Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
2K subscribers
14.2K photos
1.3K videos
89 files
5.8K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Alovitdin Inagamov rahbarligidagi ishchi guruhi Urgut tumanidagi savdo majmualari, bozorlar va do‘konlarda profilaktik tadbirlarni amalga oshirmoqda.

❗️ Ayni jarayonda asosiy e'tibor hujjatsiz ish yuritayotganlar faoliyatini qonuniylashtirish, savdo tartib-qoidalariga rioya etilishini ta'minlash, onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanishni tartibga solish, ishchi-xodimlarni legallashtirishga qaratilmoqda.

📚 Ishchi guruhi a'zolari davlat ro‘yxatidan o‘tib faoliyat yuritish tartibi, onlayn nazorat-kassa texnikalaridan to‘g‘ri foydalanish, xarid chekini o‘z vaqtida taqdim etish, xaridorlar huquqlarini poymol qilmaslik yuzasidan tushunchalar bermoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube
Savol: To‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotganlarga daromad solig‘idan imtiyoz to‘lagan puliga qarab beriladimi yoki maoshiga nisbatanmi?

Firdavs Tursunqulov

Javob:
Imtiyoz to‘langan daromad solig‘iga nisbatan qo‘llanadi. Misol tariqasida tushuntiraman:

1) Agar kontrakt to‘loviga 5 million so‘m o‘tkazilgan bo‘lsa, yillik ish haqi 20 million so‘m bo‘lsa, 5 million so‘mdan 12 foiz qaytadi.

2) Basharti kontrakt to‘lovi 20 millon so‘m bo‘lsa-yu, yillik ish haqi 15 million so‘mni tashkil qilsa, 15 million so‘mdan 12 foiz qaytadi.

Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Akobir Shamsiyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
📌 Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Bektosh Toshqulov Toyloq tumani 4-sektorida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

🔹 Jumladan, 4-sektor shtabining yangi qurilgan binosini, shuningdek, xonadonlarda o‘rnatilgan inkubatorlar va barpo etilgan issiqxonalarni ko‘zdan kechirdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
📘 Soliq kodeksining 449-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olishni va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.

❗️ Qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshirishga taalluqli qism bo‘yicha soliq to‘lovchilar bo‘lmaydi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#Самарқанд вилоятидаги вакант лавозимларга очиқ танлов эълон қилинди.

Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Самарқанд вилояти филиали бир қатор ташкилотлар билан ҳамкорликда қуйидаги вакант лавозимларга очиқ мустақил танлов эълон қилади:

🔸Самарқанд вилояти Давлат солиқ бошқармаси:
— Ургут туман давлат солиқ инспекцияси - Шахсий карточкалар ҳисобини юритиш шўъбаси бошлиғи;

— Ургут туман давлат солиқ инспекцияси - Солиқ назорати бўлими бошлиғи;

Ургут туман давлат солиқ инспекцияси - Камерал солиқ текширувлари шўъбаси Давлат бош солиқ инспектори;

— Иштихон туман давлат солиқ инспекцияси - Жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи;

— Иштихон туман давлат солиқ инспекцияси - Жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи ўринбосари;

— Иштихон туман давлат солиқ инспекцияси - Сайёр солиқ текширувлари шўъбаси бошлиғи;

Каттақўрғон туман давлат солиқ инспекцияси - Сайёр солиқ текширувлари шўъбаси Давлат бош солиқ инспектори;

— Булунғур туман давлат солиқ инспекцияси - Солиқ қарзини ундиришни ташкил қилиш бўлими Давлат бош солиқ инспектори;

— Пахтачи туман давлат солиқ инспекцияси - Сайёр солиқ текширувлари шўъбаси Давлат катта солиқ инспектори;

— Пахтачи туман давлат солиқ инспекцияси - Ҳудудларни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш секторида ишларни ташкил қилиш бўлими Давлат катта солиқ инспектори (3-секторга масъул) 0,5 ставка ;

— Пахтачи туман давлат солиқ инспекцияси - Жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи;

— Бошқарма - Солиқ аудити шўъбаси Давлат бош солиқ инспектори;

— Бошқарма - Солиқ аудити шўъбаси Давлат бош солиқ инспектори;

— Бошқарма - Сайёр солиқ текширувлари шўъбаси Давлат бош солиқ инспектори.

▶️ Танловда иштирок этиш учун номзодлар Давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ портали орқали рўйхатдан ўтишлари, вакант бўлган лавозимга сўралган ҳужжатларни электрон шаклда тақдим этишлари лозим.

❗️Ҳужжатлар 2022 йил 17 февралдан 26 февралгача (шу куни ҳам) қабул қилинади.

🔷 Ҳужжатларни электрон юбориш тартиби бўйича видеоқўлланма

🔷 Ягона идентификация тизими — id.egov.uz'дан рўйхатдан ўтиш бўйича видеоқўлланма

⭕️ Порталнинг расмий каналиhttps://t.iss.one/vacancy_argos
🍇🐥Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Bektosh Toshqulov Payariq tumanida voyish usulida uzum yetishtirish va inkubator yo‘nalishidagi ishlar bilan atroflicha tanishdi.

🔖 Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida tegishli tavsiyalarni berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hamkor

2022-yil 1-yanvardan soliq huquqbuzarliklariga qarshi kurashgan iste'molchilar mukofotlanadi

Agar siz:
👉сhek bermaslik;
👉bank kartasi orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish;
👉bank kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda mahsulotni qimmat sotish;
👉markirovkalanishi kerak bo‘lgan mahsulotni markirovkasiz sotish va shu kabi soliq huquqbuzarliklariga duch kelsangiz darhol Soliq mobil ilovasining Soliq hamkor bo‘limi orqali murojaat qoldiring.

🔎Yo‘llagan murojaatingiz soliq organlari tomonidan o‘rganilib, o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda huquqbuzardan undirilgan jarimaning 20 foizi mukofot sifatida sizga taqdim etiladi.

Hurmatli iste‘molchilar, huquqbuzarlikka qarshi kurashib, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga, halol tadbirkorlik va yurt rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing ❗️

Тelegram | Facebook | Youtube