Hydromet.uz
5.53K subscribers
11.3K photos
1.66K videos
5 files
9.14K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️[email protected]

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
#hududlar_faoliyati

Gidrometeorologiya sohasi haqidagi tushunchalarni oshirish hamda sohadagi o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, Navoiy Davlat Konchilik va texnologiyalar universitetining ilmiy xodimlari va talabalari, Navoiy viloyati Gidrometeorologiya markaziga tashrif buyurdilar.

Soha mutaxassislari talabalarga hozirgi zamonaviy uskunalarning ishlash tartibi bo‘yicha va meteorologik, gidrologik, agrometeorologik kuzatuvlar haqida tushunchalar berdilar.
#xodimlar_faoliyati

Respublika yer usti suv resurslarining holatini monitoring qilish, ularni aniq hisobga olish, shuningdek, vodiydagi daryo va soylardagi gidrologik suv o‘lchash nuqtalari (gidrologik postlar)da transchegaraviy suv resurslarini hisobga olish va ushbu suv o‘lchash nuqtalari orqali o‘tadigan suv oqimi to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar almashinuvini yanada yaxshi ta’minlash maqsadida, Gidrologik kuzatuvlar va prognozlar bo‘limining mutaxassislari N.Straxova va N.Gafurova vodiyga tashrif buyurdilar.

Mazkur xizmat safarida mutaxassislar viloyat Gidrometeorologiya markazlariga biriktirilgan gidropostlarda o‘lchov ishlarini amalga oshirdilar.

Bundan tashqari, mutaxassislar xodimlarning malakasini oshirishda qator tavsiyalar berib, gidropostda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordilar.
#hududlar_faoliyati

Qoraqalpoq Davlat Universitetining 3-bosqich Gidrometeorologiya yo‘nalishi talabalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Gidrometeorologiya markazida yozgi amaliyot ishlarini o‘tashmoqda.

Markaz mutaxassislari talabalar bilan nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash uchun o‘z bilim va ko‘nikmalarini bo‘lishmoqdalar.
#byulleten

28-mayda Toshkent shahridagi meteorologik sharoitlar shaharning havo muhitida zararli moddalarning juda kam miqdorda yig‘ilishiga imkoniyat yaratdi.
__

28 мая метеорологические условия в г. Ташкенте способствовали очень слабому накоплению загрязняющих веществ в воздушном бассейне города.
#allergenlar

🔹Toshkent shahrida joylashgan gul chang qopqonidan 20-26-may  kunlari Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, havo tarkibida allergen o'simliklardan daraxtlar kam miqdor, o’tsimon o’simliklar o'rta miqdorda va zambrug' sporalari yuqori miqdorda uchrashi aniqlandi.
__

🔹Samarqand shahrida joylashgan gul chang qopqonidan 20-26-may Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra,  havo
tarkibida allergen o'simliklardan daraxtlar va o’tsimon o’simliklar kam miqdorda, zambrug' sporalari o'rta miqdorda uchrashi aniqlandi.

__

🔹Qarshi shahrida joylashgan gul chang qopqonidan 20-26-may kunlari Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra,  havo tarkibida allergen o'simliklardan daraxtlar va o’tsimon o’simliklar kam miqdorda va zambrug' sporalari yuqori miqdorda uchrashi aniqlandi.
__

🔹Termiz shahrida joylashgan gul chang qopqonidan 20-26-may kunlari Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, havo tarkibida allergen o'simliklardan daraxtlar va o’tsimon o’simliklar kam miqdorda, zambrug' sporalari o'rta miqdorda uchrashi aniqlandi.
#atmosfera

2024-yil 29-may soat 18:00 dagi Atmosfera havosi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi

PM10 dispersli zarrachalarining miqdori 19,8 mkg/m3 ni tashkil etdi, SanEQvaN 0053-23 (500 mkg/m3) bo‘yicha ruxsat etilgan  me’yordan oshmadi.

PM 2,5 mayda dispersli zarrachalar  miqdori 3,5 mkg/m3 ni tashkil etdi, JSST tavsiyalaridan oshmadi (5 mkg/m3).

Uglerod oksidi CO (avtotransport va sanoat korxonalari chiqindilari) 0,2 mg/m3 ni tashkil etdi, SanEQvaN 0053-23 (5 mg/m3) bo‘yicha ruxsat etilgan me’yordan oshmadi.
__

29 мая 2024 года по данным с автоматических станций  мониторинга атмосферного воздуха в 18:00 г. Ташкенте

Содержание мелкодисперсных частиц РМ 10 составило  19,8мкг/м3, что не превысило предельно допустимой концентрации по СанПиН 0053-23 (500 мкг/м3).

Содержание мелкодисперсных частиц РМ2,5 составило 3,5 мкг/м3 что не превысило рекомендации ВОЗ (5 мкг/м3).

Содержание оксида углерода  СО (выбросы автотранспорта и промышленных предприятий) составило 0,2 мг/м3, что не превысило ПДК по СанПиН 0053-23 (5 мг/м3).
#xodimlar_faoliyati

Bugun Andijon viloyati gidrometeorologiya markazining barcha gidrologik postlarini ish samaradorligini oshirish va xodimlarga amaliy yordam berish maqsadida, O‘zgidromet agentligi mutaxassislari Kampirrovot suv taqsimlash inshootidagi Shaxrixonsoy, Savay va Andijonsoy daryolarida o‘rnatilgan gidropostlarda o‘rganish ishlarini amalga oshirdilar.
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali