O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
34.9K subscribers
4.41K photos
1.42K videos
1 file
2.62K links
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining rasmiy kanali

📌 Reklama: @mahalla_marketing
Download Telegram
👍 Olmazor tumanida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashga qaratilgan bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda

🔍Xususan, bugun O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Olmazor tumanidagi mahalla raislari uchun "O‘zbekistonda din va davlat munosabatlari" mavzusida seminar tashkil etildi.

#Mahallalaruyushmasi #seminar

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 "Mahalla servis kompaniya"lari hududlar obodligiga hissa qo'shadi. Qolaversa yangi ish o'rinlari yaratilib fuqarolar bandligi ham ta'minlanadi.

✈️Urganch shahridagi "Shodlik" va Urganch tumanidagi "Oyoqbog'" mahallalari misolida fikrlar tasdig'ini ko'rishingiz mumkin.

#Mahallalaruyushmasi #mahalla_servis_kompaniyasi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Shukronalik hissi

✈️Jizzax viloyati G’allaorol tumani "Sarbozor" mahallasi

#Mahallalaruyushmasi #shukronalik_hissi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍 Eski kvartirangiz yangisiga almashtiriladi: Toshkentdagi qaysi uylar ta’mirga tushishi ma’lum bo‘ldi

🔍Poytaxtda 170 gektardan ortiq hududdagi turar joylarni ommaviy ravishda buzish yoki qayta ta’mirlash rejalashtirilgan, renovatsiya zonalari ro‘yxatiga Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy, Chilonzor, Sergeli va Shayxontohur tumanlari kiritilgan

🔍Bu yerda batafsil hujjat bilan tanishing.

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov #siz_huquqingizni_bilasizmi

👍 Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarimizda "Siz huquqingizni bilasizmi?" tanloviga start bergan edik.

🔍 Tanlov shartlari oddiy:
🔍@MahallaTanlovbot'ga kirib start tugmasini bosing;
🔍You tube sahifamizda joylashtirilgan shu kabi 3 ta videodarslarimizni oxirigacha ko'ring;
🔍Tanlov boshlanganda @MahallaTanlovbot orqali 25 ta testni yeching

🔍O'z hududi bo'yicha 1-o'rinni egallagan 14 nafar ishtirokchimiz planshetni va tanlovimizning mutlaq g'olibi "Navbahor" sanatoriyasiga 2 kishilik yo'llanmani qo'lga kiritadi.

🔍 Eslatib o'tamiz, tanlov yuzasidan qo'shimcha ma'lumotlar avgust oyining so'ngi kunlarida e'lon qilinadi.

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 "Mahallaning pir-u badavlati" ko'rsatuvining navbatdagi soni

🔍 https://www.youtube.com/watch?v=enFFEJiGVzU

#Mahallalaruyushmasi #tomosha_qiling

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍 24-25-avgust kunlari "Mahalla obod — yurt obod" shiori ostida mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

🇺🇿 Yurtimizni obod qilishga o‘z hissamizni qo‘shaylik!

#Mahallalaruyushmasi #mahalla_obod #yurt_obod #hashar

Facebook| Instagram | X | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 30-70 yosh va undan katta yoshdagi aholi hamda "mahalla yettiligi" a'zolaridan sport sinovlari qabul qilinmoqda

🔍O'zbekiston mahallalari uyushmasi, Sport vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qo'mitasi hamkorligida joriy yilning 15-avgust kunidan boshlab barcha tuman (shahar)larda 30-70 yosh va undan katta yoshdagi aholi hamda mahalla tizimi xodimlaridan ixtiyoriy va maxsus talablar bo‘yicha «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» sport sinovlari qabul qilinmoqda.

🔍Sport sinovlari tezlik, kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sport sifatlarini aniqlashga qaratilgan mezonlar bo'yicha qabul qilinmoqda.

🔍Bugungi kun holatiga 8 000 nafar fuqarolar sport sinovlarini topshirdi. Sport sinovlarini qabul qilish joriy yilning 25-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

🔍Topshirish istagidagi hamyurtlarimiz my.sport.uz platformasidan ro'yxatdan o'tib, o'zlari istiqomat qilayotgan tuman (shahar)dagi sport maktabiga (mahallasidagi sport obyektiga) tashrif buyurgan holda sport sinovlarini topshirishlari mumkin.

#Mahallalaruyushmasi #sport_sinovlari

Facebook| Instagram | X | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍Bayramingiz muborak, qadrli tadbirkorlar, xususiy biznes vakillari!

🔍Sizlarni O'zbekiston mahallalari uyushmasi jamoasi "Tadbirkorlar kuni" bilan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oliyjanob faoliyatingizda va shaxsiy hayotingizda yutuq va omadlar, oilalaringizga baxt, saodat, fayz-baraka tilaymiz!

#Mahallalaruyushmasi #tadbirkorlar_kuni

Facebook| Instagram | X | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi.

🔍Prezidentdan boshlab Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, hokimlar, Savdo-sanoat palatasi, Biznes ombudsman – barcha-barcha rahbarlar yil bo‘yi tadbirkor bilan doimiy muloqotda bo‘ldi.

🔍Tadbirkorlar ko‘targan 700 dan ortiq masala, tashabbus va yangi loyihalar qo‘llab-quvvatlandi, 8 trillion so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar rivoji, tadbirkorlik infratuzilmasi uchun yana 18 trillion so‘m yo‘naltirildi.

🔍Eng muhimi – mahalladagi mikroloyihadan tortib, megaloyihagacha qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yildi.

Facebook| Instagram | X | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍2024-yilda tadbirkorlarning tovar aylanmasi 2023-yilga nisbatan
25 foizga ko‘payib, 986 trillion so‘mga yetdi

🔍Yillik aylanmasi 10 milliard so‘mdan 100 milliard so‘mgacha bo‘lgan o‘rta korxonalar 2 karra ko‘paydi

#Mahallalaruyushmasi #infografika

Facebook| Instagram | X | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍Aylanmasi 100 milliard so‘mdan ortiq yirik korxonalar 2 ming 200 tadan oshdi

🔍“Mahallabay” va “mijozbay” ishlash natijasida oldin zarar bilan ishlagan 16 ming korxona yarim yilda 6,5 trillion so‘m foydaga chiqdi

#Mahallalaruyushmasi #infografika

Facebook| Instagram | X | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍100 tadan ortiq ishchisi bor korxonalar 3 000 ta

🔍Ulardagi ish o‘rni bir yilda
440 000 ga ko‘paydi

🔍“A” va “B” – toifadagi korxonalar
91 000 ga ko‘paydi


🔍170 000 korxona
“D” – eng yomon toifadan chiqarildi


#Mahallalaruyushmasi #infografika

Facebook| Instagram | X | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍Prezident tashabbusi

🔍Birinchi yo‘nalish – kichik va o‘rta biznes uchun moliyaviy resurslarni ko‘paytirish

🔍2024-yil boshidan 35 mingdan ortiq tadbirkorlarga jami 3,5 trillion so‘m mikrokreditlar ajratildi.

🔍Bundan tashqari, “Biznesga birinchi qadam” dasturi bo‘yicha tadbirkorlikni endi boshlayotgan 115 ming aholiga 1 trillion so‘mlik mikroqarzlar berildi.

🔍Ushbu tajriba yanada kengaytirilishi belgilandi.

🔍Endilikda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashda barcha banklar va mikromoliya tashkilotlari ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

🔍Mikrokreditlar miqdori 3 karra oshirilib, 300 million so‘mga yetkaziladi. Bunda kreditning 100 million so‘mgacha bo‘lgan qismiga garov talab qilinmaydi.

🔍Bu maqsadga bir yilda 10 trillion so‘m beriladi.

🔍Endi Tadbirkorlik kompaniyasining filiali har bir viloyatda tashkil qilinadi.

Facebook| Instagram | X | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍O‘zbekiston tadbirkorlarining 38 foizi islom moliyasi asosida resurs olish istagini bildirgan.

🔍Bu – yangi moliyaviy xizmatlar taqdim etilishi, ko‘p investorlar kirib kelishi va 5 milliard dollarlik qo‘shimcha resurs paydo bo‘lishiga turtki beradi.

Facebook| Instagram | X | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍 Endilikda "propiska"ga qo‘yish bo‘yicha Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun alohida tartib bo‘lmaydi

🔍Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi va turar joyi bo‘yicha xabardor qilishi tartibi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

🔍Qayd etilishicha, bugungi kunda amalda bo‘lgan «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi Qonun sababli fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishda byurokratik to‘siqlar yuzaga kelmoqda.

🔍Ushbu qonun loyihasi bilan yuqorida ta’kidlangan Qonun bekor qilinib, respublika bo‘yicha fuqarolarning yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishining yagona tartibini joriy etish, shuningdek, vaqtincha turgan joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish tartibini takomillashtirgan holda turar joy bo‘yicha xabardor qilish tizimini joriy etish taklif etilmoqda.

🔍Endilikda Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun alohida, boshqa viloyatlar uchun esa alohida ro‘yxatga olish tartibi bo‘lmaydi, bunday amaliyotdan voz kechiladi, respublika bo‘yicha bir xil tartib amal qiladi.

Facebook| Instagram | X | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Qashqadaryoda «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali yer olib qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirayotgan yoshlarning 1-yarmarkasi tashkil etildi

#Mahallalaruyushmasi #yoshlar_yarmarkasi

Facebook| Instagram | X | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM