O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
35.4K subscribers
4.36K photos
1.41K videos
1 file
2.59K links
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining rasmiy kanali

📌 Reklama: @mahalla_marketing
Download Telegram
👍 Oltiariqda bu yilgi uzum pishgunicha, o‘tgan yilgi uzum ham topiladi

🔍Jizzax viloyati Zomin tumanidan tashrif buyurgan Mahalla uyushmasi vakillari, MFY raislari hamda faol tomorqachilar Oltiariq tumanidagi bir qator aholi xonadonlarida bo‘lib, mezbonlar bilan uzum ko‘chatlarini prarvarishlash, nihollarga ishlov berish va hosilni saqlash borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

🔍Chinortagi ko‘chasida yashovchi 53 yillik tajribaga ega bo‘lgan dehqon, "Namunali tomorqachi" ko‘krak nishoni sohibi Xusanboy Gʻofurovdan uzumchilik sirlari bo‘yicha qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

#Mahallalaruyushmasi #uzumchilik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍 Mana nega Hindiston va Xitoy ilm-fanda oldinda bormoqda...

🔍Bu fotosurat 1905-yilda Tamilnadu shtatidagi Madras universitetida olingan. Tasvirdagi o‘qiyotgan hind talabasi tunda uxlab qolmaslik uchun sochini devordagi mixga ilib qo‘ygan.

🔍O‘rganishning bu an’anaviy usuli ikki ming yillardan beri mavjud. Misol uchun, Xitoyning milodning birinchi asriga mansub Xan yilnomasida u haqida qayd etilgan.

🔍Rivojlanish haqida orzu qilgan bilan o‘zgarish bo‘lmaydi, unga mashaqqatli ilm evaziga erishiladi.

#bu_qiziq

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Prezident sirdaryolik bog‘bonga Tracker avtomashinasini sovg‘a qildi

🔍Prezident Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumanidagi Paxtakon mahallasida yashovchi mirishkor bog‘bon Tursunboy ota Aripovga Tracker avtomashinasini sovg‘a qildi.

🔍Otaxon mehnat faoliyatini 15 yoshida kolxozda suvchilikdan boshlagan. Keyinroq tumanda tashkil etilgan bo‘rdoqichilik chorva fermasida 40 yil mehnat qildi.

🔍2011-yilda nafaqaga chiqqach, tomorqasida uzumchilik bilan shug‘ullana boshladi. Uzoq yillar uzum yetishtirib, tok parvarishining hadisini oldi. Hozir uzumning rizamat, husayni, kelin barmoq, shohonaki, ketmon sop kabi navlarini ko‘paytirmoqda. Otaxon yangi “abatar” navini payvand qilganini aytdi.

#Mahallalaruyushmasi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Ish bilganga ming tanga

🔍Uyda o‘tirgan holda mehnat qilib, oyiga 15 million so‘mgacha sof daromad topsa bo‘ladimi?
Albatta, ha-da!

🔍Qalovini topsangiz, qor ham yo ado, axir. Faqat buning uchun aniq maqsad, intilish, tinimsiz mehnat qilsa bo‘lgani.

🔍Batafsil "Mahalla" telekanali lavhasida ko‘ring.

#Mahallalaruyushmasi #daromad

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔍 O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarida yangi bosqichni boshlab bergan tarixiy tashrifning birinchi kuni muhim voqealarga boy bo‘ldi

#Mahallalaruyushmasi #tashrif

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 O'zbekiston mahallalari uyushmasi boshqarma boshlig'i va O'zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig'i Oqdaryo tumanidagi "Pichoqchi" mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Ishchi guruhi dastlab, "Pichoqchi eksport savdo" MCHJ korxonasida bo‘lishdi. Korxona rahbari Bobomurod Ismoilov mavsum payti 5000 nafar fuqaroni, boshqa paytlar esa doimiy 300-350 nafar fuqaroni bandligini ta'minlaydi. Oyda 12-15 million so‘mgacha daromadga ega bo‘lishyapti.

🔍Shuningdek, ishchi guruhi a'zolari Avtomashina o'rindiqlari uchun maxsus qoplama va jihozlar ishlab chiqarayotgan "Ok Fabric" MCHJ rahbari Bahodir Ergashevning korxonasi bilan tanishishdi. Hozirgi vaqtda korxonada mahalladagi 70 nafar fuqaroning bandligini ta'minlagan.

🔍Bundan tashqari, ishchi guruhi tomonidan "Bir mahalla-bir mahsulot" tamoyili asosida tomorqada yetishtirilayotgan bahorgi ekinlar ko‘zdan kechirildi.

#Mahallalaruyushmasi #faoliyat

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍 BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida O‘zbekistondagi 150 dan ortiq mahallada yangi ijtimoiy ob’yektlar quriladi

🔍BMT Taraqqiyot dasturi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi mamlakat qishloq hududlarini kompleks rivojlantirish loyihasining ikkinchi bosqichini boshladi. Bu haqda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

🔍Loyihaning ikkinchi bosqichi 2024−2028 yillarda Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining 21 ta tumanidagi 157 ta mahallada ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini qurish va kapital ta’mirlashni nazarda tutadi. Islom taraqqiyot dasturining moliyaviy ko‘magida amalga oshiriladigan mazkur loyiha qiymati 293,5 million dollarni tashkil etadi.

#Mahallalaruyushmasi #BMT

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Buloqboshiliklar lola guli sotib, kuniga bir million so‘m daromad topishyapti

🔍 Buloqboshining ”Xontepa” mahallasi ahli haqiqiy mirishkor odamlar. Ularga dehqonchilik, hunarmandchilik ota meros. Uch mingdan ziyod aholi istiqomat qilayotgan qishloqdan uzumning istalgan turini topasiz, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

🔍 Xontepa nafaqat uzumi, balki turfa rang lolalari bilan yurtimizdagina emas, qo‘shni Qirg‘izistonda ham maʼlumu mashhur.

🔍Ayniqsa, Nurmamat Qo‘ldoshevning xonadoniga kirsangiz, dilingiz yayrab, ko‘zingiz quvnaydi. Kuzda yerga qadalgan ko‘chatlar yal-yal ochilgan. Xonadon bekasi Muxtasarxon aya erta tongdan gullar bilan salomlashadi, mehr berib parvarishlaydi. Hududda bekor o‘tirgan odamning o‘zi yo‘q. Erta tongdan to shomgacha yer bilan tillashayotganlar kam bo‘lishmayapti.

#Mahallalaruyushmasi #daromad

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-yil 1-apreldan boshlab davlat uyiga quyosh panel o‘rnatgan odamlarga iste’moldan tashqaridagi har bir kilovatt uchun 1000 so‘mdan to‘lashni boshlagan.

Quyoshdan olgan energiyangiz uchun to‘lamaysiz ortib qolganini esa davlat sizdan sotib oladi.

Hammasi avtomatik hisoblangan holda bo‘ladi va pul ham har oyning 25-sanasigacha Soliq ilovasi orqali sizga tashlab beriladi.

#Mahallalaruyushmasi #elektr_toki #bilasizmi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM