Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.75K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#raqamli_markirovka
#EHF

Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha EHF 1 kun ichida tasdiqlanishi kerak

Yetkazib beruvchi tomonidan raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha yuborilgan EHF sotib oluvchi tomonidan 1 kalendar kun ichida ERI bilan tasdiqlanishi yoki sababi ko‘rsatilgan holda rad etilishi shart.

Sotib oluvchi tomonidan belgilangan muddatda tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan EHF tasdiqlangan hisoblanadi.

👉VMQ-489 2-ilova 63-band 14.08.2020-yil

❗️Ushbu oʻzgartirish 01.11.2022-yidagi VM-631-son qarorga muvofiq kiritilgan.
_________
#цифровая_маркировка
#ЭСФ

ЭСФ по товарам с обязательной цифровой маркировкой должен быть подтвержден в течение 1 дня

Если поставщик выставляет ЭСФ по товарам, подлежащим обязательной цифровой маркировке, то этот ЭСФ должен быть подтвержден ЭЦП покупателя или отклонен с указанием причин в течение 1 календарного дня.

Не подтвержденный или не отклоненный покупателем в установленный срок ЭСФ считается подтвержденным.

👉п.63 Прил.№2 к ПКМ №489 от 14.08.2020 г.

❗️Данное изменение внесено в соответствии с ПКМ от 01.11.2022 г. № 631.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
SAVOL: Yer solig‘i stavkalari 2022-yil uchun necha martaga indeksatsiya qilingan?

Sherali Eshonov

JAVOB: Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha asosiy stavka 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirildi.

➡️ Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i 10 foizga indeksatsiya qilindi.

➡️ Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari o‘rnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha bo‘lgan oraliqdagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar belgilanadi.

📢 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bekzod Saliyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 23-noyabr

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
______________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️23 ноября 2022 года последний день

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 5 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
SAVOL: Tadbirkorlik subyekti tomonidan nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibi buzilsa, qanday chora ko‘riladi?

🖊 Dilrabo Qobilova

JAVOB: Soliq kodeksining 221-moddasiga muvofiq, nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarining qo‘llanilishi majburiy bo‘lgani holda, ularni qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berish majburiy bo‘lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari orqali to‘lovlarni qabul qilishni rad etganlik besh million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

➡️ Soliq organlarida ro‘yxatga olinmagan nazorat-kassa texnikasini qo‘llagan yoki sotib oluvchiga kvitansiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bergan holda savdoni amalga oshirganlik va (yoki) xizmatlar ko‘rsatganlik yetti million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

➡️ Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilishi yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

➡️ Texnik talablarga muvofiq bo‘lmagan yoki xizmat ko‘rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanganlik yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

📢 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Umid Alimov javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#sayyor_qabul

🔰 Ishtixon tumani 4-sektori rahbari O‘tkir Boyzoqov “Sohibkor” va “O‘zbekqo‘rg‘on” mahallalari aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazdi.

🔹Sayyor qabulda elektr ta’minotini yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, davolanishga, moddiy yordam va imtiyozli kredit olishga ko‘maklashih kabi masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.

❗️ Murojaatlarni qanoatlantirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Тelegram | Facebook | Youtube
SAVOL: Onlayn nazorat-kassa mashinasidan urilgan naqd pulni bankka topshirmasdan o‘z ehtiyojlarimga ishlatsam bo‘ladimi?

🖊 Sulaymon Haydarov

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni
3-bandiga asosan tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tgan taqdirda kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi miqdoridan qat’i nazar, naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega.

📢 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bekzod Saliyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#MXIK #uchrashuv

Umumiy ovqatlanish va restoran biznesi vakillari bilan navbatdagi uchrashuv

Tadbirda Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.Kudbiyev, umumiy ovqatlanish va restoran biznesi vakillari hamda DSQ huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari ishtirok etdi.

Uchrashuvda barcha ishtirokchilarning fikr va mulohazalari tinglanib, bildirilgan takliflar ishtirokchilar tomonidan jamoaviy baholandi, muloqotning har ikki tomoniga mos yechimlar ishlab chiqildi.

Uchrashuvning amaliy natijasi oʻlaroq, qoʻllanilayotgan MXIKlar toifalarini umumlashtirish va yaqin kelajakda joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Shunday qilib, umumiy ovqatlanish va restoran biznesi vakillari foydalanadigan MXIKlarni deyarli 4 barobarga qisqartirish, taomlarni tasniflashning qabul qilingan usullari bilan umumlashtirish qarori ijobiy qabul qildi.
________________
#ИКПУ #встреча

Очередная встреча с представителями общепита и ресторанного бизнеса

В мероприятии приняли участие – председатель Государственного налогового комитета Ш.Кудбиев, представители сферы общепита и ресторанного бизнеса и членов Общественного совета при ГНК.

Выслушаны мнения и предложения всех участников встречи, участниками коллегиально дана оценка внесенным предложениям, разработаны практические решения, устраивающие обе стороны диалога.

Практическим итогом встречи было решение по укрупнению используемых категорий кодов ИКПУ, их внедрению в ближайшее время. Так, представителями сферы общепита и ресторанного бизнеса положительно воспринято решение по сокращению практически в 4 раза используемых кодов ИКПУ, их унификации с принятыми методами классификации блюд.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

Tadbirkorlarga fiskal cheklardagi xatolarni tuzatish imkoniyati berilgan

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, 21-noyabrdan boshlab 20 kun davomida 2022-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashga imkoniyat berildi.

Buning uchun soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida “YUSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” bo‘limiga kiriladi. Qidiruv tizimiga chekning fiskal modul ID va raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

✔️Xususan, chek maʼlumotlarini tahrirlashda quyidagilarni o‘zgartirish mumkin:

▫️ MXIK;
▫️ miqdori;
▫️ o‘lchov birligi;
▫️chek summasi;
▫️ komitent STIRi;
▫️ to‘lov turi (naqd pul yoki bank karta).

📎 Barcha o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining holat yuzasidan batafsil tushuntirishi bayon etilgan rasmiy xati (muhrlangan firma blankida) ilova qilinishi lozim.

❗️Tuzatish kiritish uchun yuborilgan cheklar hududiy davlat soliq boshqarmasida tuzilgan ishchi guruhi bilan kelishilgan holda tezkorlik bilan o‘rganiladi.

Ko‘rib chiqish natijasi ijobiy deb baholansa, chek holati "qabul qilingan"ga o‘zgaradi.
♻️ Rad etilgan taqdirda soliq organining izohiga ko‘ra, tuzatishlar kiritilib qayta yuborilishi lozim.

Yakunda, “Hisoblash” va “Jo‘natish” tugmasi bosiladi.

❗️Istisno: isteʼmolchilarga xarid summasidan 1 % qaytarilgan (keshbek) cheklar tahrirlanmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SAVOL: Nega xarid qilgan aviachipta summasidan keshbek qaytmayapti? Umuman, aviachiptalar uchun berilgan onlayn NKM chekidan keshbek olsa bo‘ladimi?

🖊 Odiljon Abdurazzoqov

JAVOB:
Eslatib o‘tamiz, avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olish natijasida olingan, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklari uchun keshbek berilmaydi.

📢 Savolga Samarqand viloyati DSB bo‘lim boshlig‘i Bekzod Saliyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
🔵 Ishtixon tumani 4-sektorida joylashgan “Bog‘bon”, “Mohpar”, “Hazarbobo”, “Yangiravot”, “Zartepa” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining 10 kilometr qismiga asfalt yotqizildi.

Тelegram | Facebook | Youtube
🔰 Toyloq tumani 4-sektori rahbari Shuhrat Sharipov va moliya bo‘limi boshlig‘i A.Sharipov sektor hududidagi 12 ta umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha qozonxonalarni ko‘zdan kechirdi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube