VAQF.UZ | Расмий канал
9.26K subscribers
6.83K photos
2.14K videos
8 files
5.69K links
"ВАҚФ" ҳайрия жамоат фондининг расмий телеграм канали

Веб-сайт: www.vaqf.uz

Гуруҳимиз: t.iss.one/vaqfuzguruhi

Каналимиз: t.iss.one/vaqfuz
Download Telegram
Agar nimagadir muhtoj bo‘lsang, aslo bandasidan so‘rama, bersa "Minnat" bermasa "Illatdir". Faqat va faqat Allohdan so‘ra! Bersa "Neʼmat" bermasa "Hikmatdir".

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
@VAQFUZ | YOUTUBE | TikTok | INSTAGRAM
🌙 БУГУН 20:15 ДА ОНЛАЙН СИЙРАТ ОҚШОМИГА МАРҲАБО!

Бугун, 1 ноябрь, душанба куни соат 20:15 да файзли уламолар, зийнат қорилар ва хушовоз нашидхонлар иштирокидаги “Қалбимиз ва ҳаётимиз Сиз ила, ё Расулаллоҳ!” номли онлайн сийрат суҳбатлари тақдим этилади.

Ҳазрати Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалам сийратлари мўмин-мусулмонларнинг имон-ихлосига чинакам озуқа. Агар кишининг имони комил бўлса, Расули Акрамга бўлган муҳаббат ҳам зиёда бўлади.

Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Сизлардан бирорталарингиз мени фарзандидан, ота-онасидан ва одамларнинг барчасидан кўра, кўпроқ яхши кўрмагунча ҳақиқий мўмин бўлолмайди”, деганлар. Демак, имон комил бўлиши учун Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламни ота-онамиздан ҳам, болаларимиздан ҳам, жамики одамлардан, ҳатто ўзимиздан ҳам кўпроқ яхши кўришимиз лозим. Бунинг учун эса У зотни яхши танишимиз, ҳаётларини билишимиз, энг муҳими, суннатларини ҳаётга татбиқ этишимиз даркор. Онлайн сийрат тараннуми тадбири мана шу эзгу ишга оз бўлсада ҳисса қўшади, деган умиддамиз.

Қуйидаги ижтимоий тармоқларимиз орқали онлайн сийрат суҳбатлари, гўзал қироатлар ва ажойиб нашидаларни тўғридан-тўғри кузатинг ва бевосита иштирокчисига айланинг!

Youtube: MuslimTV
Facebook: MuslimUz

🔸Мавзу юзасидан савол ва фикр-мулоҳазаларингизни @OnlineSiyratBot орқали жўнатинг.

#СИЙРАТ
#Қалбимиз_ва_ҳаётимиз_Сиз_ила_ё_Расулаллоҳ!

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
Muslim.uz
@muslimuzportal | @vaqfuz
Qashqadaryolik muhtojlarga issiq kiyimlar ulashildi

Bugun, 2 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida, VAQF fondi viloyat filiali tomonidan vohadagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj, nogironligi bor oila vakillari hamda «MEHR» amaliyoti orqali urush o‘choqlaridan vatanimizga olib kelingan hamyurtlarimiz uchun qiymati 12 600 000 so'mlik 145 dona qishki issiq kiyim-kechaklar xayriya sifatida taqdim etildi.

Xayriyaga hissa qo'shganlardan Alloh rozi bo'lsin!

@vaqfuz
Bu alomatlarning qaysi biri sizda bor?

Ey ALi! Mo‘minning uch alomati bor:

1. Mol-dunyoga mukkasidan ketmaydi.
2. Xotinga o‘ch bo‘lmaydi.
3. Insonlar shaʼnida gapirishni yoqtirmaydi.

Aqlli insonning uchta alomati bor:

1. Oxiratni qo‘lga kiritish uchun dunyoni ishlatadi.
2. Jafoga bardosh beradi.
3. Qiyinchiliklarga sabr qiladi.

Olimning uchta alomati bor:

1. To‘g‘ri so‘z bo‘ladi.
2. Haromdan tiyiladi.
3. Kamtar bo‘ladi.

Muttaqiyning uchta alomati bor:

1. Yolg‘ondan va yomonlikdan saqlanadi.
2. Yomon do‘stdan saqlanadi.
3. Haromga yaqinlashishdan qo‘rqib, mubohdan ham saqlanadi.

Siddiqning uch alomati bor:

1. Nafl ibodatini yashiradi.
2. Sadaqani yashirincha beradi.
3. Musibatni yashiradi.

Obidning uchta alomati bor.

1. Nafsiga jahl qiladi.
2. Nafsini tergaydi.
3. Uzoq namoz o‘qiydi.

Solihning uch alomati bor:

1. Alloh uchun solih amal qiladi.
2. Dinini amal bilan isloh qiladi.
3. O‘ziga ravo ko‘rganini boshqalarga ham ravo ko‘radi.

Saʼid (baxtli va jannat ahli) kishining uch alomati bor:

1. Halol yeydi.
2. Olimlar bilan hamsuhbat bo‘ladi.
3. Besh vaqt namozini jamoat bilan (imom bilan birga) o‘qiydi.

Mo‘minning uch alomati bor:

1. Allohga itoat etadi.
2. Haromlardan uzoq turadi.
3. Yomonlik qilganga yaxshilik qiladi.

Saxiyning uch alomati bor:

1. (O‘ch olishga) qurbi yetgani holda afv etadi.
2. Zakotini beradi.
3. Sadaqa berishni yaxshi ko‘radi.

Halim insonning uch alomati bor:

1. Aloqani uzgan bilan aloqa o‘rnatadi.
2. Bermaganga beradi.
3. Zulm qilganni kechiradi.

Sabrli kishining uch alomati bor:

1. Alloh taolo toatiga,
2. Musibatiga,
3. Qazo va qadariga sabr qiladi.

Tavba qilganning uch alomati bor:

1. Haromdan saqlanadi.
2. Ilm talab qilishga intiladi.
3. Sut ko‘krakka qaytmagani kabi gunohga qaytmaydi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hazrati Ali roziyallohu anhuga nasihatlari.

Imom Shaʼroniy

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
@VAQFUZ | YOUTUBE | TikTok | INSTAGRAM
Sardobadagi yana bir masjidga yordam berildi

Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanida toshqin sabab vayron bo'lgan yana bir masjid "Alisher Navoiy" masjidi qurilishiga VAQf fondi tomonidan 16 000 000 so'm xayriya qilindi.

Eslatim o'tamiz, VAQF fondi Sardobada toshqin sabab vayron bo'lgan "YUSUF" masjidini yangidan qayta qurib bitkazdi va tez kunlarda namozxonlarga topshiriladi.

"Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni to‘kis ado etganlar, zakotni berganlar va Allohdan boshqadan qo‘rqmaganlargina obod qilurlar. Ajab emaski, ana o‘shalar hidoyat topguvchilardan bo‘lsalar" (Tavba surasi, 18-oyat).

@vaqfuz
KUN HISOBOTI: 02.11.2021

Bugun, VAQF xayriya jamoat fondi tomonidan 41 kishiga 33 300 000 so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi.

@VAQFUZ
Яхшиларнинг жойи қаерда?

Яхши инсонлар! Одамлар сизга озор берса, ранжитса куйинманг. Зеро, сизларнинг дунё сафарингиз манзили аниқ:

“Албатта, яхшилар (мўминлар жаннат) неъматлари ичрадирлар. Улар сўриларда, (атрофга) қараб ўтирурлар”.

(Мутаффифун сураси 22-23 оятлар)

@vaqfuz
ODAMLARGA XOLIS YAXSHILIK QILGANMISIZ?

“Dunyoda eng yaxshi hayot kechiruvchi kishi – yashash sharoitini yaxshilash bilan bir qatorda boshqalarning turmushini ham yaxshilash payida bo‘luvchi kishidir. Dunyoning eng lazzatli narsasi – Yoru-do‘stlarga fazl qilishdir..."

Davomi: https://vaqf.uz/uz/lists/view/503

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
@VAQFUZ | YOUTUBE | TikTok | INSTAGRAM
#qisqa_savol_javob
Madrasa va mahadda tahsil olayotgan tolibi ilmlarga yordam bermoqchiman, lekin uzoqdaman. Nima qilsam bo'ladi?

SAVOL: Men chet elda ishlayman va maoshimdan bir qismini O'zbekistondagi o'zimizning madrasa va mahadda tahsil olayotgan tolibi ilmlarga ehson qilmoqchiman. Shuni qanday amalga oshirsam bo'ladi?

JAVOB: O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Islom bilim yurtlarida (madrasa va mahadda) tahsil olayotgan talabalar uchun VAQF fondi tomonidan maxsus "ILMGA KO'MAK" aksiyasi joriy etilgan. Mazkur aksiya orqali xayriyalaringiz madrasa va mahad talabalariga shartnoma pullarini to'lab berish uchun yetkaziladi. Xorijdan turib bank hisob raqamlariga xayriya qilishingiz mumkin!

"ILMGA KO'MAK" va boshqa aksiyalar haqida batafsil quyidagi link orqali tanishing: https://vaqf.uz/uz/promote/index

XORIJDAN VALYUTADA XAYRIYA QILISH: https://vaqf.uz/uz/pages/view/Bankdetails

O'ZBEKISTONNING XOHLAGAN BURCHAGIDAN HOZIROQ XAYRIYA QILISH UCHUN USTIGA BOSING: PAYME | CLICK

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
@VAQFUZ | YOUTUBE | TikTok | INSTAGRAM
Forwarded from Hanafiy.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz nima uchun ularni yahshi ko‘ramiz?

“Shayx Zayniddin” jome masjidi imom xatibi
Ustoz Yahyo Ubaydulloh oʻgʻli

Youtube каналимизга аъзо бўлинг ва бошқа видеоларни ҳам кўринг

Ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимиз:
Youtube I Facebook I Telegram I Instagram |
Каналга уланиш учун линкни устига босинг!👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEFGME48BlLkN04_rQ
#Онлайн: «Йил имоми – 2021» бошланди

Бугун, 4 ноябрь
куни Ўзбекистон мусулмонлари идораси тасарруфидаги масжидларда фаолият юритаётган имом-хатиблар ўртасида ўтказилаётган 🕌 “Йил имоми – 2021” кўрик танловининг республика босқичи бошланди.

Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳридаги ҳудудий босқичларда ғолибликни қўлга киритган имом-хатиблар республика босқичида беллашадилар.

Кўрик танлов жараёни ва якунлари ҳақидаги хабарларни сайтимиз ва ижтимоий тармоқларда кузатинг.


Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
Muslim.uz
@muslimuzportal | @vaqfuz
#online
"YIL IMOMI" tanlovining so'ngi sharti boshlandi

Ayni damda "Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" majmuasida "YIL IMOMI - 2021" tanlovi respublika final bosqichi davom etmoqda.

Ishtirokchilar so'ngi shart bo'yicha o'z bilim va mahoratlarini namoyish etmoqda.

Eslatib o'tamiz mazkur tanlov g'oliblari uchun VAQF fondi tomonidan pul va qimmatbaho sovg'alar taqdim etiladi.

@vaqfuz
“ЙИЛ ИМОМИ – 2021” ТАНЛОВИ НАТИЖАЛАРИ: ТОШКЕНТ ВИЛОЯТИ ҒОЛИБ

Бугун, 4 ноябрь куни Ўзбекистон мусулмонлари идораси тасарруфидаги масжидларда фаолият юритаётган имом-хатиблар ўртасида “Йил имоми – 2021” кўрик танловининг республика босқичи ўтказилди. Унда Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳридаги ҳудудий босқичларда ғолибликни қўлга киритган имом-хатиблар республика босқичида беллашди.

Натижалар кўра қуйидаги имом-хатиблар танлов ғолиблари деб топилди:

1-ўрин – Тошкент вилояти Пискент тумани “Собирхон ота” жоме масжиди имом-хатиби Суннатилла домла Эрназаров

2-ўрин – Жиззах вилояти Жиззах шаҳри “Раваллиқ” жоме масжиди имом-хатиби Бекмуҳаммад домла Алибоев,

3-ўрин – Фарғона вилояти Марғилон шаҳри “Худоёр ҳожи” жоме масжиди имом-хатиби Турсунов Икромжон Хуснитдинович.

Ғолибларга ВАҚФ фонди томонидан пул мукофотлари ва қимматбаҳо совғалар топширилди.

@VAQFUZ