Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
88 files
5.78K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
🟢 Toyloq tumani 4-sektorida "Temir daftar"da ro'yxatga turuvchi 5 ta oilaga subsidiya asosida quyosh panellari berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#obodonlashtirish

🔵 Narpay tumani 4-sektoridagi "Tepa", "Chaykal" mahallalarining ichki ko‘chalariga hashar yo‘li bilan tosh to‘kilib, tekislanmoqda.

Ravon yo‘llardan harakatlanayotgan aholi bundan juda mamnun.

Тelegram | Facebook | Youtube
SAVOL: Kimlar qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb e’tirof etiladi?

Farrux Abdumajidov

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 57-moddasiga muvofiq, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar e’tirof etiladi:

🔹 qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi va uni birlamchi qayta ishlovchi, basharti bunday yuridik shaxsning jami daromadida o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotini, shu jumladan uni o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadining ulushi soliq davridagi jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etsa;

🔹 yer uchastkalariga ega bo‘lgan, bu yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lsa.

👉 Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jumlasiga biologik resurslardan (hayvonlar va o‘simliklardan) olingan quyidagi mahsulotlar kiradi:

1) qishloq va o‘rmon xo‘jaligi o‘simlikshunosligi mahsulotlari;

2) chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik mahsulotlari;

3) ipakchilik mahsulotlari;

4) baliqchilik mahsulotlari va suvda yetishtiriladigan ekinlar.

❗️ Sanoatda qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsuloti ushbu Kodeks maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsuloti deb e’tirof etilmaydi.

🔈 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimi Umid Alimov javob berdi.


Тelegram | Facebook | Youtube
#e_ijara

👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

🏠Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin
.

1️⃣ ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan "Talabalar ijarasi" bo‘limini tanlab "Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda "Qo‘shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

2️⃣ “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. (Soliq kodeksi, 378-modda)

👉Turar joylarni ijaraga oluvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi.

👉Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Audio
📻 Samarqand tumani 4-sektorida amalga oshirilayotgan ishlar

Тelegram | Facebook | Youtube
SAVOL: Masʼuliyati cheklangan jamiyati ijaraga joy bergan va ijara shartnomasi E-ijara avtomatlashtirilgan axborot tizimida hisobga qo‘yilgan. Hozirda ijara shartnomasini bekor qilmoqchimiz. Ijara shartnomasini E-ijarada bekor qilyapmiz. Lekin ijaraga olgan shaxs rad tugmasini bosyapti. Qanday qilib ijara shartnomasini bir taraflama bekor qilishimiz mumkin?

Aziz Nizomov

JAVOB: Ijara.soliq.uz avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali hisobga qo‘yilgan ijara shartnomani bekor qilish tomonlarning kelishuviga binoan amalga oshiriladi.

➡️ Ko‘chmas mulk shartnomasi muddatidan ilgari, tomonlarning kelishuviga binoan bekor qilinganida ko‘chmas mulk ijarasini bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuv majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat soliq organlariga taqdim etiladi.

➡️ Davlat soliq organi tomonidan ko‘chmas mulk shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuvni ro‘yxatga qo‘yish ijaraga beruvchi tomonidan shaxsiy kabinet orqali elektron shaklda taqdim qilinganda real vaqt mobaynida, qog‘oz shaklida taqdim etilganda esa o‘sha vaqtning o‘zida hal qilinadi.

❗️ Ikkinchi tomonning roziligisiz ijara shartnomasini muddatdan oldin bekor qilish imkoniyati yo‘q.

📢 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq solish bo‘yicha maslahat bo‘limi boshlig‘i Bekzod Saliyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#bilasizmi
#soliq_tekshiruvi

Tekshiruvlar vaqtida soliq organi tomonidan hujjatlarni qayta talab qilish qonuniymi?

Soliq tekshiruvi va soliq nazoratining boshqa tadbirlari davomida soliq organlari tekshirilayotgan shaxsdan quyidagilarni talab qilishga haqli emas:
▫️tekshiriluvchi shaxsning oldingi kameral yoki sayyor soliq tekshiruvlarida soliq organlariga taqdim etilgan hujjatlari;
▫️soliq monitoringi jarayonida taqdim etilgan hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari.
Agar hujjatlarning asl nusxalari avval soliq organiga taqdim etilgan va keyinchalik soliq to‘lovchiga qaytarilgan bo‘lsa yoki soliq organiga taqdim etilgan hujjatlar fors-major holatlari tufayli yo‘qolgan bo‘lsa, hujjatlar qayta talab qilib olinishi mumkin.
👉 Soliq kodeksining 146-moddasi 11-qismi

Soliq to'lovchining bu huquqi Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda ham mustahkamlangan.
👉VMQ 1-son 2-ilova 17 band
__________
#знаете_ли_вы
#налоговая_проверка

Правомерно ли повторное истребование налоговым органом документов при проверках?

В ходе налоговой проверки и иных мероприятий налогового контроля налоговые органы не вправе истребовать у проверяемого лица:
▫️документы, которые уже были представлены в налоговые органы при проведении предыдущих камеральных или выездных налоговых проверок проверяемого лица,
▫️заверенные копии документов, представленные в ходе налогового мониторинга.

Документы могут быть истребованы повторно, только если ранее в налоговый орган были представлены, а впоследствии возвращены налогоплательщику подлинники документов, или документы, представленные в налоговый орган, были утрачены вследствие обстоятельств непреодолимой силы.
👉ч.11 ст.146 НК

Это право налогоплательщика закреплено и в Положении о порядке организации и проведения налоговых проверок.
👉п.17 Прил.№2 к ПКМ от 07.01.2021 г. №1

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram