Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.76K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | «Давлат фуқаролик хизмати тўғрисида»ги қонун мазмун-моҳияти тушунтирилди
#17aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#QQS
#infografika

9,2 trln so‘m to‘langan QQS summasi tadbirkorlarga qaytarilgan

QQS (salbiy farq) summalari qo‘yidagilar hisobiga qaytarilgan:

🔸Eksport uchun nol stavkali QQS qo‘llanilishi – 3,1 trln so‘m;
🔸Eksportdan tashqari realizatsiya uchun nol stavkali QQS qo‘llanilishi – 1,9 trln so‘m;
🔸Ichki bozordan xarid qilingan tovarlar qoldig‘i uchun – 1,6 trln so‘m;
🔸Xarid qilingan (yaratilgan) asosiy vositalar bo‘yicha QQS hisobga olinishi – 1,5 trln so‘m;
🔸Import qilingan tovarlar qoldig‘i hisobiga – 1,1 trln so‘m.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Ayni_paytda

❇️Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasida vakant lavozimlar uchun e’lon qilingan ochiq mustaqil tanlovning suhbat bosqichi o‘tkazilmoqda.

Suhbatda ochiq mustaqil tanlovda qatnashib, belgilangan malaka talablari va test bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ishtirok etmoqda.
❇️Muammo bartaraf etildi

Telegram messenjeridagi “Samarkand & Самаркандцы” kanalida Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish zalida navbat yuzaga kelgani, ularga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni kamligi bo‘yicha tanqidiy videolavha joylashtirildi.

Muammo viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni ko‘paytirildi. Shu o‘rinda soliq to‘lovchilarga davlat soliq idoralariga kelmasdan ham soliqqa oid ko‘plab masalalarni masofadan turib yechishlari mumkinligini eslatib o‘tmoqchimiz. Xususan, yurtdoshlarimiz soliqlarni masofadan turib, ya’ni Soliq mobil ilovasi , Click, Payme mobil internet-banking tizimi orqali onlayn tarzda to‘lashlari mumkin.

Bundan tashqari, soliq to‘lovchilarga malakali mutaxassislar tomonidan zarur maslahatlar berilishini ta’minlash maqsadida viloyat davlat soliq boshqarmasining telegramdagi SoliqMaslahatchilari va Soliqchi-koʻmakchi Samarqand DSB (https://t.iss.one/EXT6SgTDGKs3NGUy) guruhlari tashkil qilingan. Ushbu guruhga a’zo bo‘lib, sohaga doir barcha savollarga javob olish, jumladan, yer va mol-mulk soliqlarini hisoblatish imkoniyati mavjud.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati
#QQS

Eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarga soliq solish

Nol darajali stavka
bo‘yicha soliq solish quyidagilar realizatsiya qilinganda amalga oshiriladi:
🔸O‘zbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomiliga olib chiqilgan tovarlar;
🔸ilgari O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan (hosil bo‘lgan) tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilar va (yoki) qoldiqlar);
🔸O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan g‘amlab qo‘yilgan narsalar. Ushbu modda maqsadida havo kemalaridan risoladagidek foydalanilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i va yonilg‘i-moylash materiallari g‘amlab qo‘yilgan narsalar deb e’tirof etiladi;
🔸chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chog‘ida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni bevosita O‘zbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidagi bojxona organidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona organigacha tashish yoxud transportda tashish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlar;
🔸xalqaro tashishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlar.
Soliq kodeksi 260-modda

👉Ayrim hollarda nol darajali stavkaning qo‘llanilishining o‘ziga xos xususiyatlari
👉Nol stavkasini qo'llash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar
__________
#НДС

Налогообложение экспортных и приравненных к ним операций

Применение НДС по нулевой ставке осуществляется при реализации:

🔸товаров, вывезенных с территории РУз в таможенной процедуре экспорта;
🔸товаров, вывезенных с территории РУз, ранее помещенных под таможенную процедуру переработки на таможенной территории РУз, и (или) товаров (продуктов переработки, отходов и (или) остатков), полученных (образовавшихся) в результате переработки товаров, помещенных под таможенную процедуру переработки на таможенной территории РУз;
🔸припасов, вывезенных с территории РУз (топливо и горюче-смазочные материалы, необходимые для обеспечения нормальной эксплуатации воздушных судов);
🔸услуг, непосредственно связанных с перевозкой или транспортировкой товаров, помещенных под таможенную процедуру таможенного транзита при перевозке иностранных товаров от таможенного органа в месте прибытия на территорию РУз до таможенного органа в месте убытия с территории РУз;
🔸услуг, непосредственно связанных с международными перевозками.
ст.260 НК

👉Особенности применения нулевой ставки в отдельных случаях
👉Документы, подтверждающие право на применение нулевой ставки

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Samarqand tumani hokimi oʼrinbosari D.Аzizova hamda davlat soliq inspeksiyasi boshligʼi F.Nizomov 4- sektor hududida joylashgan "Аngarolmos" mahallasida yoshlar bilan uchrashdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#sayyor_qabul

🔵 Jomboy tumani 4-sektori rahbari Baxtiyor Baratov tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda “Nazar” mahallasida navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.

🟣 Qabulda tushgan murojaatlar ijrosi bo‘yicha mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va mutasaddilar bilan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Тelegram | Facebook | Youtube