными покупателями становятся те физические лица, которые регистрируют чужие чеки с целью получения кешбэка без разрешения их владельца.

При этом если подлинный обладатель обнаружил, что его чек уже зарегистрирован в мобильном приложении Soliq (Android/iOS) другим пользователем, он может:
▫️отказаться от кешбэка в пользу того, кто отсканировал чек,
▫️или же подать жалобу на это физлицо.
Для этих целей в приложении Soliq всплывает окошко, в котором необходимо указать, хотите вы пожаловаться или нет.

Сомнительных покупателей вносят в соответствующий реестр, если на них поступает жалоба о сканировании в мобильном приложении 15 и более чеков с QR-кодом.

Кроме того, тот, кто совершил реальную покупку, чек за которую отсканировал другой человек, также вправе обратиться в суд в установленном порядке.

Можно ли получить свой кешбэк, если кто-то другой отсканировал чек?

Если на момент подачи жалобы кешбэк еще не выплачен, то подлинный обладатель чека предоставляет в налоговые органы документы, подтверждающие, что именно он совершил покупку и получил за нее чек с QR-кодом, после чего ему возвращается положенный кешбэк.

Если подтвердить данные факты нет возможности, кешбэк возвращается на основании решения суда.

👉ПКМ от 12 мая 2022 года №255

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#mobil_ilova #keshbek

Keshbek tasdiqlash tartibi

Soliq mobil ilovasining
yangilangan interfeysida (Android / iOS / Harmony OS) ro'yxatga olingan kassa cheklari ma'lumotlari detallashtirilgan.

Mening cheklarim bo‘limida "Umumiy ma'lumotlar" keshbek mablag'larini tasdiqlash tartibi to'g'risidagi "Qo‘shimcha ma'lumotlar" bilan to'ldirilgan.

Bunda keshbekni tasdiqlash uchun quyidagilar inobatga olinadi:

▫️chekning soliq organlari maʼlumotlar bazasida mavjudligi;
▫️chekdagi ma’lumotlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi;
▫️*tadbirkorlik subyektining holati, ya'ni -
soliq hisoboti taqdim etganligi;
hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilganligi;
soliq qarzi to'langanligi.

– keshbek to‘liq tasdiqlansa 🟢 yashil rangda aks etadi.

"Tasdiqlanish jarayonida" holati, ya'ni 🔵 ko‘k rang *tadbirkorlik subyekti holatini tuzatish zarurligini bildiradi. Ular bartaraf etilishi bilan keshbek summasi tasdiqlanadi va uni biriktirilgan bank kartasiga o'tkazish mumkin.

Keshbek qachon tasdiqlanadi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Samarqand shahri 4-sektori hududida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan chevarlik sohasiga qiziqishi bor yoshlarga tikuv mashinalari topshirildi.

Тelegram | Facebook | Youtube
🎁 Bayramingiz muborak boʻlsin!

Samarqand viloyati soliq boshqarmasi jamoasi “26-yanvar – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni” hamda milliy bojxona xizmati tashkil etilganligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan Bojxona xizmati xodimlarini samimiy muborakbod etadi.

🟢 Mamlakat iqtisodiy xavfsizligi va manfaatlarini taʼminlashda asosiy tayanch va himoyachisi vazifasidagi sharafli xizmatlaringizda muvaffaqiyat tilaymiz!

Тelegram | Facebook | Youtube
#4_sektor

🟢 Urgut tumani 4-sektori rahbari Obid Suvonov tashabbusi bilan sektor hududida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar ahvolidan xabar olinib, ularga ko‘mir va oziq-ovqat mahsulotlari berilmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube
#raqamlashtirish #keshbek

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Samarqand viloyatida xaridorlarga 65,6 mlrd. soʻmlik keshbek toʻlangan.

📊 Bu borada Samarqand viloyati Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan keyin uchinchi oʻrindan joy oldi.

➡️
Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube
Payariqliklar murojaatlari tinglandi

➡️ Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektori rahbari Alovitdin Inagamovning navbatdagi sayyor qabuli Payariq tumanida o‘tkazildi.

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan bevosita muloqotda tuman sektorlari rahbarlari, mutasaddi idora va tashkilotlar masʼullari ishtirok etdi. Sayyor qabulda fuqarolar davolanish, turar joylarni taʼmirlashga ko‘maklashish, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, eskirgan simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish, ichki yo‘llarga asfalt yotqizish bo‘yicha murojaat qildi.

❗️ Viloyat 4-sektori rahbarining joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullarida turli toifadagi daftarlarga kiritilgan yurtdoshlarimizga amaliy yordam berish anʼana tusini olgan. Bu safar ham mazkur anʼana davom ettirildi. Jumladan, “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishini taʼminlash maqsadida motoarralar taqdim etildi.

🖊 Samarqand viloyati davlat soliq
boshqarmasi matbuot xizmati

Тelegram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aylanmadan olinadigan soliqni qat`iy belgilangan summada to`lash mumkin

———

Айланмадан олинадиган солиқни қатъий белгиланган суммада тўлаш мумкин
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #marketpleys

Iste'molchilarga joriy yil boshidan 72 mlndan ziyod elektron chek berildi

📆 2023-yil 23-yanvar holatiga chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida marketpleyslarning maʼlumotlar bazasi soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilinib, xaridorlarga joriy yilda umumiy qiymati 2,6 trln so‘mlik 72,9 mln dona elektron chek taqdim etildi.

Shuningdek, elektron cheklar taqdim etilishi natijasida xaridorlarga “Keshbek” tizimi orqali avtomatik tarzda 12,1 mln dona elektron chek uchun 3,8 mlrd so‘m hisoblandi.

Ro‘yxatga olingan marketpleyslar – 131 ta.
Jumladan:
▫️
Elektron to‘lov tizimlari 47 ta (100%)
To‘liq integratsiya qilingan 31 ta (66%);
Integratsiya jarayonida 11 ta (23%);
Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan)lar 5 ta (11%).

▫️Bank mobil ilovasi 33 ta (100%)
To‘liq integratsiya qilingan 27 ta (82%);
Integratsiya jarayonida 4 ta (12%);
Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan)lar 2 ta (6%).

▫️Internet do‘konlar 51 ta (100%)
To‘liq integratsiya qilingan 18 ta (35,2%);
Integratsiya jarayonida 27 ta (52,8%);
Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan)lar 6 ta (12%).
___________
#цифровизация #маркетплейс

С начала этого года потребителям выдано свыше 72 млн электронных чеков

📆 По состоянию на 23 января 2023 года в сфере розничной торговли и услуг благодаря интеграции базы данных маркетплейсов с информационной системой налоговых органов, покупателям с начала текущего года выдано 72,9 млн электронных чеков на общую сумму 2,6 трлн сумов.

В частности, в результате выдачи 12,1 млн электронных чеков автоматически в мобильном приложении Soliq начислены суммы кешбэка в размере 3,8 млрд сумов.

Общее число зарегистрированных маркетплейсов – 131.
Из них:

▫️Электронные платежные системы – 47

осуществлена полная интеграция – 31 (66%);
в процессе интеграции – 11 (23%);
не осуществляют деятельность (приостановлена) – 5 (11%).

📲Мобильные приложения банков – 33
осуществлена полная интеграция – 27 (82%);
в процессе интеграции – 4 (12%);
не осуществляют деятельность (приостановлена) – 2 (6 %).

🌐 Интернет-магазины – 51
осуществлена полная интеграция – 18 (35,2%).
в процессе интеграции – 27 (52,8 %);
не осуществляют деятельность (приостановлена) – 6 (12 %).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SAVOL: 2022-yil iyul oyida ikkilamchi bozordan ipoteka krediti olganman. Daromad soligʻidan imtiyoz bormi?

Savolga Samarqand viloyati soliq boshqarmasi xodimi Akobir Shamsiyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube