O'zkimyosanoat AJ | Rasmiy kanali
2.18K subscribers
9.01K photos
908 videos
2 files
4.12K links
«O'zkimyosanoat» AJ — O'zbekiston Respublikasi kimyo korxonalarini birlashtiruvchi yagona komil korporativ tizimdir.
Matbuot xizmati bilan aloqa:
☎️ +99878 140-74-26
📩 [email protected]
Toshkent, Navoiy-38 / +998712007448
Sayt va Tarmoq: https://rb.gy/h0m1
Download Telegram
Forwarded from Dehqonobod kaliy zavodi AJ | Rasmiy kanali (M. Yuldasheva)
#yoshlar_oyligi
#uchrashuv

🟢 Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda boshqaruv raisi v.b To‘lqin Zaripov, boshqaruv raisining sohaviy o‘rinbosarlar hamda korxona yoshlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlaridagi faolligini oshirish, IT, kitobxonlik, tabiatni asrash va xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish, ushbu yo‘nalishlarda ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Undan tashqari Jamiyat yoshlarining vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni malakali mutaxassis bo‘lib yetishishida amaliy ko‘mak berish, bilim va ko‘nikmalarini oshirish lozimligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar o‘z tashabbuslarini, fikr va mulohazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan uchrashuv yakunida Jamiyat boshqaruv raisi takliflar yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va bosqichma-bosqich ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.

😁 “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati
—————————————————
🌐 Bizning rasmiy sahifalarimiz
————————
🌐Telegram 🌐Facebook
🌐Websahifa 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍👍
#hamkorlik
▶️#live

🔵Ayni vaqtda Tatariston respublikasi raisi Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiya “Navoiyazot”AJda boʻlib turibdi.

🔵Mehmonlar “Chemistry international”MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

🔵Loyiha qiymati 28,5 mln. dollar boʻlgan majmua zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan.

🔵Yiliga 6000 tonna gidrosipropilmetilsellyuloza, 10000 tonna paxta sellyulozasi ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan korxonada hozirda 100 nafarga yaqin xodim mehnat qiladi.

🔵Mehmonlar mahsulot sifati, xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni koʻzdan kechirib, qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI

🌐telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍👍
#hamkorlik

O‘ZBEKISTON-TATARISTON HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p yillik samarali hamkorlikning ezgu an’analari yangi loyihalar uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilyapti.

🟢Tatariston respublikasi raisi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari jamiyat negizidagi “JV Continaz”MCHJ qo‘shma korxonasida ham bo‘lishdi.

🟢Umumiy qiymati 16 mln. dollar bo‘lgan korxonada dastlab karbamid formaldegid konsentrati, KFK-85 bo‘lgan texnik formalin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, hozirda sulfat kislotasi, natriy sulfid hamda qurilishda ishlatiladigan yelim ham tayyorlanmoqda.

🟢Yuqori martabali mehmon korxona negizida barpo etilishi kutilayotgan yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

🟢Kimyoviy mahsulotlar va mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahalliylashtirish, eksport imkoniyatlarini ishga solish, tejamkor texnologiyalar va zamonaviy yondashuv asosida barpo etilayotgan loyihalar mehmonlarda qiziqish uyg‘otdi.

🟢Muloqot chog‘ida kelgusida kimyo sanoatida O‘zbekiston va Tatariston hamkorligini yanada mustahkamlashga oid muhim kelishuvlarga erishildi.

👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI

🌐telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM