Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
14.1K photos
1.29K videos
86 files
5.76K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
📌 Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Bektosh Toshqulov Toyloq tumani 4-sektorida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

🔹 Jumladan, 4-sektor shtabining yangi qurilgan binosini, shuningdek, xonadonlarda o‘rnatilgan inkubatorlar va barpo etilgan issiqxonalarni ko‘zdan kechirdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
📘 Soliq kodeksining 449-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olishni va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.

❗️ Qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshirishga taalluqli qism bo‘yicha soliq to‘lovchilar bo‘lmaydi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#Самарқанд вилоятидаги вакант лавозимларга очиқ танлов эълон қилинди.

Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Самарқанд вилояти филиали бир қатор ташкилотлар билан ҳамкорликда қуйидаги вакант лавозимларга очиқ мустақил танлов эълон қилади:

🔸Самарқанд вилояти Давлат солиқ бошқармаси:
— Ургут туман давлат солиқ инспекцияси - Шахсий карточкалар ҳисобини юритиш шўъбаси бошлиғи;

— Ургут туман давлат солиқ инспекцияси - Солиқ назорати бўлими бошлиғи;

Ургут туман давлат солиқ инспекцияси - Камерал солиқ текширувлари шўъбаси Давлат бош солиқ инспектори;

— Иштихон туман давлат солиқ инспекцияси - Жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи;

— Иштихон туман давлат солиқ инспекцияси - Жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи ўринбосари;

— Иштихон туман давлат солиқ инспекцияси - Сайёр солиқ текширувлари шўъбаси бошлиғи;

Каттақўрғон туман давлат солиқ инспекцияси - Сайёр солиқ текширувлари шўъбаси Давлат бош солиқ инспектори;

— Булунғур туман давлат солиқ инспекцияси - Солиқ қарзини ундиришни ташкил қилиш бўлими Давлат бош солиқ инспектори;

— Пахтачи туман давлат солиқ инспекцияси - Сайёр солиқ текширувлари шўъбаси Давлат катта солиқ инспектори;

— Пахтачи туман давлат солиқ инспекцияси - Ҳудудларни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш секторида ишларни ташкил қилиш бўлими Давлат катта солиқ инспектори (3-секторга масъул) 0,5 ставка ;

— Пахтачи туман давлат солиқ инспекцияси - Жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи;

— Бошқарма - Солиқ аудити шўъбаси Давлат бош солиқ инспектори;

— Бошқарма - Солиқ аудити шўъбаси Давлат бош солиқ инспектори;

— Бошқарма - Сайёр солиқ текширувлари шўъбаси Давлат бош солиқ инспектори.

▶️ Танловда иштирок этиш учун номзодлар Давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ портали орқали рўйхатдан ўтишлари, вакант бўлган лавозимга сўралган ҳужжатларни электрон шаклда тақдим этишлари лозим.

❗️Ҳужжатлар 2022 йил 17 февралдан 26 февралгача (шу куни ҳам) қабул қилинади.

🔷 Ҳужжатларни электрон юбориш тартиби бўйича видеоқўлланма

🔷 Ягона идентификация тизими — id.egov.uz'дан рўйхатдан ўтиш бўйича видеоқўлланма

⭕️ Порталнинг расмий каналиhttps://t.iss.one/vacancy_argos
🍇🐥Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Bektosh Toshqulov Payariq tumanida voyish usulida uzum yetishtirish va inkubator yo‘nalishidagi ishlar bilan atroflicha tanishdi.

🔖 Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida tegishli tavsiyalarni berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hamkor

2022-yil 1-yanvardan soliq huquqbuzarliklariga qarshi kurashgan iste'molchilar mukofotlanadi

Agar siz:
👉сhek bermaslik;
👉bank kartasi orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish;
👉bank kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda mahsulotni qimmat sotish;
👉markirovkalanishi kerak bo‘lgan mahsulotni markirovkasiz sotish va shu kabi soliq huquqbuzarliklariga duch kelsangiz darhol Soliq mobil ilovasining Soliq hamkor bo‘limi orqali murojaat qoldiring.

🔎Yo‘llagan murojaatingiz soliq organlari tomonidan o‘rganilib, o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda huquqbuzardan undirilgan jarimaning 20 foizi mukofot sifatida sizga taqdim etiladi.

Hurmatli iste‘molchilar, huquqbuzarlikka qarshi kurashib, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga, halol tadbirkorlik va yurt rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing ❗️

Тelegram | Facebook | Youtube
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilganlar 1 mln 300 ming nafardan oshdi

Mamlakatimizda, 2022-yil 16-fevral holatiga o‘zini o‘zi band qilganlar 1 324 031 nafarga yetdi.

Joriy yil 1-yanvardan 16-fevralga qadar 132 047 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, bu borada Farg‘ona (20295), Samarqand (18988), Andijon (13901), Jizzax (10647) va Toshkent viloyati (10362) yetakchilik qilmoqda.

👉Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha 50691;
👉Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha 32707;
👉Maishiy xizmatlar bo‘yicha 23641;
👉Ijtimoiy yo‘nalish bo‘yicha 15183;
👉Xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 7551;
👉Axborot-kommunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha 2274 nafar shaxs o‘zini o‘zi band qildi

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar:
🔹bepul ro‘yxatdan o‘tadi;
🔹ish beruvchiga ega bo‘lmaydi;
🔹ishchi yollamaydi;
🔹ularga mehnat staji va pensiya hisoblanadi;
🔹yilda bir marta BHMning bir baravari miqdorida ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘laydi;
🔹daromadidan soliq to‘lamaydi;
🔹yuridik shaxslardan pul o‘tkazmalarini qabul qilish uchun bankda hisobraqam ochishi mumkin;
🔹faqat ruxsat etilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.

Ular shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 👉ro‘yxati

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_imtiyozi

Onlayn nazorat-kassa texnikalarini sotib olishga soliq imtiyozlari berilgan:

🗓2023-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlariga onlayn nazorat-kassa mashinasi hamda virtual kassaga ulangan, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, lekin bitta qurilma uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan

foyda solig‘i;

aylanmadan olinadigan soliq;

yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalarini kamaytirish huquqi berilgan.

Asos: PQ-5252

Тelegram | Facebook | Youtube
#bilasizmi?

📖 Soliq kodeksining 441-moddasiga muvofiq suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi hududida suvdan birlamchi foydalanishni yoki suvni iste’mol qilishni amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardan iborat:

➡️ O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;

➡️ faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalari orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar;

➡️ suvdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar;

➡️ dehqon xo‘jaliklari.

🔹 Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faqat o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadigan suv uchun soliqni to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#JShODS

🔴 Jismoniy shaxslar o‘rtasida kvartira ijaraga berishdan olingan daromaddan qanday soliq to‘lanadi?

🔵 Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar jami daromad deb e’tirof etiladigan mulkiy daromadlar tarkibiga kiritiladi va 12% stavkada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShODS) solinadi.

Jismoniy shaxslar ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromad solig‘ini my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida, shuningdek, mobil ilovalardan foydalangan holda to‘lashi mumkin.

2022-yil 1-yanvardan daromad solig‘ini to‘lov tizimlari va mobil ilovalar orqali to‘lash uchun quyidagi kodlar tanlanadi⬇️:

▶️ mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad - 182;

▶️ jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya - 172.
_________________________________
#НДФЛ

🔴 Какой налог надо платить на доходы от аренды квартиры между физическими лицами?

🔵 Доходы от сдачи имущества в аренду включаются в состав имущественных доходов, которые относятся к совокупному доходу и облагаются налогом на доходы физических лиц (НДФЛ) по ставке 12%.

Физические лица могут оплатить налог на доходы от сдачи имущества в аренду в персональном кабинете на сайте my.soliq.uz, а также с помощью мобильных приложений.

С 1 января 2022 года для оплаты:
▶️ налога на доходы от сдачи имущества в аренду в платежных системах и мобильных приложениях следует выбрать код 182.

▶️налога на доходы физических лиц на основании декларации о совокупном годовом доходе следует выбрать код 172.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
📌 Samarqand viloyatidagi qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari haqida ma’lumot

Тelegram | Facebook | Youtube
🐣🐣🐣 Toyloq tumani 4-sektori rahbari Shuhrat Sharipov tashabbusi bilan sektor hududidagi "Temir daftar"da ro'yxatda turuvchi 5 oilaga 500 tuxum sig'imiga ega inkubatorlar subsidiya asosida taqdim etildi.

Тelegram | Facebook | Youtube