Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
87 files
5.77K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #shikoyat_berish

2022-yilda Soliq qo‘mitasi tomonidan quyi soliq organlarining jami 557,4 mlrd so'mlik 120 ta qarori soliq to‘lovchilar foydasiga bekor qilingan

1.01.2023-yil holatiga Soliq qo‘mitasiga shikoyat berish tartibida jami 1 556,5 mlrd so‘mlik 512 ta soliq nizolariga oid shikoyat kelib tushgan. Ularning barchasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan. Shundan:
🔹soliq auditi bo‘yicha1 299,6 mlrd so‘mlik 299 ta;
🔹sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha256,9 mlrd so‘mlik 213 ta.

Natijada:
▫️557,4 mlrd so‘mlik 120 ta shikoyat bo'yicha (shundan, 37 tasi 468,2 mlrd so‘mlik qisman) soliq to‘lovchilarning shikoyati qanoatlantirilgan;
▫️974,2 mlrd so‘mlik 369 ta shikoyat bo'yicha davlat soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirilib, bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
▫️24,9 mlrd so‘mlik 23 ta shikoyat o‘rganilmoqda.

👉Soliq organlarining hujjatlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qanday shikoyat qilinadi?
______________________
#цифровизация #обжалование

В 2022 году Налоговый комитет отменил в пользу налогоплательщиков 120 решений нижестоящих налоговых органов на общую сумму 557,4 млрд сумов

По состоянию на 1.01.2023 г. Налоговым комитетом в установленном порядке рассмотрено 512 жалоб на общую сумму 1 556,5 млрд сумов. Из них:
🔹по налоговым аудитам - 299 жалоб на сумму 1 299,6 млрд сумов;
🔹по выездным налоговым проверкам - 213 жалоб на сумму 256,9 млрд сумов.

В результате:
▫️удовлетворено в пользу налогоплательщиков 120 жалоб на сумму 557,4 млрд сумов (из них частично 37 жалоб на сумму 468,2 млрд сумов);
▫️по 369 жалобам на сумму 974,2 млрд сумов оставлены в силе решения налоговых органов и об этом налогоплательщикам даны соответствующие разъяснения;
▫️продолжается рассмотрение 23 жалоб на сумму 24,9 млрд сумов.

👉Как обжаловать акты налоговых органов, действия или бездействия их должностных лиц?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
https://t.iss.one/fiskaltahlil

Jamoatchilikka soliq ma’murchiligining strukturasi va dinamikasini ko‘rish, ularning ijobiy va salbiy tendensiyalarini kuzatib borish imkonini beruvchi fiskaltahlillar telegram kanalidan foydalaning.
#elon

📢 Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

Ayrim hududlarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yеrlar uchun yеr solig‘i stavkalari hamda mol-mulkning minimal qiymatlari xalq deputatlari kengashlari tomonidan belgilangan muddatlarda tasdiqlanmaganligi, soliq hisobotlarini soliq to‘lovchilarga avtomat shakllantirib berishda texnik muammolar va kadastr ma'lumotlari noto'g'ri shakllangan ayrim holatlar aniqlandi.

Shu sababli, tadbirkorlik subyektlari tomonidan yo‘llanayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda yuridik shaxslarning yеr solig‘i bo‘yicha hisoboti va joriy yil uchun mol-mulk solig‘i ma'lumotnomasini 2023-yilning 25-yanvariga qadar (25-yanvar kuni ham) taqdim qilgan soliq to'lovchilarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilmasligi hamda QQS toʻlovchilarini maxsus hisobga qoʻyish bo'yicha mezonga olinmasligini ma’lum qilamiz.
👉Soliq kodeksi 213-modda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
🟢 Bulungʻur tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari “Soliqchi – tadbirkorga koʻmakchi” tamoyili asosida tadbirkorlik subyeklariga faoliyat yuritishda amaliy yordam koʻrsatmoqda.

🔹 Jumladan, 2023-yilda soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha soliq toʻlovchilar uchun targʻibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube
Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi

Samarqand tumani soliq inspeksiyasi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash shoʻbasi xodimlari tomonidan “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarning muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.

Sho‘ba xodimlari tomonidan tumandagi “Koj Samarqand Buyumlari” MChJ, “Shehroz Savdo Majmuasi” OK, “Sam Plast Prom” MChJ, “Ergashev Xurshid Oshxonasi” OK, “Grand Quality Water” MChJ, “18 Plus Comp” MChJ, “Yellow Creative Group” MChJ, “Sam Energy Gaz Oil” MChJ , “Build Your Dreams Samarkand” MChJ, “Shahzoda Bonu Diamond Business” MChJ muammolari, faoliyatidagi xato va kamchiliklari o‘rganildi va joyida bartaraf etildi.

Mas’ullar tadbirkor bilan uchrashib, yillik tovar aylanmasidan kelib chiqqan holda QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozimligi, ushbu soliq stavkasining 12 foizga pasaytirilganligi hamda hisobot topshirish tartiblarini tushuntirdi. Shu bilan birga QQS guvohnomasini olishda ko‘maklashildi.

Bundan tashqari, 2023-yilda soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar boʻyicha tushuntirishlar hamda dastlabki buxgalteriya hisobini toʻgʻri yuritish va soliq hisobotlarini oʻz vaqtida topshirish yuzasidan maslahatlar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

Samarqand tumani soliq inspeksiyasi
Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash shoʻbasi

Тelegram | Facebook | Youtube
#onlayn_seminar

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Soliq sohasining mutaxassislari ishtirokida navbatdagi onlayn seminar 🗓 24-yanvar kuni "Qat’iy belgilangan summada AOS to‘lashga o‘tish" mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasi orqali o‘tkaziladi

🕙 Boshlanish vaqti – 10:30
____________
#онлайн_семинар

❗️Уважаемые налогоплательщики

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов налоговой сферы состоится 🗓 24 января на тему «Переход на уплату налога с оборота в фиксированной сумме».

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 10:30

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
❗️Hurmatli soliq to‘lovchi !

❇️Soliq xizmati organlari tomonidan joriy yil bugun 24-yanvar kuni soat 11:00 da, 2023-yil 1-yanvardan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha onlayn-seminar o‘tkaziladi.

Tadbirkorlarning vaqtini tejash maqsadida seminar onlayn shaklda videokonferensaloqa (ZOOM) vositasi orqali o‘tkaziladi.

Seminar vaqtida siz o‘zingizni qiziqtirgan soliqqa oid barcha savollarga javob olish imkoniyatiga egasiz.

ZOOM platformasi orqali onlayn seminarga ulanish havolasi:
https://us06web.zoom.us/j/7550543130?pwd=R0h1Z0ROaWZIdm92T1hYM3hINGxhZz09

Konferensiya identifikatori: 755 054 3130
Parol: 123456

Onlayn konferensiyaga ulanish bo‘yicha savollar yuzaga kelsa Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi 90-111-22-66 telefon raqamiga murojaat qilish orqali tegishli ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
#rasmiy_munosabat

Ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan bank hisobvaraqlariga asossiz ravishda inkasso topshiriqnomasi qoʻyilganligi haqida murojaatlar kelib tushmoqda.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi:

Soliq toʻlovchilar tomonidan soliqlarni toʻlash maqsadida joriy yilning 20-yanvar (juma) kuni bank ish kuni tugagandan (17:00dan) soʻng tijorat banklariga toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilgan (elektron yoki qogʻoz koʻrinishida).

Bank ish kuni tugaganligi sababli mijoz (soliq toʻlovchi)larning toʻlov hujjatlari banklar tomonidan ushbu sana bilan qabul qilinmagan.

Toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilgandan keyingi kunlar dam olish kuni (shanba, yakshanba) boʻlganligi uchun Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasiga tijorat banklarining toʻlov topshiriqnomalarni qabul qilganligi toʻgʻrisida elektron axboroti kelib tushmagan.

Natijada, joriy yil 23-yanvar (dushanba) kuni avtomatlashgan tizim orqali shakllangan inkasso topshiriqnomalari inson omili ishtirokisiz ushbu soliq toʻlovchilarning bank hisobvaragʻiga joʻnatilgan. Oʻz navbatida, tijorat banklari ish kuni boshlangan soʻng toʻlov topshiriqnomalarini ijroga qabul qilgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar tezkorlik bilan oʻrganilib, ortiqcha toʻlangan mablagʻlar belgilangan tartibda qaytarilmoqda.

👉To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM