Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2.02K subscribers
14.3K photos
1.31K videos
91 files
5.85K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#sayyor_qabul

Samarqand tumani 4-sektorida joylashgan "Qo‘shmachit" mahalla fuqarolar yig‘inida aholi muammolarini o’rganishga qaratilgan ommaviy sayyor qabul o’tkazildi.

🔹 Unda Samarqand tumani 4-sektori rahbari o’rinbosari S.Asrorov hamda Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo'limi boshlig‘i ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini qabul qildi.

🔹 Har bir murojaat tegishli tartibda ro’yxatga olinib, ijrosi tegishliligi bo’yicha mas’ullarga biriktirilgan holda nazoratga olindi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#xedjirlash

📘 O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 51-moddasiga asosan xedjirlash operatsiyalari deganda soliq to‘lovchi uchun noxush oqibatlarni (to‘liq yoki qisman) kamaytirish (kompensatsiya qilish) maqsadida muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari (shu jumladan harxil turlari bilan) amalga oshiriladigan operatsiyalar (operatsiyalar majmui) tushuniladi.

🔹 Bunday noxush oqibatlar jumlasiga, xususan, zarar ko‘rish, tushumning yoki foydaning kamayishi, mol-mulk bozor qiymatining kamayishi, narxning, foiz stavkasining, milliy valyutaga nisbatan chet el valyutasi kursining yoki xedjirlash obyekti (obyektlari) boshqa ko‘rsatkichining (ko‘rsatkichlari majmuining) o‘zgarishi oqibatida soliq to‘lovchining majburiyatlari ko‘payishi kiritilishi mumkin.

🔹 Soliq to‘lovchining mol-mulki, mulkiy huquqlari va uning xedjirlash operatsiyasini amalga oshirish sanasida bajarilish muddati yetib kelmagan majburiyatlari xedjirlash obyektlari deb e’tirof etiladi.

🔹 Amalga oshirilishi (bajarilishi) tarafning shartnoma bo‘yicha talab qo‘yishi bilan bog‘liq bo‘lgan hamda ularga nisbatan soliq to‘lovchi xedjirlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan talab qilish huquqlari va majburiyatlar xedjirlash obyektlari bo‘lishi mumkin.
Muddatli bitimlar moliyaviy vositalarining xedjirlash operatsiyasi uchun foydalaniladigan asos aktivlari xedjirlash obyektidan farq qilishi mumkin.

🔹 Xedjirlash maqsadida har xil turdagi muddatli bitimning bittadan ortiq moliyaviy vositasini, shu jumladan xedjirlash muddati ichida bitta xedjirlash operatsiyasi doirasida muddatli bitimlarning bir nechta moliyaviy vositalarini tuzishga yo‘l qo‘yiladi.
Soliq to‘lovchi muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari bilan operatsiyani xedjirlash operatsiyasi jumlasiga kiritish asoslanganligini tasdiqlash uchun xedjirlash operatsiyasiga doir bitimni tuzish sanasida soliq to‘lovchining taxminlaridan kelib chiqqan holda ushbu operatsiyaning amalga oshirilishi narxning, bozor kotirovkasining, valyuta kursining yoki xedjirlash obyekti boshqa ko‘rsatkichining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan noxush oqibatlarni kamaytirish imkonini berishini tasdiqlovchi ma’lumotnomani tuzadi.

🔹 Agar bitta xedjirlash operatsiyasi maqsadida muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari bilan bog‘liq operatsiyalar majmuidan foydalanilsa, bunday ma’lumotnoma ushbu bitimlar majmuining birinchisi tuzilgan sanadagi holatga ko‘ra tuziladi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#obodonlashtirish

Samarqand viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan Samarqand shahridagi “Rasadxona” va “Qir” mahalla fuqarolar yig‘inlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

➡️ Mazkur jarayonda ko‘chalar tartibga keltirilib, xonadonlarning tom qismi taʼmirlanmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mahallalarni obod maskanga aylantirib, yurtdoshlarimiz uchun qulay turmush sharoitini yaratishdan iborat.

Тelegram | Facebook | Youtube
#rasmiy_munosabat

Huquqbuzarliklar haqidagi har bir murojaat batafsil o‘rganiladi

Davlat soliq qo‘mitasi aholi murojaatlari asosida o‘tkazilayotgan soliq tekshiruvlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan ayrim munosabatlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

“Soliq” mobil ilovasi orqali yo‘llangan murojaatlar asosida nazorat tadbirlari o‘tkazilishidan avval, har bir murojaat batafsil o‘rganib chiqiladi.

Onlayn nazorat-kassa texnikalari orqali chop etilgan har bir chek soliq organlari maʼlumotlar bazasiga avtomatik kelib tushadi, murojaatchining xabari bevosita ushbu subyektga o‘rnatilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi maʼlumotlari bilan solishtiriladi.

Bunda avtomatik rejimda ushbu obyektdagi nazorat-kassa texnikasidan chek chop etish davri, summasi, murojaatda ko‘rsatilgan tovar nomenklaturasi, yaʼni har bir detalga alohida eʼtibor qaratiladi.

Murojaatda keltirilgan huquqbuzarlik tasdiqlansa, ushbu huquqbuzarlik uchun qonunchilikda belgilangan miqdorlarda jarima belgilanadi. Jarima tadbirkorlik subyekti tomonidan 10 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda to‘langanda jarima miqdori ikki baravarga kamaytiriladi.

❗️Chek talab qilish faqatgina moddiy rag‘bat uchun, taqdim etish esa jarimadan xalos bo‘lish uchungina amalga oshirilmasligi lozim.

Bu jarayonlarda o‘z haq-huquqlarimiz va majburiyatlarimizni to‘la anglab yetgan holda, ularni o‘z vaqtida ado etishni odatga emas madaniyatga aylantirishimiz lozim.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
🌲 Pastdarg‘om tumani 4-sektori hududidagi "Gulobod", "Maroqand", "To‘rtayg‘ir", "Bog‘onali", "Yuqori Bog‘onali", "Parcha qora", "Mang‘itobod", "Do‘stlik", "Novchandir" mahalla fuqarolar yig‘inlarida obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube