O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
34K subscribers
4.42K photos
1.43K videos
1 file
2.64K links
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining rasmiy kanali

📌 Reklama: @mahalla_marketing
Download Telegram
👍 TOMORQA KONI FOYDA

🔍Xalqimiz azaldan yerga mehr berib, nafaqat o‘z ro‘zg‘orini, balki el-yurt dasturxonini ham to‘kin qilib kelgan. Tomorqaga berilgan “koni foyda”, “daromad manbai”, “yetti xazinaning biri” kabi ta’riflar bejiz aytilmagan.

🔍Mirzacho‘l tumani “Paxtazor” mahallasi, Marjon ko‘chasida yashovchi Raxmatullo Rustamovning tomorqa ishlari barchaga namuna, u chin yurakdan yerga mehr beradi. Tinimsiz mehnat qilib, izlanib intiladi. Tomorqasida mevali daraxtlar, turli ko‘katlar, pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri kabi ekin ko‘chatlarini yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. Shu tariqa tomorqasi daromad manbaiga aylandi.

🔍– Oila farovonligi, dasturxon to‘kinligi, ro‘zg‘or kam-ko‘stini to‘ldirishda tomorqadan olinayotgan daromadning o‘rni beqiyos ekan, – deydi tomorqa sohibi. – Ekinni ekdingmi, albatta ro‘zg‘oringga qut baraka kiradi. Inson qanday kasb bilan shug‘ullanmasin, unga mehr qo‘yib, ishini sevsa, muvaffaqiyatga erishib, daromadi ham oshib boraveradi.

#Mahallalaruyushmasi #tomorqa

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✈️ Yangi Qaror: Iste’molchilarga energiya tejamkor qurilmalar o‘rnatganliklari uchun 3 yil davomida amaldagi tarifga nisbatan 15 foiz chegirma beriladi

🔍Yangi tahrirdagi qaror bilan aholi iste’molchilari va tadbirkorlik sub’yektlariga bir qator qulayliklar yaratilmoqda.

🔍Xususan, qarorning elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga ko‘ra, iste’molchilarga tasarrufidagi mavjud eski elektr qurilmalarini yangi energiya tejamkor qurilmalarga almashtirish natijasida iqtisod qilingan elektr energiyasi hajmiga 3 yil davomida amaldagi tarifga nisbatan 15 foiz chegirma beriladi.

✈️ Bunda:

🔍Iste’molchilar elektr qurilmalarni almashtirish jadvali va uning natijasida erishiladigan iqtisodni nazarda tutuvchi dasturni taqdim etgandan so‘ng, “O‘zenergoinspeksiya” 10 kun muddatda ushbu dasturning asoslanganligini ko‘rib chiqadi va natijasi bo‘yicha kelishadi yoki asoslantirgan holda kelishishni rad etadi;

🔍tasdiqlangan dasturga asosan amalga oshirilgan ishlar natijasida iqtisod qilingan elektr energiyasi hajmi energiya auditor tomonidan o‘rganiladi va ushbu hajmlar bo‘yicha xulosa beriladi;

🔍energiya auditor xulosasi “O‘zenergoinspeksiya” va hududiy elektr ta’minoti korxonasiga taqdim etiladi va ijobiy xulosa taqdim etilgan kundan boshlab chegirmalar qo‘llaniladi.

#Mahallalaruyushmasi #bilasizmi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Yurtimiz hojilari Vatanga “Yangi O‘zbekiston fidoiysi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz” degan ezgu maqsad bilan qaytmoqdalar

#Mahallalaruyushmasi #munosabat

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍 Diqqat, diqqat!

👍 O'zbekiston mahallalari uyushmasidan yana bir yangi loyiha!

✈️ "Mahalla — mening taqdirimda"

✈️ yangi loyiha tez kunda.....

#Mahallalaruyushmasi #mahalla_mening_taqdirimda

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Farg’ona viloyatidagi 1062 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, profilaktika inspektorlari, imom-xatiblar, 3296 nafar farg‘onaliklar Haj amalini ado etgan yurtdoshlarimiz, 850 nafardan ziyod sohaga mas’ul rahbarlar bilan uchrashuv o’tkazildi.

🔍Uchrashuvlar ma’ruzachilikdan holi, aniq taklif va tavsiyalar, amaliy ishlarni bajarishga qaratildi.

🔍Bugun targ‘ibotchilar safi yanada kengayib, Haj ziyoratini ado etgan yurtdoshlarimiz biz bilan birga ishlashni boshladi.

🔍Demak, katta bir jamoa qanday harakat qiladi, vazifalarni qanday birlashtirish, amaliyotda samarali ishlash mumkin? Shular haqida gaplashib oldik.

🔍Bundan tashqari, maxsus QR kodlar orqali kirib targ‘ibot ishlarini tashkil qilishda metodik qo‘llanmalardan foydalanish imkoniyati ham yaratilgan. Bu imkoniyatlar bilan ham targ‘ibotchilar tanishtirildi.

#Mahallalaruyushmasi #uchrashuv

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Mahalladagi real holatni real vaqtda ko'rsatamiz.

✈️ Namangan shahar "Yangi qurilish" mahallasidan jonli reportaj.

#Mahallalaruyushmasi #reportaj

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍 Hozirgi jazirama kunlarda sog‘lom bo‘lay, immunitetim baland bo‘lsin desangiz kuniga qancha suv ichishingiz kerakligini bilib oling!

✈️ Tana vazni — Suv miqdori:

🔍45kg — 1.9l
🔍50kg — 2.1l
🔍55kg — 2.3l
🔍60kg — 2.5l
🔍65kg — 2.7l
🔍70kg — 2.9l
🔍80kg — 3.5l
🔍85kg — 3.7l
🔍90kg — 3.9l
🔍95kg — 4.1l
🔍100kg — 4.3l

✈️ Yaqinlarga ham ulashing!

#Mahallalaruyushmasi #bilasizmi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB rahbarini qabul qildi.

🔍Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan mahalla tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, loyihalarning barchasi inson qadrini taʼminlash orqali aholini rozi qilishga qaratilgani yana bir bor taʼkidlandi.

🔍Uyushma raisi Qahramon Quronboyev bugun mahallalar biznes markazlariga aylanayotgani, bank mutasaddilari bevosita mahallaga kirib borgani odamlarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishi ortishiga sabab bo‘layotganini qayd etdi. Bu borada “Biznesni rivojlantirish banki”ning xizmatlari katta ekani alohida eʼtirof etildi.

🔍Bank rahbari Saxi Annaklichev bank mutasaddilari mahallada yurib odamlar bilan ishlayotgani ikki tomon uchun ham juda manfaatli bo‘layotganini qayd etdi. “Prezidentimizning bu tashabbusi odamlarni chinakamiga uyg‘otdi, biznes, ishbilarmonlik, tomorqadan keladigan daromadni tushunib yetdi”, - dedi Saxi Annaklichev.

🔍Maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va boshqa tijorat banklari tomonidan mahallalarda 25 mingdan ortiq fuqarolarga kreditlar taqdim etilgan.

🔍Tomonlar mahallalarda biznesni rivojlantirish, aholining tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish borasida bundan buyon ham faol hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

🔍Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi va “Biznesni rivojlantirish banki” ATB o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM