VAQF.UZ | Расмий канал
9.43K subscribers
6.83K photos
2.15K videos
8 files
5.7K links
"ВАҚФ" ҳайрия жамоат фондининг расмий телеграм канали

Веб-сайт: www.vaqf.uz

Гуруҳимиз: t.iss.one/vaqfuzguruhi

Каналимиз: t.iss.one/vaqfuz
Download Telegram
XUSHXABAR: VAQF XAYRIYA FONDI 2021-YILNING "ENG SHAFFOF NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTI" DEB TOPILDI

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi va O‘zNNTMA tomonidan amalga oshirilgan baholash natijasiga ko‘ra yuzdan ortiq NNTlar orasida, 2021-yil bo‘yicha "ENG SHAFFOF NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTI" sifatida VAQF xayriya jamoat fondi eʼtirof etildi.

Baholash natijalari bilan to‘liq quyida tanishing👉 https://ngo.uz/uz/2021-yil-buyicha-nodavlat-notizhorat-tashkilotlari-urtasida-ochiklik-indeksi-elon-kilindi

Biz bilan YAXSHILIK VA TAQVO YO‘LIDA HAMKORLIK qilgan barchani Yaratgan mukofotlasin!

@VAQFUZ
Sirdaryolik muhtojlarga isitish vositalari xayriya qilindi

Vaqf fondi Sirdaryo viloyati filiali tomonidan, 31-yanvar kuni viloyatdagi 10 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 10 dona elektr pechi xayriya qilindi.

Shuningdek, 15 ta xonadonning gaz to‘lovi uchun 4 500 000 so‘m va 5 ta xonadonga elektr uchun 1 500 000 so‘m miqdorida yordam tariqasida to‘lab berildi.

@vaqfuz
Ражаб ойи муборак бўлсин!

“Ражаб” сўзи қандай маънони англатади?
– “Ражаб” сўзи “улуғлаш”, “ҳурматлаш” маъноларини англатади.

Ражаб ойи қандай ой?
– Ражаб ойи – Аллоҳ таоло уруш қилишни ҳаром қилган (Зулқаъда, Зулҳижжа, Муҳаррам, Ражаб) ойлардан биридир.

Ражаб ойида қандай тарихий воқеалар юз берган?
– Ер юзини сув босган тўфонда Нуҳ алайҳиссалом кемага ражаб ойининг биринчи куни минганлар;
– Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга илк ваҳий ражаб ойида нозил бўлган;
– Машҳур қавлга кўра, Исро ва Меърож воқеаси ражаб ойида содир бўлган.

@VAQFUZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Жиззахда оғир шароитли оилаларга 2 тонна кўмир ва печлар хайрия қилинди, электр ва газ тўловлари учун моддий кўмак берилди

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
@VAQFUZ | YOUTUBE | TikTok | INSTAGRAM
Bir kishi payg‘ambar alayhissalom huzuriga kelib so‘radi:

- Ey Allohning elchisi! Qaysi sadaqaning ajri ulug‘?

- O‘zing sog‘lom, moling ketishiga qizg‘anib - kambag‘allikdan qo‘rqib, boy bo‘lishni umid qilib turganingda qilgan sadaqang ulug‘dir, - dedilar Rosululloh alayhissalom. - Vaqtni cho‘zmaginki, jon halqumga kelganda "falonchiga buncha, pistonchiga muncha" deb qolasan, holbuki mol o‘zi falonchiniki bo‘lib bo‘ldi.

(Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyati)

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
@VAQFUZ | YOUTUBE | TikTok | INSTAGRAM
“Vaqf” fondi sovuq kunlarda muhtoj oilalarning xonadonlari isishiga hissa qo‘shmoqda!

31 yanvar - 1 fevral kunlari Vaqf fondi Toshkent shahar filiali tomonidan, boquvchisi yo‘q, nogironligi bo‘lgan va boshqa og‘ir ahvoldagi 20 ta oilalarning har biriga elektr energiyasi va gaz taʼminoti uchun 500 ming so‘mdan moddiy yordamlar berildi.

Hamshaharlarimiz tadbir tashkilotchilari va homiylarimiz xaqlariga duo-xayrlar qilishdi.

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisga muvofiq «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kim bir mo‘minni dunyo g‘amlarining biridan xalos etsa, Alloh taolo uni qiyomat g‘amlarining biridan xalos qiladi. ...» (Imom Buxoriy rivoyati).

@vaqfuz
#хайрли_тонг

Эрталаб айтиладиган зикр:

أَصْبَحْنَا وَأَصْبَحَ الْمُلْكُ لِلِّهِ رَبِّ العَالَمِينَ، اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ خَيْرَ هَذَا الْيَوْمِ : فَتْحَهُ، وَنَصْرَهُ، وَنُورَهُ، وَبَرَكَتَهُ، وَهُدَاهُ، وأَعُوْذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا فِيهِ، وَشرِّ مَا بَعْدَهُ

Биз ва бутун мулк оламлар парвардигори Аллоҳники бўлиб тонг оттирдик. Эй Аллоҳ! Мен Сендан шу куннинг яхшилигини – фатҳини, ғалабасини, нурини, баракасини ва ҳидоятини тилайман. Сендан ундаги ва ундан кейинги ёмонликдан паноҳ беришингни сўрайман (Абу Довуд ривояти).

•┈┈┈•☪️•┈┈┈•

Телеграм каналимиз: @vaqfuz
Buxoroda nochor oilalar uchun ko'mir, issiq pol va pechlar xayriya qilindi

Vaqf fondi Buxoro viloyati filiali tomonidan, moddiy ko'makka muhtoj, nogironligi bor 8 ta oilaga, uylarini isitish uchun pech, tayyor issiq pol va 4,5 tonna ko'mir xayriya qilindi.

@vaqfuz