“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ | RASMIY KANAL
1.54K subscribers
3.36K photos
819 videos
7 files
1.91K links
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJning rasmiy telegram kanali.

Murojaatlar uchun:
Bot: https://t.iss.one/Toshkentsuvtaminoti_bot
Guruh: https://t.iss.one/uzsuv_chat
Call-center: 12-55
Jamiyatning Call-center 71 202-14-14; 95 063-12-55; 95 142-04-86; 95 479-89-69
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

Telegram messenjeri orqali: "Olmaliq shahri "Dilkash" yon tarafida suv isrof bo'lib yotibdi..." mazmundagi murojaatga rasmiy munosabat

Ushbu holat yuzasidan 29-aprel kuni "Toshkent suv taʼminoti" MChJ Olmaliq shahar boʻlimi dispecheriga murojaat arizasi qoldirilgan va tegishli xodimlar zudlik bilan holatni oʻrganish va muammoni bartaraf etish uchun holat yuz bergan joyga borishgan.

Aniqlanishicha markaziy suv quvurida yuzaga kelgan nosozlik sababli suv toshishi kuzatilgan.

Keng koʻlamdagi nosozlik sabab bartaraf etish ishlari 4-mayda yakunlangan va aholiga ichimlik suvi yetkazib berilmoqda.

Shunga qaramay ushbu murojaat telegram messenjeridagi guruhga takroran joylangan.

Yurtdoshlarimizdan shunga oʻxshash holatlarni bartaraf etishda qilayotgan murojaatlaridan mamnunligimizni bildiramiz va keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻrab qolamiz.



https://t.iss.one/uzsuvtoshkentviloyati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

📱Telegram ijtimoiy tarmogʻi “Yoshlar kundaligi” kanalida quyidagi mazmunda murojaat kelib tushgan:

“Пискент тумани «Минат» МФЙдаги вазият.Маълум бўлишича, бу ерда водопровод бўлган, аммо ремонт баҳонасида аҳоли сувсиз қолдирилган, устига устак нотўғри лойиҳалаштириш туфайли маблағ исроф бўлган. Жабрланувчи эса яна аҳоли...Нега шундай? Нега сувга мўл-кўл ҳудудда бунақа сунъий муаммо юзага келтирилган? ”
(matn aslicha keltirildi https://t.iss.one/yoshlar_kundaligi_chat/87471)

❗️Murojaat yuzasidan oʻrganilganda Piskent tumanida “Minat” MYF mavjud emasligi aniqlandi.

Tumanda “Mitan” MFY mavjud boʻlib, mazkur hududda ichimlik suv bilan bogʻliq muammo mavjud emas.

💁🏻‍♂️E`tiborli jihati ushbu murojaatni tarqatgan manbaa "kommentariyalari" da munosabat umuman boshqacha...

Batafsil videolavhada👆🏻

📲 Murojaatlar uchun:
Guruh: https://t.iss.one/uzsuv_chat
Call-center: 12-55
"Toshkent suv ta'minoti" Call-center 71 202-14-14
Bizni kuzating:👇🏻

telegram|instagram|facebook|youtube |website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

🎥22.06.2022 soat 21:00 da “Milliy” telekanali “Millar” dasturi orqali Toshkent viloyati Boʻka tumani, “Qorasedoy” MFYda ichimlik suvi muammosi borligi haqida lavha tayyorlangan.

❗️Ushbu murojaatga “Toshkent suv ta’minoti” MChJ Boʻka tumani bo’limi bosh muhandisi tomonidan berilgan munosabat yuqoridagi lavhada aks etgan.

📶Murojaatlar uchun:
📲Guruh: https://t.iss.one/uzsuv_chat
☎️"Toshkent suv ta'minoti" Call-center 71 202-14-14

Bizni kuzating:👇🏻

telegram|instagram|facebook|youtube |website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

📺 Joriy yilning 29-iyun kuni Milliy telekanali “Millar” dasturi orqali Bo’stonliq tumani “Boymirzayev” MFY hududidagi ichimlik suvi muammosiga bag’ishlangan lavha efirga uzatildi.

👆🏻Ushbu murojaat yuzasidan yuqorida videolavha orqali rasmiy munosabat bildirilmoqda.

❗️Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, ushbu hudud 2021-yil 20-maydagi O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “TOSHKENT VILOYATIDA TADBIRKORLIKNI YANADA QO‘LLAB-QUVVATLASH VA MUHANDISLIK-KOMMUNIKATSIYA TARMOQLARINI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA ” gi qarori asosida olti milliard yuz million so’m evaziga loyihalashtirilgan bo’lib, shundan bir milliard ikki yuz oltmish olti million olti yuz sakson ming soʻm moliyalashtirilgan va bunda “Millar” dasturining mutlaqo aloqasi yoʻq, yani hududni ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari allaqachon boshlanib, davom etayotgan bir paytda Prezident qarori bilan tanishmasdan turib bir yoqlama lavha tayyorlangan.

telegram|instagram|facebook|youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Bugun 5.07.2022-yil Daryo.uz sayti orqali ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq daryosiga kanalizatsiya quvuridan oqova suv chiqayotganligi aks etgan video tarqalganligi haqida xabar tarqaldi.

"Toshkent suv taʼminoti" MChJ Boʻstonliq tuman boʻlimi va mutasaddilar zudlik bilan joyiga chiqib oʻrganilganda ushbu quvur kanalizatsiya quvuri emasligi, sugʻorishdan ortib qolgan ariq suvlari chiqarilayotganligi aniqlandi.

Shu oʻrinda aholidan, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar orqali turli axborot tarqatayotgan adminlardan oʻrganilmagan yoki yolgʻon xabar tarqatmasliklarini soʻrab qolardik..

https://t.iss.one/uzsuvtoshkentviloyati
#rasmiy_munosabat

➡️Facebook ijtimoiy tarmogʻi orqali Yangiyoʻl tumanida- “Shodlik” va “Saxovat” MFY larida sogʻliqqa xavf soluvchi holatlar mavjud,- deya ichimlik suvining sifati talab darajasida emasligi aytilgan murojaat tarqaldi.

🔷Holat yuzasidan “Toshkent suv ta'minoti” MChJ bosh muhandisi R.Hokimboyev va Yangiyoʻl tuman boʻlimi mas’ullari murojaat yuzasidan hududga tashrif buyurishdi va holatni oʻrganishib quyidagilarni ma’lum qiladi:

❗️Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi tomonidan ichimlik suvi tahlil uchun namuna olinganda yomon chiqqanligi aytilgan-u xulosa ilova qilinmagan. Shuningdek oʻzi yashash xonadoni yertoʻlasidagi oqova suv quvurlaridagi nosozlik aks etgan suratlar ilova qilinib “fakt” sifatida koʻrsatilgan, vaholanki 2014-yil 15-iyuldagi Vazirlar mahkamasining 194-sonli qaroriga asosan ushbu holat uchun shirkat tashkilotlari javobgar hisoblanishadi.

Mas’ullar oqova suv quvuridagi ushbu nosozlikni keltirib chiqargan ehtimol bilan barcha oqova suv quduqlarini nazoratga olishdi, jumladan hududdagi “Samarqand” koʻchasida asfalt qoplamasi ostida qolgan ikki nazorat qudugʻidagi oqova suv tarmoqlari ham tozalandi.

“Shodlik” MFY dagi tahlil uchun olingan ichimlik suv namunasi
31-may 2022-yil holatida ichishga yaroqliligi xulosalangan, shuningdek bugun ushbu hududdagi xonadonlardan ichimlik suvi namunasi tekshirish uchun olindi.

❗️Shu o'rinda iste'molchilardan oqova suvdan foydalanish madaniyatiga rioya qilishlarini so'rab qolardik.

https://t.iss.one/uzsuvtoshkentviloyati
#rasmiy_munosabat

📲Facebook ijtimoiy tarmogʻida Chirchiq shahri "Sugʻdiyona" koʻchasidagi aholi vakilidan ichimlik suvi loyqaligidan shikoyat mazmunida tarqalgan murojaat yuzasidan #munosabat

🔷“Toshkent suv ta’minoti” MChJ Chirchiq shahar boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-51-18-sonli qarori asosida joriy yilning 2-avgustida Chirchiq shahridagi “Yulduz”, “Turon”, “Hayot guli” va “Ahmad Yassaviy” MFYlarida ichimlik suv quvurlarini rekonstruksiya qilish va zulfinlarni almashtirilishi maqsadida 27 ta MFY da ichimlik suv ta’minoti vaqtincha toʻxtatilishi haqida e’lon berilgan.

🏗Rekonstruksiya natijasida ichimlik suvi quvurida yigʻilgan loyqa quvurlar orqali chiqqan va iste’molchida norozilik paydo boʻlgan. Bir necha daqiqa davomida suv oqizilgach quvurdagi loyqalar oqib, odatdagi kabi shaffof suv oqa boshlagan.

❗️Mas'ullar tomonidan murojaat tushgan hudud va xonadondan ichimlik suvini tekshirish maqsadida namunalar olinib iste’molchiga tushuntirish ishlari olib borildi.
#rasmiy_munosabat

📰"Yoshlar ovozi" gazetasining 2022-yil 10-dekabrdagi 90-sonida Yangiyoʻl tumani "Qora tepa" MFYda ichimlik suvi taʼminotidagi muammolar yoritilgan.

📌Haqiqatda hududda ichimlik suv muammosi mavjud boʻlib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-408-sonli qaroriga muvofiq 2.5 km suv tarmoqlari yotqizilishi rejalashtirilgan.


Murojaatlaringizni quyidagi bot manziliga yo'llashingiz mumkin:

👉🏻 BOT
#Rasmiy_munosabat

📲Telegramm ijtimoiy tarmogʻi orqali Yangiyoʻl tumani hokimiyati orqa tomoni, tuman FHDYo binosiga kiraverish oldidagi kuzatuv qudugʻi qopqogʻi oʻrnida temir boʻlagi yotqizib ketilganligi haqidagi xabar tarqaldi.

Holat yuzasidan joyiga chiqib oʻrganildi va standart qopqoq oʻrnatildi.

Murojaatlaringizni quyidagi bot manziliga yo'llashingiz mumkin:

👉🏻 BOT
rasmiy munosabt
"Toshkent suv ta'minoti"
#Rasmiy_munosabat

📲Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali “Toshkent tumanida tashiladigan suv narxi oshirildi” sarlavhasi ostida e’lon qilingan xabarga munosabat

❗️Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarori 118-bandiga asosan: “Mahalliy davlat hokimiyati organlari lokal suv ta’minoti manbalaridan foydalangan holda, yetkazib berilayotgan suv sifatini me’yoriy hujjatlarda qayd qilingan darajaga yetkazib ta’minlash yuzasidan qat’iy chora-tadbirlar ko‘rishlari shart.

🔷Bunda mahalliy davlat hokimiyati organlari:

🔹ichimlik suvni lokal suv ta’minoti tizimlaridan maxsus avtotransport bilan yetkazib berish tartibini, aniq muddatlarini, miqdorini, punktlarini belgilash (tasdiqlash);

🔹har bir punktga maxsus avtotransport yordamida ichimlik suvni yetkazib beruvchi mas’ul tashkilotni belgilash;

🔹narxlarni tartibga solish organlari bilan kelishgan holda lokal suv ta’minoti tizimlaridan va avtotransport vositasida yetkazib berilgan ichimlik suv uchun narxlarni belgilashga majbur.

Davomi👇🏻
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

📲Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali tarqalgan "Yo‘llar yomonligidan "Tez yordam" yetib kelolmadi, yaqinda bir mahalladoshimizning bemor farzandi vafot etdi..." sarlavhali murojaat yuzasidan rasmiy munosabat

Murojaatlaringizni quyidagi bot manziliga yo'llashingiz mumkin:

👉🏻 BOT
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

🖥2023-yilning 24-yanvarida  “Milliy” telekanali “Millar” dasturida Yuqori Chirchiq  tumani “Qursoy” MFY dagi ichimlik suvi muammosi tanqid ostiga olingan. 

📌Holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

👉🏻Buyurtmachi tashkilot: “Suv taʼminoti va oqova obʼektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” UK Toshkent hududiy boshqarmasi

👉🏻Bosh pudratchi: “Sayin suv inshootlari” MChJ yordamchi pudratchi “Maksimum story elit” MChJ

❗️Qurilish ishlari 2021-yilda “Obod qishloq dasturi” asosida boshlangan boʻlib 99% ishlar bajarilgan, ammo “Toshkent suv ta’minoti” tasarrufiga oʻtkazilmagan.

Batafsil ma’lumot videolavhada☝🏻

Murojaatlaringizni quyidagi bot manziliga yo'llashingiz mumkin:

👉🏻 BOT
Forwarded from Suv ne'mati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 594-F-sonli farmoyishiga asosan Boʻstonliq tuman “Sijjak” MFY ichimlik suvi tizimlarini yaxshilash maqsadida hududda “Oʻzbekkomunalloyihaqurilish” DUK buyurtmasi asosida “Oqtoshloyiha” xususiy korxonasi tomonidan loyihalash ishlari amalga oshirilgan. “Toshkent suv taʼminoti” MChJ bosh pudrat tashkiloti, "WELL STORY BUILDING" MChJ subpudrat tashkiloti etib belgilangan.

Hudud iqlimi va gidravlik bosim inobatga olinmagan holda loyihaga asosan 7,5 km polietilen tarmoq tortish ishlari boshlangan va yakuniga yetmasdan toʻxtatilib quvurlarni temir quvurga almashtirish ishlari boshlangan. Mazkur jarayon ham yakuniga yetmasdan toʻxtatilgan.

👇🏻davomi...
Forwarded from Suv ne'mati
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Bo’stonliq tuman suv ta’minoti korxonasi rahbarining noma’lum sababga koʻra ishdan olindi” mazmunidagi murojaatga rasmiy munosabat.

“Toshkent suv ta’minoti” MChJ Boʻstonliq tuman filialida rahbarlik lavozimida faoliyat yuritib kelgan Rashidov Mirshoxid joriy yilning 15-fevralida jamiyat kadrlar boʻlimiga kelib oilaviy sharoiti tufayli bajarib turgan lavozimidan ozod qilishlarini soʻrab murojaat qilgan. Kadrlar boʻlimi rahbari F. Nuriddinova esa jamiyat rahbariyati bilan maslahatlashib qaror qabul qilishni so`raganida M.Rashidov taklifni rad etib oʻz xohishiga ko`ra ishdan bo’shash toʻgʻrisida ariza yozgan.

Mazkur arizaga asosan hamda Mehnat kodeksining 99-moddasi 2-qismiga muvofiq Rashidov Mirshoxid Rishod oʻgʻli bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning oʻz tashabbusiga ko’ra bekor qilingan.

Murojaatlaringizni quyidagi bot manziliga yo'llashingiz mumkin:

👉🏻 BOT
#Rasmiy_munosabat

🤳🏻Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan Chirchiq shahar “Gʻalaba” MFY 12-, 14- va 18-domlarni 4-qavatida qariyb 10 kundan beri suv chiqmayotgani haqidagi murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

🏗Murojaatga binoan Chirchiq shahar suv ta’minoti xodimlari tomonidan hududdagi diametri-300 mm bo’lgan ichimlik suv quvuridagi nosozlik bartaraf etildi va suv ta’minoti tiklab berildi.

📲Murojaatlaringizni quyidagi bot manziliga yo'llashingiz mumkin:

👉🏻
BOT
#Rasmiy_munosabat

🤳Ijtimoiy tarmoqlarda Boʻstonliq tumani "Xondoyliq" MFYda markaziy ichimlik suv quvurida yuzaga kelgan nosozlik haqidagi murojaat yuzasidan “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ Bo'stonliq tuman filiali xodimlari tomonidan holat zudlik bilan oʻrganildi.

🙆🏻‍♂️“Birlik” MFY Xondoyliq koʻchasida joylashgan nazorat qudugʻidagi Vantuz (vodoprovod, isitish quvurlarida yigʻilib qolgan havo chiqarib yuboriladigan klapan)da nosozlik aniqlangani ma’lum boʻldi.

Mazkur ehtiyot qism yaroqsiz holatga kelganligi sababli yangisiga almashtirildi.

❗️Shu oʻrinda nosozlik haqida xabar bergan befarq boʻlmagan fuqarolarga jamiyat tomonidan minnatdorchilik bildiriladi.

📲Murojaatlaringizni quyidagi bot manziliga yo'llashingiz mumkin:

👉🏻
BOT
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Bo‘stonliq suv ta'monoti xodimlarining oylik maoshlari kechikayotganidan shikoyat mazmunida tarqalgan murojaati yuzasidan rasmiy munosabat.

Holatga Bo‘stonliq suv ta'minoti filiali rahbari tomonidan munosabat bildirilmoqda.

📲Murojaatlaringizni quyidagi bot manziliga yo'llashingiz mumkin:

👉🏻
BOT