Hydromet.uz
5.3K subscribers
13.2K photos
1.78K videos
19 files
9.53K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️[email protected]

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
#tabrik

O‘zbekiston Aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi O‘zgidromet agentligi jamoasini "23-mart - Umumjahon Meteorologiya kuni" munosabati bilan tabriklaydi.

O‘z o‘rnida, O‘zgidromet agentligi direktori Sh.Khabibullayev O‘zbekiston Aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashiga minnatdorchiligini bildiradi. Kengashning kelajakdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaydi.
👏6👍3🔥2
#tabrik

Hurmatli hamyurtlar!

🌍 Sizlarni 22-aprel — Xalqaro Yer kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Yer — bu biz uchun nafaqat yashash manbai, balki umuminsoniy boylik va olijanoblik timsoli hisoblanadi.

O‘zgidromet agentligi jamoasi nomidan yana bir bor ushbu muhim ekologik bayram bilan muborakbod etaman.

Kelajagimiz uchun tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘laylik!

Hurmat bilan Sh.Khabibullayev,
O‘zgidromet agentligi direktori
❤‍🔥1🤗1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

O‘ZGIDROMЕT 104 YOSHDA!

Bugun O‘zgidromet o‘zining 104 yilligini nishonlamoqda.

Bir asrdan ortiq vaqt davomida xizmatimizning sodiq xodimlari mamlakatimiz, xalqimiz uchun eng dolzarb bo‘lgan ob-havo prognozlari ma’lumotlari bilan bo‘lishib kelmoqdalar.
Yaqin yillarda O‘zgidromet ana shu ma’lumotlarning sifatini oshirish ustida astoydil ishlab kelmoqda.

Respublika hududlarida yangi tashkil etilgan gidrometeorologik
va agrometeorologik stansiya hamda postlar soni umumiy 392 tani tashkil etadi.

Avtomatlashtirilgan kuzatuv tarmoqlari ulushi  83 foizga yetdi. Jumladan, meteorologik stansiyalar 112 tani, qor ko‘chki stansiyalari 7 tani, agrometeorologiya kuzatuv postlari 95 tani, gidrolik kuzatuv punktlari 93 tani, atmosfera havosi sifati monitoringi stansiyalari 23 tani, meteorologik lokator tarmog‘i 6 tani tashkil etadi, Buxoro, Namangan va Surxondaryo viloyatlariga radiusi 200 km hududni qamrab olish imkoniga ega meteorologik radiolakator uskunasi o‘rnatildi.

O‘z o‘rnida, O‘zgidromet mamlakatimizda suv taqchilligi bo‘lmasligini, hosillar mo‘l-ko‘lligini, fasllar o‘z vaqtida bo‘lishini tilaydi. Biz doim sizlar uchun xizmat qilishdan mamnunmiz!

Hurmat bilan,
O‘zgidromet direktori
Sh.Khabibullayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍179👏6❤‍🔥1🔥1😍1
#tabrik

Azizlar,
Har yili 9-may sanasini biz chuqur hurmat va minnatdorlik tuyg‘usi ila nishonlaymiz.

🎗Ushbu sana yuragimizda abadiy saqlanadigan jasorat, sabr-toqat va matonat timsolidir.

O‘zgidromet jamoasi nomidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti fidoyilari va ularning avlodlariga chuqur ta’zim bajo etamiz. Sizlarning jasorat va fidoyiligingiz biz uchun doimo ibrat manbai bo‘lib qoladi.

Barchaga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-baraka, yurtimizga esa tinchlik va osoyishtalik tilaymiz.


Hurmat bilan,
O‘zgidromet direktori
Sh.Khabibullayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8❤‍🔥3👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Azizlar,

Siz va oila a’zolaringizga Qurbon Hayiti munosabati bilan O‘zgidromet jamoasi nomidan eng samimiy va ezgu tilaklarimizni yo‘llaymiz!

Barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, ishlarda muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga qut-baraka, mehr-muhabbat tilaymiz.

Hurmat bilan,
O‘zgidromet direktori
Sh.Khabibullayev
9👍6🔥1🕊1
#tabrik

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

🌐 Sizlarni 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zgidromet agentligi jamoasi nomidan samimiy tabriklayman!

Zamonaviy axborot makonida tezkorlik, xolislik va mas’uliyat kabi qadriyatlarni ustuvor qilayotgan, kasbini sidqidildan ardoqlaydigan barcha jurnalistlar, blogerlar va matbuot fidoyilarining mehnatini yuksak baholaymiz.

Har doim haqiqat va adolat so‘zini xalqqa yetkazib, yurtimiz taraqqiyoti va jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda o‘z hissangizni qo‘shishda davom eting. Ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman!

Hurmat bilan,
Sh.Khabibullayev
O‘zgidromet agentligi direktori
❤‍🔥3🔥3🕊2
#tabrik

Aziz yoshlar!

Sizlarni 30-iyun - Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Sizlarning ilmga chanqoqligingiz, tashabbuskorligingiz va Vatanga sadoqatingiz yuksak e’tirofga loyiq.
Sizlarga muvaffaqiyat, kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar tilayman! Ish faoliyatingizda va ta’limda hamisha oldinda bo‘ling!

Yoshlar — kelajak poydevori!

Hurmat bilan,
O‘zgidromet agentligi direktori
Sh.Khabibullayev
👏6