Hydromet.uz
5.56K subscribers
11.2K photos
1.66K videos
5 files
9.13K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️[email protected]

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
Andijon gidrometeorologiya boshqarmasi Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi laboratoriyasi xodimlarining yillik ish rejasiga asosan Qoradaryo havzasidagi 1 va 2 postlaridan suv namunalarini olib, dastlabki tahlil qilish jarayonlari. Tahlil natijalariga ko‘ra suvning fizik xususiyatlari (rangi, hidi va harorati) aniqlandi. Suvdagi vodorod ionlari ko‘rsatkichi, bundan tashqari suvda karbonat angidrid bor yoki yo‘qligi va kislorod miqdori aniqlandi.

#andijon #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #atmosfera_havosi #qoradaryo #suv_namunasi #tahlil #kuzatish
Farg‘ona gidrometeorologiya boshqarmasi TMIMKL xodimlari Farg‘ona viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari bilan ifloslantiruvchi manbalar monitoringi dasturiga kiritilgan rejaga asosan yer ustki suv havzalaridan hamkorlikda namunalar olinib, fizik-kimyoviy suv tahlili ishlarini bajardilar. Boshqa ifloslantiruvchi ingridientlar tahlili ishlarini bajarish va tahlil natijalarini solishtirishga kelishib oldilar.

#fargona #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #atmosfera_havosi #suv_namunasi #tahlil #kuzatish
#rasmiy_munosabat

⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 5-6 mart kunlari kuchli shamollar saqlanib qoladi

🌪2022 yil 4-5 mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarida 20-25 m/s tezlikdagi kuchli shamollar kuzatilib, ba’zi joylarda shamol tezligi 30 m/s gacha kuchaygan. Bundan avval Qoraqalpog‘iston hududlarida quruq
va iliq ob-havo kuzatilgan edi. Kuchli shamollar yerning qurigan yuzasidan qum va chang ko‘tarilishiga hamda ayrim joylarda ko‘rinuvchanlikning 180 m gacha kamayishiga olib keldi.

⚠️O‘zgidromet tomonidan ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, kuchli shamollar va chang to‘zonlar ko‘tarilishi haqida oldindan ogohlantirish berilgandi.

5 mart soat 13:00 holatiga respublika hududida yog‘ingarchilik yog‘moqda, bu esa o‘z navbatida qum va changli bo‘ronlarni atmosfera xavosiga ko‘tarilishini oldini oladi.

#rasmiy_munosabat #qumli_boron #shoshilinch_ogohlantirish #atmosfera_havosi #Qoraqalpogiston #kuchli_shamol #hudud