Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.01K subscribers
14.2K photos
1.3K videos
89 files
5.8K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#mol_mulk_va_yer_soligi

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

❗️
Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

🔹Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.

📱Soliq mobil ilovasi orqali to‘lovni amalga oshirishda:

🔸 ilovadan "Soliqlarni to‘lash" bo‘limi tanlanadi;
🔸 ochilgan oynaga soliq to‘lovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (
JShShIR) kiritiladi;
🔸 jami qarzdorlik va joriy yil uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllanadi;
🔸"Davom etish" tugmasi bosilganda ilovaga biriktirilgan bank kartasidan belgilangan soliq summasi yechiladi.

Jismoniy shaxslar my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetga ERI orqali kirib "JShlarning solishtirma dalolatnomalari" bo‘limidan hisoblangan, to‘langan va mavjud soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishi mumkin.

⚡️soliq.uz saytidan o‘z hududingizdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalarini oson aniqlang.

👉Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?

👉Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?

👉Jismoniy shaxslar qaysi mol-mulk va yerlari uchun soliq to‘laydi?
SAVOL: Soya danagi importi uchun soliq imtiyozi mavjudmi?

Shahnoza Karimova

JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga asosan 2021-yil 1-maydan 2022-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek, soya danagini olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan.

📢 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bekzod Saliyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashning yana bir tizimi

📉Qo‘shilgan qiymat solig‘i 2023-yildan 12 foizga tushiriladi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#QQS
#infografika

Davlat budjetidan qaytarilgan QQS 12,7 trln so‘mdan oshdi

Jami 8 424 ta ariza bo‘yicha 4 833 korxonaga 12 773, 5 mlrd so‘m qaytarilgan.

📊hududlar kesimida:
📍
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha DSI - 7 416,6 mlrd so‘m (124 ta korxona);
📍Qoraqalpog‘iston R. - 94,6 mlrd so‘m (308 ta korxona);
📍Toshkent sh - 1 799,4 mlrd so‘m (596 ta korxona);
📍Andijon - 589,6 mlrd so‘m (622 ta korxona);
📍Buxoro - 201,9 mlrd so‘m (446 ta korxona);
📍Jizzax - 182,1 mlrd so‘m (75 ta korxona);
📍Qashqadaryo - 292,5 mlrd so‘m (308 ta korxona);
📍Navoiy - 64,2 mlrd so‘m (206 ta korxona);
📍Namangan - 261,6 mlrd so‘m (508 ta korxona);
📍
Samarqand - 537,6 mlrd so‘m (150 ta korxona);
📍Surxondaryo - 62,7 mlrd so‘m (325 ta korxona);
📍Sirdaryo - 172,5 mlrd so‘m (127 ta korxona);
📍Toshkent v. - 651,3 mlrd so‘m (258 ta korxona);
📍
Farg‘ona - 337,7 mlrd so‘m (533 ta korxona);
📍Xorazm - 105,0 mlrd so‘m (247 ta korxona).

📊sohalar kesimida:
🔸Ishlab chiqaruvchilar - 7 107,8 mlrd so‘m (1 119 ta korxona);
🔸Chakana savdo - 1 390,6 mlrd so‘m (801 ta korxona);
🔸Ulgurji savdo - 946,0 mlrd so‘m (204 ta korxona);
🔸Qurilish - 848,0 mlrd so‘m (112 ta korxona);
🔸Qishloq xo‘jaligi - 613,0 mlrd so‘m (2 020 ta korxona);
🔸Import qiluvchilar - 549,0 mlrd so‘m (173 ta korxona);
🔸Boshqalar - 1 319,1 mlrd so‘m (404 ta korxona).

💹Qoplab berilgan jami QQS o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 trln so‘mga ko‘p.

👉2022-yilning 7 oyida qaytarilgan QQS

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Farrux Axmedjanovning “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida joriy yilning III choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot-murojaati

🔹 Viloyat davlat soliq boshqarmasiga III chorak uchun budjet daromadlariga 958.5 mlrd. so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 1062.9 trln. so‘mlik tushum ta’minlandi.

🔹 Faoliyatini endi boshlagan hamda qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik subyektlariga “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida yordam berishga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

🔹 Xususan, tadbirkorlik subyektlariga dastlabki buxgalteriyani yuritish, boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lovini qaytarish, soliq qarzini to‘lash muddatini uzaytirish, E-aktiv, E-ijara, E-imtiyoz avtomatlashtirilgan tizimlari bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi.

🔹 Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-sonli qarori bu borada muhim hujjat bo‘ldi.

🔹 Ta’kidlash joizki, jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tishi murakkab jarayon emas. Jumladan, bu Soliq mobil ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matritsali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi. 2022-yilning o‘tgan davrida viloyat bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 111811 nafarni tashkil etdi.

🔹 Bugungi kunda soliq to‘lovchilarning murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida Telegram messenjerida Soliqchi-koʻmakchi Samarqand DSB, SoliqMaslahatchilari guruhi tashkil qilingan bo‘lib, savol va murojaatlarga tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda.

🔹 Shuningdek, +99897-392-91-81 raqami orqali Telegram messenjerida yozma murojaat qilish mumkin.

Тelegram | Facebook | Youtube
❇️Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslikka bag‘ishlangan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Rustam Sobirov viloyat davlat soliq boshqarmasining har bir xodimi o‘z vazifasiga vijdonan yondashishi, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi xususida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, xodimlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar yuzasidan yuborilgan taqdimnomalar bilan tanishtirildi.

- Bu kabi profilaktik tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad xodimlarni doimiy ogohlikka chorlash,-deydi Rustam Sobirov.- Ish jarayonida,moddiy manfaatni o‘ylab xatoga yo‘l qo‘ygan sobiq hamkasblariga qo‘llanilgan choralar har birimizga dars bo‘lishi kerak. Bu kabi profilaktik tadbirlar barcha shahar va tuman davlat soliq inspeksiyalarida ham o‘tkazilmoqda.
#hamkorlik

Bir soatdan so‘ng «Soliq va bojxona siyosati islohoti, shuningdek daromadlarning ma’murchiligini raqamlashtirish (tajriba almashinuvi)» Xalqaro davra suhbati o‘z ishini boshlaydi.

Havola orqali ulanishingiz mumkin👉https://www.youtube.com/watch?v=gRN0Qx6kSI4

Birinchi sessiya qo‘shilgan qiymat solig‘iga bag‘ishlangan.
______
#сотрудничество

Через час начнет свою работу Международный круглый стол на тему «Реформа налоговой и таможенной политики, а также цифровизация администрирования доходов (обмен опытом)».

Присоединиться можно по ссылке 👉 https://www.youtube.com/watch?v=gRN0Qx6kSI4

Первая сессия посвящена налогу на добавленную стоимость.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#obodonlashtirish

🚶🏻‍♂️🚲 Paxtachi tumani 4-sektori hududidagi Ziyovuddin shaharchasida va unga tutash “Bodoy” va “Mirkan” mahallalarida piyodalar hamda velosiped yoʻlaklari barpo etilmoqda. Yoʻllar kengaytirilib, gulzorlar yaratilmoqda.

Tuman hokimi M.Hamdamov hamda sektor rahbari A.Turg‘unov amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirib, masʼullarga tegishli koʻrsatma hamda tavsiyalar berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
❇️Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Zafar Sindorovning “Soliqchi — ko‘makchi” tamoyili asosida sentyabr oyida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha murojaati

Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasiga joriy yilning sentyabr oyi uchun byudjet daromadlariga 51 124,0 mln.so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 54 535,7 mln.so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 107 % foizga (3 411,7 so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.

Tadbirkorlarni faoliyatini endi boshlagan hamda faoliyati davomida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga “Soliqchi–tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida izchil ishlar amalga oshirilib kelmoqda.

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida shu kungacha 7313 ta tadbirkorlik sub’ektlari o‘rganildi. Shundan 7307 tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlandi.
Jumladan, dastlabki buxgalteriyani yuritishda 1406 ta, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari bo‘yicha tushuncha berishda 773 ta, 8 636,3
mln.so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lov summasini qaytarishda 566 ta tadbirkorlik sub’ektiga ko‘maklashildi.

Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-sonli qarori bu borada muhim hujjat bo‘ldi.

2022-yilning sentyabr oyida shaharda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 1473 nafarni tashkil etdi.

Bugungi kunda soliq to‘lovchilarning murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida telegram messendjerida Soliqchi-ko'makchi Samarqand guruhi tashkil qilingan bo‘lib, savol va murojaatlarga tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda.

Shuningdek, +99891-540-00-11 raqami orqali Telegram messenjerida yozma murojaat qilish mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_solig‘i

☝️15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

⚡️Endilikda soliq to‘lovchilar o‘z hududidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalarini soliq.uz saytidan oson aniqlashi mumkin.

🔹Jismoniy shaxslar ushbu soliqlarni uydan chiqmagan holda Soliq va boshqa mobil ilovalar orqali ham to‘lashlari mumkin.

Тelegram | Facebook | Youtube
Savol: I va II guruh nogironlariga mol-mulk va yer solig‘idan imtiyoz bormi?

Gulnora Xalilova

Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan mol-mulk solig‘idan 60 metr kvadrat qismi soliq to‘lashdan ozod.

Shuningdek, kodeksning 436-moddasiga asosan yer solig‘idan to‘liq ozod.

Soliq to‘lovchining tanloviga ko‘ra faqat 1 ta obyektiga nisbatan imtiyoz qo‘llanadi.

❗️ Asos bo‘luvchi hujjatlar soliq organiga taqdim etilgandan so‘ng imtiyoz qo‘llanishini ta'kidlash joiz.

Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Akobir Shamsiyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan tumanlarda korrupsiyaning oldini olishga, turli salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka bag‘ishlangan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

🔷 Jumladan, Pastdarg‘om, Payariq va Oqdaryo tumanlari davlat soliq inspeksiyalari shaxsiy tarkibi uchun shunday tadbirlar tashkil etildi. Tadbirlarda Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari Azizxon Muhiddinov va Jasur Sulaymonov korrupsion holatlarga olib keluvchi salbiy omillar, har bir xodim ogoh va sergak bo‘lishi, manfaatlarga to‘qnashuvlariga yo‘l qo‘ymasligi, o‘z kasb burchiga sadoqat bilan yondashishi lozimligi xususida to‘xtalib o‘tdi.

❗️ Shuningdek, moddiy manfaatni, nafsni ustun qo‘yib, yuzi shuvut bo‘lgan sobiq xodimlarga qo‘llanilgan choralardan barcha xulosa chiqarishi shartligi alohida qayd etildi.

Тelegram | Facebook | Youtube