1.12K subscribers
1.97K photos
729 videos
4 files
1.93K links
O‘zbekiston Milliy media birlashmasi telegram kanali

Instagram: instagram.com/uzmilliymedia
Facebook: facebook.com/uzmilliymedia
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

O'zMMA va Xalqaro press-klub hamkorligida “So‘z latofati” mavzusida sessiya tashkil etildi

Xo‘sh, biz bugun so‘z mas’uliyatini anglay olyapmizmi?

So‘zning qudratini his qilamizmi?

Tillar va so‘zlar qanday yo‘qoladi? Tilimizni hamda so‘zimizni asrab qolishimiz uchun bugun nimalar qilishimiz kerak?

Agar siz ham so‘z mas’uliyatini his qila olsangiz va bunga befarq bo‘lmasangiz, unda loyihamizni o‘tkazib yubormang.

Ko‘rsatuvni siz bugun, 26 oktabr soat 16:15 da “O‘zbekiston” telekanali orqali tomosha qiling.

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube
Xabaringiz bor, “SO’Z” xalqaro forumi Farg’onada davom etmoqda. “Zamonaviy jurnalistikaning dolzarb muammolari” mavzusidagi II Farg’ona xalqaro konferensiyasida O’zMMA raisi Sherzodxon Qudratxo’ja quyidagi fikrlarni bildirdi:

– Bugun Farg’onada bo’lib o’tayotgan konferensiyaga 11 ta davlatdan jurnalistlar keldi. Bu media olamining juda tez rivojlanayotganini anglatadi. Oldingi davr bilan solishtiradigan bo’lsak, ilgari biz bitta axborot dasturini ko’rar edik. Hozir axborotning chegarasi qolmadi, internet paydo bo’ldi va globallashuv dunyo axborot makonini bitta ritmda urishga majbur qilmoqda. Albatta, dunyo media makonida bir xil muammo, ya’ni xabarning yolg’on yoki rost ekanligi, matbuotning kelajagi qanday bo’lishi, iste’molchining talabidan kelib chiqib turli dasturlar tayyorlash kabi masalalar. Shuningdek, siz yaratayotgan materiallar jurnalistika talablariga to’g’ri keladimi, uni qanday sifatli qilish mumkin kabi turli masalalar bo’yicha bir kun davomida muhokama qildik. Bugungi tadbir uchun Farg’ona viloyati Jurnalistlar ijodiy uyushmasiga alohida minnatdorchilik bildiraman.

Eslatib o’tamiz, “SO'Z” xalqaro forumi ertaga Toshkent shahrida davom etadi.

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yurtimizda "SO'Z" xalqaro forumi o'tkazilmoqda

"Uzreport NEWS"
informatsion dasturi muxbiri Dana Yusupova lavhasi.

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube
O'zMMA Boshqaruvi raisi Sherzodxon Qudratxo'ja va assotsiatsiya bosh direktorining ijodiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Nigora Xo'jayeva Farg'ona shahriga safari davomida assotsiatsiya a'zosi "Ruxsor" teleradiokanalida mehmon bo'lishdi. Teleradiokanal bosh direktori Nuriddin Asqarov assotsiatsiya rahbarlarini tashkilot binosi, texnik imkoniyatlari va xodimlari bilan tanishtirdi.

Fursatdan foydalanib, Sherzodxon Qudratxo'ja "Ruxsor" teleradiokanalining 15 yillik yubileyi bilan ijodkorlarni yana bir bor tabrikladi.

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OVOZA

Zamonaviy jurnalistikaning dolzarb muammolari

"OVOZA" informatsion dasturi muxbiri Ibrohimjon Halimbekov lavhasi.

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avvalo SO'Z yaraldi. Odamzod nutq ne’mati ila barcha mavjudotlardan ustun bo’ldi.

Bugun ko‘zlarga SO'Z,
SO'Zlarga ko‘z zarur.

Axborot quyunida chin SO'Zni odobi bilan aytish, jo‘yali aytish, bu - jamiyat halovati yo‘lidagi donolikdir.

Biz SO'Z aytmoqqa shaylandik. Aytar SO'Zimiz tinchlik kabutarining oq va qayrilmas qanotiga aylansin!

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube
#LIVE

Bugun, 27 - oktyabr kuni «SO‘Z» xalqaro forumi doirasida Toshkent shahridagi «International hotel» mehmonxonasida O’zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Xalqaro Press-klub hamda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi hamkorligida «Ма’no va mazmun» ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tmoqda.

Unda Yaponiya, Koreya, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Tojikiston, Qirg’iziston, Isroil davlatlaridan 10 dan ortiq xalqaro ekspertlar, yurtimiz media olamining zabardast vakillari, O’zMMAga a'zo tele va radiokanallar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Muhammadjon Obidov:

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi bilan birga o‘tayotgan forumda birinchi bor "So‘z"ning o‘rni haqida xalqaro miqyosda fikr almashish imkoniga ega bo‘ldik. So‘z inson yashashi uchun havodek muhim. Shri Lanka Maldiv o‘rtasidagi orolga bordim. Hali ham ibtidoiy yashayotgan odamlar bn bir hafta yashadim. Ular tovushlar orqali gaplashishar ekan. Shunda bildimki, so‘zning ahamiyatini. Konfutsiyni qo‘lyozmalarini bugungi xitoy o‘qiy oladi. So‘zga, umuman tilga e'tiborni qarangki, ular 2100 yil oldin yozilgan Xitoy imperatorning xatini hozirgi xitoyliklar o‘qiydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi so‘zga bepisandlik, mas'uliyatsizlik holatlarini uchratamiz. Biz avlodlarga tilimizni sof yetkazishimiz kerak.

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube
O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov:

- So‘z bu dunyoning asosi. Bundan ming yil ilgari yashab o‘tgan Attor aytgan edi: "Dunyoning ibtidosi ham, intihosi ham so‘zdir". "Bo‘l" dedi, dunyo yaraldi.
Bugun tadbirda asosan media sohasi vakillari ishtirok etmoqda. So‘z esa ularning noni desak mubolag‘a bo‘lmaydi. So‘z orqali muloqot qilamiz, fikr, g‘oyalarimizni bildiramiz. Ya'ni so‘z bizmiz. Yurtimiz qanchadan qancha bosqinlarni ko‘rgan va barcha urf-odatlarimiz so‘z orqali bizgacha yetib kelgan.
Shu bois, so‘z mas'uliyatini his etish lozim. Biz shu soha vakillari ayniqsa so‘zning mas'uliyatini, jozibasini, ahamiyatini his etishimiz shart. O‘ylaymanki, bugun forumning maqsadi ham shu.

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube
O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja:

- So‘z to‘g‘risida uch kundan beri gaplashyapmiz. Buning uchun barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiraman. Bugun hammamiz bir joyda to‘plangan ekanmiz, so‘zimizni boyitish uchun nimalar qilishimiz kerak? Qanday muammolarimiz bor? Bular haqida fikr almashish imkonimiz bor.
Hozirda yaratilayotgan materiallar jurnalistika talablariga to'g'ri keladimi, uni qanday sifatli qilish mumkin yoki uni etkazishda qanday so'zlarni qo'llash zarur. Ona tili umummillat mulkidir, demak, til oldidagi mas'uliyat ham umummilliy. Men o'zbekman, degan har bir inson o'zbek tili uchun qayg'urmog'i kerak. Unutilgan so'zlarni tiklash, borini boyitib borish, xorijiy atamalarga munosib istilohlar topish yolg'iz tilshunoslarning emas, millatning ishidir.

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube
Ovoza 1 27.10.2022
<unknown>
-- Davlatimiz rahbari amaliy tashrif bilan Ostonaga jo‘nab ketdi.

- O‘zbekiston qonun ustuvorligi reytingida dunyo mamlakatlari ichida 78-o‘rinni egalladi.

- Toshkentda "Ma'no va mazmun" ilmiy-amaliy anjumani o‘z ishini boshladi.

- Endi davlat dori vositalarining narxlari oshirilmasligini nazorat qilib boradi.

- Sportchilarimiz MMA bo‘yicha Osiyo chempionatida qatnashadi.

Batafsil «OVOZA» radio axborot dasturida tanishing.

Telegram | Instagram | Facebook |Youtube