O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
35.3K subscribers
4.36K photos
1.41K videos
1 file
2.6K links
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining rasmiy kanali

📌 Reklama: @mahalla_marketing
Download Telegram
Bugun shaxmat olimpiadasi boshlanadi!

🇺🇿 O‘zbekiston amaldagi chempion sifatida qatnashadi.

🔍11-22-sentabr kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Joriy yilda Open dasturida 193 ta, ayollar o‘rtasida esa 181 ta jamoa qatnashadi.

🔍Qur’a natijasiga ko‘ra, Vladimir Kramnik murabbiyligidagi O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bugun 1-turda Trinidad va Tobago shaxmatchilariga qarshi bahs olib borishadi. Aleksey Dreev murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa ilk turda Gaiti davlati shaxmatchilari bilan hisob-kitob qilishadi.

🔍Musobaqa jami shveytsarcha formatda 11 ta turdan iborat bo‘ladi.

🔍Jamoamizning tayyorgarligi va kayfiyati a'lo. Shaxmatchilarimizga omad tilaymiz!

#Mahallalaruyushmasi #sport

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xorazm mahallalari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gandbol musobaqalarida qatnashing va  mahallangizga sport maydonchasi yutib oling!

Xorazmlik yoshlarning qiziqishi va g‘olib bo‘lish istagi borgan sari ortmoqda. Hozirda 31 mingdan ziyod mahalla yoshlari www.5tashabbus.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishgan. Bugun Urganch Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi gandbol zalida  Urganch tumani “Obod” mahallasi yoshlari  mazkur musobaqalar uchun namunaviy mahalla saralash bosqichini boshlab berishdi.

🏆Qadrli yoshlar! G‘olib bo‘laman deganlar ko‘p. Sizda ham hali imkoniyat bor! www.5tashabbus.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting va musobaqalarda  ishtirok eting!

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling⬇️

Facebook   |   Telegram  |
🇺🇿O'zbekiston mahallalari uyushmasi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
🔍 Qonunchilikka ko‘ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining oylik ijara to‘lovi bir qismini qoplab berish belgilangan.

🔍Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’iy nazar, quyidagi miqdorda to‘lanadi.

🔍Toshkent shahrida — BHMning bir baravari (340 ming so‘m);
🔍qolgan hududlarda — BHMning yarim baravari (170 ming so‘m).

🔍Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.

🔍Ariza berish uchun talaba belgilangan shakldagi anketa-arizani ikki nusxada to‘ldirib, ijara shartnomasi nusxasi bilan o‘zi ta’lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari yoki OTMining talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limiga topshirishi lozim.

#Mahallalaruyushmasi #bilasizmi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Buxoro viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Gandbol bo‘yicha “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” musobaqalariga start berildi

🔍Xabar berganimizdek, "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida oʻtkazilishi belgilangan "Gandbol" musobaqasining mahalla bosqichi viloyatning barcha tuman va shaharlarida bo'lib o'tmoqda. Buxoro viloyatida 5tashabbus.uz platformasi orqali 65 ming nafardan ortiq 17-30 yosh toifasidagi yoshlar qiziqish bildirib ro'yxatdan o'tishgan. Ushbu musobaqa, kuni-kecha Vobkent tumanidagi mahallalarda bo'lib o'tdi.
Mazkur musobaqada mahallada shakllantirilgan 5 tadan 10 tagacha bo'lgan jamoalar o'zaro kuch sinashdilar.

🔍Ma'lumot o'rnida aytishimiz mumkinki musobaqalar joriy yilning sentabr-noyabr oylari davomida 3 bosqichda bo'lib o'tadi.

#Mahallalaruyushmasi #gandbol

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 “Kambag‘al oilalar portreti” ishlab chiqiladi

🇺🇿 Prezident raisligidagi videoselektorda hozirda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha keyingi yillar uchun “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi tayyorlanayotgani ma’lum qilindi.

🔍Unda yettita imkoniyat va mas’uliyat tamoyili asosida O‘zbekistonning navbatdagi yangi yondashuvlari belgilab beriladi.

🔍Bundan buyon kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi.

🔍Mutasaddilarga har bir mahallani to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ulardagi “kambag‘al oilalar portreti”ni ishlab chiqish topshirildi. Kambag‘al oila bo‘yicha individual dastur bo‘ladi, har bir vazirlikning aniq vazifasi ko‘rsatiladi.

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍 2025-yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga 1,6 milliard dollar ajratiladi

🔍 1,2 trln so‘mi eng og‘ir 300 ta mahallada
suv nasoslari va quyosh panellari o‘rnatishga beriladi

🔍 2 trln so‘m eng og‘ir 500 ta mahallada
elektr, yo‘l, internet va boshqa infratuzilma masalalariga beriladi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍 Natijada:

🔍to‘qimachilik, qurilish materiallari, charm-poyabzal va hunarmandchilikda 120 000;

🔍dehqonchilik va chorvachilikda 120 000;

🔍qurilish sohasida 25 000;

🔍elektrotexnikada 20 000;

🔍kambag‘al aholi ishli bo‘lishi kutilmoqda.

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍“Kompaniya – kooperativ – dehqon xo‘jaligi” tamoyili asosida dehqonchilik va bog‘dorchilik tashkil etiladi

🔍3 xil daromad olinadigan yangi tizim yaratiladi:

🔍qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchi va eksport qiluvchi katta kompaniya kambag‘al oilalardan yerni ikkilamchi ijaraga oladi;

🔍yer egalari ulushdor sifatida kooperatsiyaga birlashib, kompaniyalardan buyurtma oladi va topilgan daromad ular o‘rtasida taqsimlanadi;

🔍har ikki holatda ham ushbu aholi yerda o‘zi mahsulot yetishtirib, buning uchun oylik oladi.

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍Talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi

🔍Oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballni 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi

🔍Kambag‘al oilalar farzandlarini bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli ta’lim olishini tashkil qilish, ularga har tomonlama ko‘mak berish masalalarini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔍Yo'llarda bolalarni ehtiyot qiling

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍 O'zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Qashqadaryoda gandbol musobaqasi mashg'ulotlari bilan tanishdi

🔍Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatining 81 161 nafar yoshlari "O'zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi"ga ishtirok etish uchun 5tashabbus.uz platformasidan ro'yxatdan o'tgan.

#Mahallalaruyushmasi #gandbol

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi, Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazining loyihasi

🔍Abdulhamid Cho‘lponning "Qurboni jaholat" hikoyasini o‘qishni tavsiya etamiz.

#Mahallalaruyushmasi #tavsiya

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM