Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
87 files
5.77K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
🟢 SAVOL: YaTTni yopmoqchi edik. Buning uchun nima qilish kerak?

Adham Jo‘rayev

JAVOB: Yuridik shaxs tashkil etmagan YaTTni yopish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 704-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik sub’ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida nizomning 40-46-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan. YaTTni yopish to‘g‘risidagi arizani Davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib topshirish mumkin.

👉 YaTTni yopishda quyidagi qadamlardan o‘tiladi:

1. Soliq organlari oldida qarz mavjud emasligiga ishonch hosil qilish.

2. Bankdagi asosiy hisobvaraqni yopish (agar mavjud bo‘lsa).

3. Davlat xizmatlari markaziga ariza bilan murojaat qilish, unga quyidagilarni ilova qilish:

a) muhr va shtamplar (agar mavjud bo‘lsa);

b) litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlarning asli (agar mavjud bo‘lsa);

v) bankdan asosiy hisobvaraq yopilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.

4. Berilgan arizaga asosan faoliyat to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani kutish (3 ish kunidan 5 ish kuniga qadar).

❗️ Xabarnoma DSQning shaxsiy kabineti orqali keladi.

📢 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq solish bo‘yicha maslahat bo‘limi boshlig‘i Bekzod Saliyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
Toyloq tumani 4-sektoriga kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqqan holda o'rganilmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube
MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shrabot tumanida ko‘plab fuqarolarga soliq to‘lash uchun kelgan to‘lov xabarnomasida soliq summasi aslidan bir necha baravar oshirib yozilgani, ular tuman davlat soliq inspeksiyasiga borib hisoblatgan summa xabarnomadagi summaga mos kelmayotgani xususida murojaat e’lon qilindi.

🔹 Qo‘shrabot tumani davlat soliq inspeksiyasi ijtimoiy tarmoqqa yo‘llagan murojaat bo‘yicha mol-mulk va yer soliqlarini to‘lovchi jismoniy shaxslarga yuborilgan to‘lov xabarnomalaridagi farq bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

🔹 Bu kabi holatlarda Soliq kodeksining 421-436-moddalarida nazarda tutilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarning yer maydoni Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali tomonidan kattaroq hajmda kiritilgan. Yer maydoni qayta hisob-kitob qilinmoqda. Shuningdek, mol-mulk va yer soliqlari summalari qayta hisob-kitob qilinib, soliq to‘lovchilarimizga taqdim etilmoqda.

❗️ Eslatib o‘tamiz, har bir bir fuqaro o‘zi yashab turgan manzil bo‘yicha hisoblangan soliqlarni shaxsiy kabinet, Soliq, Payme, Click mobil ilovalaridan foydalangan holda ko‘rishi va ular orqali to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin. Bundan tashqari, Samarqand davlat soliq boshqarmasining Telegram messenjeridagi SoliqMaslahatchilari (t.iss.one/SoliqMaslahatchilari), Soliqchi-koʻmakchi Samarqand DSB (https://t.iss.one/EXT6SgTDGKs3NGUy) guruhlari orqali hisoblangan soliqlar bo‘yicha savollarga malakali mutaxassislar javob beradi.

🖊 Samarqand viloyati davlat soliq
boshqarmasi matbuot xizmati

Тelegram | Facebook | Youtube
Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Farrux Axmedjanovning “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida avgust oyida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti

🔹 Viloyat davlat soliq boshqarmasiga avgust oyi uchun budjet daromadlariga 311.4 mlrd. so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 382.5 mlrd. so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 123 foizga (71.1 mlrd. so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.

🔹 Faoliyatini endi boshlagan hamda qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik subyektlariga “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida yordam berishga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

🔹 2022-yilning bugungi kuniga qadar 4951 ta tadbirkorlik subyektiga dastlabki buxgalteriyani yuritish, 1731 tasining 23 503 mln. so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lovini qaytarish, 14 tasiga 2033,6 mln. so‘mlik soliq qarzini to‘lash muddatini uzaytirish, 5511 tasiga E-aktiv, E-ijara, E-imtiyoz avtomatlashtirilgan tizimlari bo‘yicha amaliy ko‘mak berilgan.

🔹 Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-sonli qarori bu borada muhim hujjat bo‘ldi.

🔹 Ta’kidlash joizki, jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tishi murakkab jarayon emas. Jumladan, bu Soliq mobil ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matritsali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi. 2022-yilning avgust oyida viloyat bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 6302 nafarni tashkil etdi.

🔹 Bugungi kunda soliq to‘lovchilarning murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida Telegram messenjerida Soliqchi-koʻmakchi Samarqand DSB, SoliqMaslahatchilari guruhi tashkil qilingan bo‘lib, savol va murojaatlarga tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda.

🔹 Shuningdek, +99897-392-91-81 raqami orqali Telegram messenjerida yozma murojaat qilish mumkin.

Тelegram | Facebook | Youtube
#savol_javob
#ozini_ozi_band_qilish

🔴 O‘zini o‘zi band qilgan "taksist"lar soliq to‘laydimi

🔵 O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.
👉 PQ-4742-son

▫️Shuningdek, mehnat staji hisoblanishi uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravarini (300 ming so‘m) ixtiyoriy tartibda to‘lashi belgilangan.

👉 Soliq kodeksi 408-moddasi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
🔵 Oqdaryo tumani 4-sektori rahbari Ozod Ilyasov tomonidan sektor hududidagi 9 ta mahallada ijtimoiy sohadagi muammolar bo'yicha o'rganish ishlari olib borildi.

Тelegram | Facebook | Youtube
SAVOL: Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning xodimga maxsus kiyim-bosh hamda maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish uchun jismoniy shaxs foydasiga qilgan xarajatlari korxonaning to‘g‘ri xarajatlari hisoblanadi. Ushbu xarajatlar foyda solig‘ini hisoblashda soliq bazasiga kiritilmasligi to‘g‘rimi? Korxona xodimlariga maxsus kiyim-bosh berish uchun yuridik shaxs tomonidan qanday hujjatlar rasmiylashtirilishi kerak?

Bektosh Farmonov

✔️ JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasi 2-qismi, 6-bandiga asosan soliq agentlarining kodeksning 386-moddasida nazarda tutilgan jismoniy shaxs foydasiga amalga oshiradigan xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini bajarishi chog‘ida oziq-ovqat bilan taʼminlash bo‘yicha xarajatlariga soliq to‘lovchining daromadi sifatida qaralmaydi.

❗️ Shuningdek, Soliq kodeksi 317-moddasining 3-bandiga muvofiq, soliq to‘lovchining kodeksning 376-moddasida nazarda tutilgan, jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadlari hisoblangan xarajatlari foyda solig‘i bazasini aniqlashda chegirib tashlanmaydigan xarajatlar jumlasiga kiritilgan.

📢 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq solish bo‘yicha maslahat bo‘limi boshlig‘i Bekzod Saliyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
Ishtixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i O‘.Boyzoqovning “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida avgust oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti

🔹 Ishtixon tumani davlat soliq inspeksiyasiga avgust uchun budjet daromadlariga 6 mlrd. 274.2 mln. so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 7 mlrd. 89 mln so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 113 foizga (814.8 mln so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.

Tadbirkorlik faoliyatini endi boshlagan hamda faoliyati davomida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik subyektlariga “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida yordam berish maqsadida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

🔹 “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida shu kungacha 215 ta tadbirkorlik subyekti o‘rganildi. Shundan 176 tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlandi.

🔹 Jumladan, dastlabki buxgalteriyani yuritishda 125 ta, soliq qarzi to‘g‘risida ma’lumot berishda 23 ta, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari bo‘yicha tushuncha berishda 25 ta, 51,2 mln. so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lov so‘mmasini qaytarishda 19 ta tadbirkorlik subyektiga ko‘maklashildi. Shuningdek, 590 mln. so‘mlik imtiyozli kredit olishda 3 nafar tadbirkorga amaliy yordam berildi.

🔹 Masalan, “AGRO IN TEXNO” MChJ aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha hisobotlarni yuborishda xatolik tufayli 5,2 mln. so‘mlik hisoblangan soliqlar aniqlashtirilib, kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam berildi.

🔹 Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini-o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim hujjat bo‘ldi.

🔹 Ta’kidlash joizki, jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tishi murakkab jarayon emas. Jumladan, bu Soliq mobil ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matritsali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi. 2022-yilning avgust oyida tumanda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 542 nafarni tashkil etdi.

🔹 Bugungi kunda soliq to‘lovchilarning murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida telegram messenjerida DSI guruhi tashkil qilingan bo‘lib, savol va murojaatlarga tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda. Shuningdek, +99866-629-28-40 raqami orqali Telegram messenjerida yozma murojaat qilish mumkin.

🔹 Soliq tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni sodda va xalqchil tilda tushuntirishda, ayniqsa, tumanda hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Tuman davlat soliq inspeksiyasida faoliyat yurituvchi barcha darajadagi rahbarlar soliq to‘lovchilarga ko‘mak berishga har doim tayyor. Soliq to‘lovchilar muammolar va savollar bilan bevosita qabulimizga kelib yoki yuqorida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan manzil orqali bemalol murojaat qilishi mumkin.

Тelegram | Facebook | Youtube