👍 “MAHALLA YETTILIGI"ning YARIM YILLIK FAOLIYATI: NATIJALAR VA KAMCHILIKLAR TAHLILI🔍O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev raisligida mahalla tizimida birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan kengaytirilgan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
🔍Unda Uyushmaning hududiy boshqarmalari boshliqlari, “mahalla yettiligi”ga mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
🔍Yig'ilishda olti oylik faoliyat tanqidiy ko'rib chiqildi. "Mahalla yettiligi" xodimlari aksariyat holatlarda tarqoq ishlayotgani, mahalla raisi boshchiligida mahallani rivojlantirish uchun birlashmayotgani qayd etildi.
🔍Shuningdek, “mahalla yettiligi”ga mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralar rahbarlarining joriy yilning o‘tgan olti oyida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti eshitildi.
🔍Hamkorlikda yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha yo‘l xaritalari belgilab olindi.
#Mahallalaruyushmasi #hisobot
✅ Facebook |
✅ Instagram |
✅ X |
✅ Telegram |
✅ You tube