Navoiy gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli g'arbiy Qizilqumda joylashgan meteostansiyalar agrometeorologik kuzatuvchilari yaylov o'simliklarini holatini baholash maqsadida, aprel oyining uchinchi o'n kunligi uchun kuzatuvlar olib bordilar. Kuzatuv natijalariga ko'ra 2022 yilgi yaylov o'simliklarining rivojlanish bosqichlari ko'p yillik me'yoriy qiymatlarga yaqin, 2021 yildan 1,5-2 haftaga ilgari rivojlanmoqda.
#uzgidromet #viloyat #navoiy #agrometeorologiya #yaylov #mutaxassis #kuzatuv
#uzgidromet #viloyat #navoiy #agrometeorologiya #yaylov #mutaxassis #kuzatuv
O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2022 yil 11 yanvardagi 1-son buyrug‘ining ijrosini ta‘minlash maqsadida, Surxondaryo gidrometeorologiya boshqarmasining Gidrologiya bo‘limi, Denov Gidrostansiyasi va FVV bilan birgalikda Oltinsoy tumanida joylashgan Murob, Vaxshivor Bolalar oromgohi o‘rganib chiqildi va o‘rganish jarayonida tegishli ko‘rsatmalar berilib, dalolatnomalar tuzildi.
#uzgidromet #viloyat #fvv #gidrologiya #sel_toshqin #mutaxassis #kuzatuv
#uzgidromet #viloyat #fvv #gidrologiya #sel_toshqin #mutaxassis #kuzatuv
☝️Respublikamizning bazi joylarida sel xavfi kuzatilishi natijasida katta talofatlar yuzaga kelmoqda. Andijon viloyati gidrometeorologiya boshqarmasi o‘rinbosari D. O‘rmonov viloyatda 🔹sel xavfini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan viloyat ishchi guruhi bilan 17-18 may kunlari barcha 62 ta sel xavfi mavjud ob’ektlar o‘rganildi. O‘rganish natijasida daryo muhofaza zonalariga noqonuniy qurilayotgan bino inshootlarga vaqtida chek qo‘yildi. Yuqoridagi o‘rganishda Andijon gidrometeorologiya boshqarmasi pudratchi tashkilotlar bilan jami 100,0 mln so‘m miqdorida shartnomalgar tuzishga erishdi. O‘rganishlar davom etmoqda.
#uzgidromet #viloyat #andijon #gidrologiya #sel_toshqin #mutaxassis #kuzatuv
#uzgidromet #viloyat #andijon #gidrologiya #sel_toshqin #mutaxassis #kuzatuv
🔷Gidrometeorologiya xizmati faoliyatini rivojlantirish, qishloq xo'jaligini isloh qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini ob-havo ma'lumotlari bilan sifatli ta'minlash hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4896 - sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Navoiy viloyati Navbahor tumanida yangi agrometeorologik post 👉ishga tushirildi. Ishsiz qishloq yoshlari ish bilan ta'minlandi.
#uzgidromet #viloyat #navoiy #agrometeorologiya #qaror #mutaxassis #kuzatuv
Telegram | facebook | Instagram | Youtube
#uzgidromet #viloyat #navoiy #agrometeorologiya #qaror #mutaxassis #kuzatuv
Telegram | facebook | Instagram | Youtube