🇺🇿🇦🇿O‘zbekiston-Ozarbayjon Oliy davlatlararo kengashi birinchi yig‘ilishida imzolangan hujjatlar soni — 16 ta🔍O‘zbekiston-Ozarbayjon o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnoma;
🔍O‘zbekiston-Ozarbayjon Oliy davlatlararo kengashi birinchi yig‘ilishi qarori;
🔍Ozarbayjon hududida vaqtinchalik ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarining va O‘zbekiston hududida vaqtinchalik ishlayotgan Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarining mehnat faoliyati va huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Bitim;
🔍O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi va Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik Bitimi;
🔍Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida oliy ta’lim va xalq ta’limi bo‘yicha Bayonnomalar, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy munosabatlarni yanada kengaytirish bo‘yicha Amaliy harakatlar rejasi kabi qator hujjatlar imzolandi.
🔍Toshkent-Boku, Shahrisabz-Beylagan, Jizzax-Guba shaharlari o‘rtasida hamkorlik bitimlariga erishildi.
✅ Facebook |
✅ Instagram |
✅ X |
✅ Telegram |
✅ You tube