1.12K subscribers
1.98K photos
730 videos
4 files
1.93K links
O‘zbekiston Milliy media birlashmasi telegram kanali

Instagram: instagram.com/uzmilliymedia
Facebook: facebook.com/uzmilliymedia
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avvalo SO'Z yaraldi. Odamzod nutq ne’mati ila barcha mavjudotlardan ustun bo’ldi.

Bugun ko‘zlarga SO'Z,
SO'Zlarga ko‘z zarur.

Axborot quyunida chin SO'Zni odobi bilan aytish, jo‘yali aytish, bu - jamiyat halovati yo‘lidagi donolikdir.

Biz SO'Z aytmoqqa shaylandik. Aytar SO'Zimiz tinchlik kabutarining oq va qayrilmas qanotiga aylansin!

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube
#LIVE

Bugun, 27 - oktyabr kuni «SO‘Z» xalqaro forumi doirasida Toshkent shahridagi «International hotel» mehmonxonasida O’zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Xalqaro Press-klub hamda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi hamkorligida «Ма’no va mazmun» ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tmoqda.

Unda Yaponiya, Koreya, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Tojikiston, Qirg’iziston, Isroil davlatlaridan 10 dan ortiq xalqaro ekspertlar, yurtimiz media olamining zabardast vakillari, O’zMMAga a'zo tele va radiokanallar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Muhammadjon Obidov:

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi bilan birga o‘tayotgan forumda birinchi bor "So‘z"ning o‘rni haqida xalqaro miqyosda fikr almashish imkoniga ega bo‘ldik. So‘z inson yashashi uchun havodek muhim. Shri Lanka Maldiv o‘rtasidagi orolga bordim. Hali ham ibtidoiy yashayotgan odamlar bn bir hafta yashadim. Ular tovushlar orqali gaplashishar ekan. Shunda bildimki, so‘zning ahamiyatini. Konfutsiyni qo‘lyozmalarini bugungi xitoy o‘qiy oladi. So‘zga, umuman tilga e'tiborni qarangki, ular 2100 yil oldin yozilgan Xitoy imperatorning xatini hozirgi xitoyliklar o‘qiydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi so‘zga bepisandlik, mas'uliyatsizlik holatlarini uchratamiz. Biz avlodlarga tilimizni sof yetkazishimiz kerak.

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube
O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov:

- So‘z bu dunyoning asosi. Bundan ming yil ilgari yashab o‘tgan Attor aytgan edi: "Dunyoning ibtidosi ham, intihosi ham so‘zdir". "Bo‘l" dedi, dunyo yaraldi.
Bugun tadbirda asosan media sohasi vakillari ishtirok etmoqda. So‘z esa ularning noni desak mubolag‘a bo‘lmaydi. So‘z orqali muloqot qilamiz, fikr, g‘oyalarimizni bildiramiz. Ya'ni so‘z bizmiz. Yurtimiz qanchadan qancha bosqinlarni ko‘rgan va barcha urf-odatlarimiz so‘z orqali bizgacha yetib kelgan.
Shu bois, so‘z mas'uliyatini his etish lozim. Biz shu soha vakillari ayniqsa so‘zning mas'uliyatini, jozibasini, ahamiyatini his etishimiz shart. O‘ylaymanki, bugun forumning maqsadi ham shu.

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube
O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja:

- So‘z to‘g‘risida uch kundan beri gaplashyapmiz. Buning uchun barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiraman. Bugun hammamiz bir joyda to‘plangan ekanmiz, so‘zimizni boyitish uchun nimalar qilishimiz kerak? Qanday muammolarimiz bor? Bular haqida fikr almashish imkonimiz bor.
Hozirda yaratilayotgan materiallar jurnalistika talablariga to'g'ri keladimi, uni qanday sifatli qilish mumkin yoki uni etkazishda qanday so'zlarni qo'llash zarur. Ona tili umummillat mulkidir, demak, til oldidagi mas'uliyat ham umummilliy. Men o'zbekman, degan har bir inson o'zbek tili uchun qayg'urmog'i kerak. Unutilgan so'zlarni tiklash, borini boyitib borish, xorijiy atamalarga munosib istilohlar topish yolg'iz tilshunoslarning emas, millatning ishidir.

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube
Ovoza 1 27.10.2022
<unknown>
-- Davlatimiz rahbari amaliy tashrif bilan Ostonaga jo‘nab ketdi.

- O‘zbekiston qonun ustuvorligi reytingida dunyo mamlakatlari ichida 78-o‘rinni egalladi.

- Toshkentda "Ma'no va mazmun" ilmiy-amaliy anjumani o‘z ishini boshladi.

- Endi davlat dori vositalarining narxlari oshirilmasligini nazorat qilib boradi.

- Sportchilarimiz MMA bo‘yicha Osiyo chempionatida qatnashadi.

Batafsil «OVOZA» radio axborot dasturida tanishing.

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube
"SO'Z" xalqaro forumi doirasida tashkil etilgan "Ma'no va mazmun" ilmiy-amaliy anjumanidan so'ng, unda o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etgan xalqaro ekspertlar O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga bordi. O'zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi, mazkur universititet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo'ja hurmatli mehmonlarni universitet bilan tanishtirdi.

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Media sohasi vakillari uchun yana bir xalqaro konferensiya o’tkazilyapti

"Mening yurtim"
telekanalining "HUDUD" informatsion dasturi muxbiri Muhammadsiddiq Usmonov lavhasi.

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube
"SO'Z" xalqaro forumi doirasida tashkil etilgan "Ma'no va mazmun" ilmiy-amaliy anjumanining ishtirokchilari Turk dunyosi jurnalistlar federatsiyasi hamda Turk dunyosi madaniyat, san'at va kino fondi a'zolari O'zJOKUga bo'lgan sayohati mobaynida universitet binosida joylashgan "OVOZA" informatsion dasturining studiyasi va ish jarayonlar bilan tanishishdi.

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube
Ovoza 2 27.10.2022
<unknown>
- Media olamining xalqaro ekpertlari va o‘zbek jurnalistikasining faxriy vakillari bir yerda jam bo‘lishdi.

- I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shiladi.

- Yurtimizda 31 mingdan ortiq taksi haydovchisi o‘zini o‘zi band qildi.

- Yangi yo‘nalishlarda mahalliy aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

- Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullanuvchi transchegaraviy jinoiy guruh faoliyati fosh etildi.

Batafsil «OVOZA» radio axborot dasturida tanishing.

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube
"SO'Z" xalqaro forumi ishtirokchilari bo‘lgan xalqaro ekspertlar "Mening yurtim" telekanali va O‘zMMAning binosiga taklif etildi. Ularga telekanal studiyasi, xodimlari, shu bilan birga, O‘zMMAning faoliyati, unga a'zo tele va radiokanallar haqida yaqindan tanishtirildi.

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube