O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
29.4K subscribers
6.38K photos
1.9K videos
8 files
3.57K links
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining rasmiy kanali

📌 Marketing: @Tezkor_mahalla
Download Telegram
👍 Chirchiq shahri mahallalarining "yettilik" faoliyati o‘rganildi

🔍Batafsil

🔍Chirchiq shahridagi mahallalarda "yettilik" faoliyati va aholi muammolari o‘rganilib, har bir mas’ulga ularning yechimi, hal etilishi bo‘yicha javobgar ekanligi tushuntirildi.

#Mahallalaruyushmasi #mahalla_yettiligi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Oltiariqda bu yilgi uzum pishgunicha, o‘tgan yilgi uzum ham topiladi

🔍Jizzax viloyati Zomin tumanidan tashrif buyurgan Mahalla uyushmasi vakillari, MFY raislari hamda faol tomorqachilar Oltiariq tumanidagi bir qator aholi xonadonlarida bo‘lib, mezbonlar bilan uzum ko‘chatlarini prarvarishlash, nihollarga ishlov berish va hosilni saqlash borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

🔍Chinortagi ko‘chasida yashovchi 53 yillik tajribaga ega bo‘lgan dehqon, "Namunali tomorqachi" ko‘krak nishoni sohibi Xusanboy Gʻofurovdan uzumchilik sirlari bo‘yicha qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

#Mahallalaruyushmasi #uzumchilik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍 Mana nega Hindiston va Xitoy ilm-fanda oldinda bormoqda...

🔍Bu fotosurat 1905-yilda Tamilnadu shtatidagi Madras universitetida olingan. Tasvirdagi o‘qiyotgan hind talabasi tunda uxlab qolmaslik uchun sochini devordagi mixga ilib qo‘ygan.

🔍O‘rganishning bu an’anaviy usuli ikki ming yillardan beri mavjud. Misol uchun, Xitoyning milodning birinchi asriga mansub Xan yilnomasida u haqida qayd etilgan.

🔍Rivojlanish haqida orzu qilgan bilan o‘zgarish bo‘lmaydi, unga mashaqqatli ilm evaziga erishiladi.

#bu_qiziq

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Prezident sirdaryolik bog‘bonga Tracker avtomashinasini sovg‘a qildi

🔍Prezident Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumanidagi Paxtakon mahallasida yashovchi mirishkor bog‘bon Tursunboy ota Aripovga Tracker avtomashinasini sovg‘a qildi.

🔍Otaxon mehnat faoliyatini 15 yoshida kolxozda suvchilikdan boshlagan. Keyinroq tumanda tashkil etilgan bo‘rdoqichilik chorva fermasida 40 yil mehnat qildi.

🔍2011-yilda nafaqaga chiqqach, tomorqasida uzumchilik bilan shug‘ullana boshladi. Uzoq yillar uzum yetishtirib, tok parvarishining hadisini oldi. Hozir uzumning rizamat, husayni, kelin barmoq, shohonaki, ketmon sop kabi navlarini ko‘paytirmoqda. Otaxon yangi “abatar” navini payvand qilganini aytdi.

#Mahallalaruyushmasi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Ish bilganga ming tanga

🔍Uyda o‘tirgan holda mehnat qilib, oyiga 15 million so‘mgacha sof daromad topsa bo‘ladimi?
Albatta, ha-da!

🔍Qalovini topsangiz, qor ham yo ado, axir. Faqat buning uchun aniq maqsad, intilish, tinimsiz mehnat qilsa bo‘lgani.

🔍Batafsil "Mahalla" telekanali lavhasida ko‘ring.

#Mahallalaruyushmasi #daromad

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM