“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ | RASMIY KANAL
1.54K subscribers
3.36K photos
816 videos
7 files
1.9K links
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJning rasmiy telegram kanali.

Murojaatlar uchun:
Bot: https://t.iss.one/Toshkentsuvtaminoti_bot
Guruh: https://t.iss.one/uzsuv_chat
Call-center: 12-55
Jamiyatning Call-center 71 202-14-14; 95 063-12-55; 95 142-04-86; 95 479-89-69
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

➡️Facebook ijtimoiy tarmogʻi orqali Yangiyoʻl tumanida- “Shodlik” va “Saxovat” MFY larida sogʻliqqa xavf soluvchi holatlar mavjud,- deya ichimlik suvining sifati talab darajasida emasligi aytilgan murojaat tarqaldi.

🔷Holat yuzasidan “Toshkent suv ta'minoti” MChJ bosh muhandisi R.Hokimboyev va Yangiyoʻl tuman boʻlimi mas’ullari murojaat yuzasidan hududga tashrif buyurishdi va holatni oʻrganishib quyidagilarni ma’lum qiladi:

❗️Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi tomonidan ichimlik suvi tahlil uchun namuna olinganda yomon chiqqanligi aytilgan-u xulosa ilova qilinmagan. Shuningdek oʻzi yashash xonadoni yertoʻlasidagi oqova suv quvurlaridagi nosozlik aks etgan suratlar ilova qilinib “fakt” sifatida koʻrsatilgan, vaholanki 2014-yil 15-iyuldagi Vazirlar mahkamasining 194-sonli qaroriga asosan ushbu holat uchun shirkat tashkilotlari javobgar hisoblanishadi.

Mas’ullar oqova suv quvuridagi ushbu nosozlikni keltirib chiqargan ehtimol bilan barcha oqova suv quduqlarini nazoratga olishdi, jumladan hududdagi “Samarqand” koʻchasida asfalt qoplamasi ostida qolgan ikki nazorat qudugʻidagi oqova suv tarmoqlari ham tozalandi.

“Shodlik” MFY dagi tahlil uchun olingan ichimlik suv namunasi
31-may 2022-yil holatida ichishga yaroqliligi xulosalangan, shuningdek bugun ushbu hududdagi xonadonlardan ichimlik suvi namunasi tekshirish uchun olindi.

❗️Shu o'rinda iste'molchilardan oqova suvdan foydalanish madaniyatiga rioya qilishlarini so'rab qolardik.

https://t.iss.one/uzsuvtoshkentviloyati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

🔷Ayni damda Toshkent viloyati Qibray tumani “Umid gulshani” sanatoriyasida Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayevning ommaviy sayyor qabul jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

Tadbirda viloyatdagi barcha tashkilotlar qatorida "Toshkent suv taʼminoti" MChJ xodimlari ham ishtirok etmoqda.

📝Ayni damga qadar hudud aholisidan ichimlik suvi va oqova suv xizmatlariga oid 10 dan ortiq murojaat qabul qilinib, shundan 4 tasi joyida hal etildi, 3ta murojaat davlat dasturiga kiritilib, qolganlari yuzasidan huquqiy tushuntirish berilmoqda.

🌀Sayyor qabul jarayonlari davom etmoqda.

telegram|instagram|facebook|youtube
💧 "Toshkent suv taʼminoti" MChJ Zangiota tuman bo'limi

📞 Telefonlar: +99895 340-40-11
🏢 Manzil: Zangiota tumani "Furqat" ko'chasi Eski baza binosi
--------------------
💧 ООО "Тошкент сув таъминоти" район Зангиата

📞 Телефоны: 99895340-40-11
🏢 Адрес: Район , улица Фуркат База

telegram|instagram|facebook|youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📑Chinoz tumani "Chinmachit" MFY dagi 3ta suv inshootini "Toshkent suv taʼminoti" MChJ Chinoz tuman boʻlimi tasarrufiga oʻtkazish boʻyicha Chinoz tuman hokimining 2018-yil 24-apreldagi 833-sonli qarori qabul qilingan.

Ushbu qaror ijrosi yuzasidan "Toshkent suv taʼminoti" MChJ masʼullari va Chinoz tuman boʻlimi xodimlari hudud aholisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtmoqda.

📈Bugungi kunda Chinoz tumani "Chinmachit" MFYda 552ta xonadon, 816ta oila, 3144 aholi istiqomat qiladi. Shundan 400 ta xonadon mahalladagi 80-yillarda qurilgan 2ta suv qudugʻidan ichimlik suvi isteʼmol qiladi.

🔷Ushbu qaror ijrosi taʼminlansa:

🔹1.Hududdagi 500ga yaqin xonadon muntazam sifatli toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi;

🔹2.Isteʼmol qilinayotgan suvning sifati doimiy tuman DSENM bilan hamkorlikda nazorat qilinadi;

🔹3. Aholi soni ortishi inobatga olinib davlat dasturi asosida aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, oqova suv xizmatlarini koʻrsatish uchun qoʻshimcha chora-tadbir ishlab chiqiladi.
🔷Kunlik dayjest 20.07.2022

🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.Gulyamov, "O‘zsuvta’minot" AJ boshqaruvi raisi S.Saifnazarov "Qodiriya" suv tozalash inshootida bo‘lib, mazkur obyektni rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdilar.

🔹Yuqori Chirchiq tumanida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari B.Meliyev va "Toshkent suv ta'minoti" bosh muhandisi R.Hokimboyevlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5118-son qarori hamda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" davlat dasturlari doirasida amalga oshirilgan ishlarni nazorat qilishdi, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

🔹Chinoz tumanida "Chinmachit" MFY dagi 3ta suv inshootini "Toshkent suv taʼminoti" MChJ Chinoz tuman boʻlimi tasarrufiga oʻtkazish boʻyicha Chinoz tuman hokimining 2018-yil 24-apreldagi 833-sonli qarori ijrosi yuzasidan "Toshkent suv taʼminoti" MChJ masʼullari va Chinoz tuman boʻlimi xodimlari hudud aholisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

https://t.iss.one/uzsuvtoshkentviloyati
#Диққат #Ижтимоий_сўровнома

⚡️Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги ишга қабул қилишнинг очиқ танлов тизимини янада такомиллаштириш мақсадида ижтимоий сўровнома эълон қилади
!

Ҳурматли танлов иштирокчилари ҳамда давлат хизматчилари!

Сўровнома аноним хусусиятга эга бўлиб, унда шахсингизни кўрсатишингиз шарт эмас. Барча саволларни диққат билан ўқиб, ўзингизга мос жавобни белгиласангиз бўлди.

Эслатиб ўтамиз, мазкур сўровномада танлов иштирокчилари, танлов ғолиблари ҳамда давлат органлари ва ташкилотларида фаолият юритаётган ходимлар иштирок этиши мумкин!

Ҳамкорлигингиз учун миннатдормиз!

👉 Иштирок этиш

Агентлик Ахборот хизмати
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |Murojaat
💧 "Toshkent suv taʼminoti" MCHJ Piskent tuman bo'limi

📞 Telefonlar: +998 70 545-13-93
🏢 Manzil: Piskent shaHar A.Temur ko'chasi 119-uy.
--------------------
💧 ООО "Тошкент сув таъминоти"
город Пискент
📞 Телефоны: 99870 545-13-93
🏢 Адрес: Город Пискент, улица А.Темур дом-119

telegram|instagram|facebook|youtube
Forwarded from O‘zsuvta'minot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu kunlarda aholi orasida ichimlik suvi quvurlari va jo‘mraklar orqali vabo kasalligi tarqalishi mumkinligi to‘g‘risida mish-mishlar mutlaqo assosiz.

❗️Fuqarolardan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmasliklarini va jo‘mraklardan suv ichmaslik to‘g‘risidagi chaqiriqlarga quloq solmasliklarini so‘rab qolamiz.

💧
Ichimlik suvi sifati respublikamizdagi 79 ta laboratoriya tomonidan kunu tun har tomonlama nazorat qilinib, suv tarmoqlari yoki jo‘mraklar orqali biron-bir kasallik tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

🚰Ular tomonidan har oyda turli tahlilar uchun o‘rtacha 17 200 ta namuna olinadi.

🧪Ichimlik suvini aholiga yetkazib berishdan oldin suv suyuq xlor, natriy gipoxlorit, kalsiy gipoxlorit kabi xlorli reagentlar bilan zararsizlantiriladi.

Batafsil “O‘zsuvtaʼminot” AJ Axborot xizmati rahbari Akmal Murodovning rasmiy bayonotida👆

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | YouTube | Chat
#seminar

🔵Ayni damda Nurafshon shahri Yoshlar markazida "Oʻzsuvtaʼminot" AJ mutasaddilari  Sh.Sarmanov  hamda O.Sobirovlar ishtirokida "Toshkent suv taʼminoti" MChJ markaziy isteʼmolchi xizmatlari boʻlimi shahar va tuman xodimlari uchun yangi qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar boʻyicha oʻquv seminar boʻlib oʻtmoqda.

https://t.iss.one/uzsuvtoshkentviloyati