Hydromet.uz
5.34K subscribers
13.1K photos
1.77K videos
19 files
9.5K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️[email protected]

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
▶️ Ayni damda Data Rescue & Digitalization Uzbekistan - gidrologik maʼlumotlarni raqamlashtirishga oid loyihani yakunlash bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tmoqda.

⚡️Tadbirni O‘zgidromet direktori Sherzodxo‘ja Khabibullayev ochib berdi.

#uzgidromet #smenar #raqamlashtirish #loyiha #tadbir #gidrologiya

Telegram | Facebook| Instagram 🌐  Youtube 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
✔️Ayni vaqtda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.Abduxakimov ekofaol yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Unda 500 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etmoqdalar.

🔼Yoshlar va vazir o‘rtasidagi muloqot erkin va samimiy kayfiyatda o‘tmoqda.

#ekologiya #hydromet #yoshlar #tadbir #muloqot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#tadbir

2024-yil 22-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi – Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Oʻrmon xoʻjaligi  ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent gidrometeorologiya texnikumlari tomonidan “Orol dengizi qurishining atrof-muhitga taʼsiri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Konferensiya Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga keladigan muhim ekologik muammolarni hal qilish uchun yetakchi ekspertlar, tadqiqotchilar va siyosatchilarni birlashtiradi.

Konferensiyada atrof-muhitni asrash va iqlim barqarorligini ta’minlashga katta qiziqish bildirgan tadqiqotchilar, olimlar, siyosatchilar va soha mutaxassislari qatnashmoqdalar.
👍5
#tadbir

Bugun, 24-aprel “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazilmoqda

24-aprel kuni Toshkentda Prezidentning “O'zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida”gi Farmoniga muvofiq har oyning oxirgi chorshanbasida tashkil etiladigan navbatdagi “Avtomobilsiz kun” tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda O‘zgidromet agentligi xodimlari faol ishtirok etmoqdalar. Siz ham tadbirda faol ishtirok eting va tabiatimizni asrashga o‘z hissangizni qo‘shing.
#tadbir #rahbar_faoliyati

Xabaringiz bor, joriy yilning 22-26 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi Finlyandiya meteorologiya instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Meteorologiya va havo sifati monitoringi” loyihasi doirasida o‘quv amaliy seminarlar tashkil etilgan edi.

Bugun o‘quv amaliy seminar o‘z yakuniga yetdi va O‘zgiromet agentligi direktori Sh.Khabibullayev tadbirda ishtirok etganlarga sertifikatlarni topshirdi.
👍6🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2️⃣2️⃣2️⃣

Ayni damda Intercontinental Tashkent mehmonxonasining Sirdaryo majlislar-zalida O‘zgidromet agentligining 103 yilligi munosabati bilan Iqlim o‘zgarishi va moslashuv masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston gidrometxizmatining rasmiy tashkil etilgan kuni - 1921-yil 7-may kunidir.


Konferensiyadan koʻzlangan maqsad iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha faoliyatning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va moslashish mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha yondashuvlar va imkoniyatlarni taqdim etish, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining Milliy moslashuv rejalarini tayyorlashda olingan saboqlar haqida xabardorligini oshirishdan iborat.

Konferensiya BMTTD tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish va ekologiya masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi va O‘zbekiston ekologik harakati bilan birgalikda Yashil iqlim jamg‘armasi (YaIJ) moliyaviy ko‘magida tashkil etildi.


Tadbirda Ozarbayjon, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston, davlat va nodavlat tashkilotlari, ilmiy hamjamiyat, xalqaro rivojlanish agentliklari va iqlim o‘zgarishiga moslashish sohasida faoliyat yurituvchi moliya institutlari vakillari ishtirok etmoqdalar.


#live #tadbir #hamkorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🕊2👍1
2️⃣2️⃣2️⃣

Ayni damda InterContinental Tashkent mehmonxonasining Sirdaryo majlislar-zalida O‘zgidromet agentligining 103 yilligi munosabati bilan Iqlim o‘zgarishi va moslashuv masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Yashil iqlim jamg‘armasi mamlakatlarning Milliy moslashuv rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha Parij kelishuvi oldidagi majburiyatlarini bajarishlari uchun moliyaviy yordam ko‘rsatayotgani qayd etib o’tildi.


Konferensiya davomida Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi loyihalar natijalari taqdim etilib, iqtisodiyotning iqlim o‘zgarishi jarayonlari oldida eng zaif bo‘lgan tarmoqlari uchun moslashuv rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha yondashuvlar ko‘rib chiqiladi.

Tadbir dasturiga muvofiq, iqlim o‘zgarishiga moslashish masalalari, suv resurslari, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, qurilish sektori va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishga bag‘ishlangan tematik sessiyalarda muhokama qilinadi.

Shuningdek, konferensiya doirasida moslashuv chora-tadbirlarini moliyalashtirish masalalari ham muhokama qilinadi. Tematik sessiya davomida xususiy sektorni jalb qilish imkoniyatlari va moslashuv tadbirlarini moliyalashtirishning innovatsion mexanizmlari ko‘rib chiqiladi

#live #tadbir #hamkorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1
#hududlar_faoliyati
#tadbir

Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Qashqadaryo viloyati Gidrometeorologiya markaziga ekskursiyaga tashrif buyurdilar.

O‘quvchilarga Qashqadaryo viloyati Gidrometeorologiya markazi bosh mutaxassisi A.Tojiyev tomonidan gidrologik va meteorologik jarayonlar, ularni monitoringini olib borish, gidrometeorologik ma’lumotlarning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ahamiyati, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan gidrologik postlar, meteorologik stansiyalar va ulardagi zamonaviy uskunalarning ishlashi tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir

Bugun, 31-may kuni O‘zgidromet agentligida “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish” hamda “5-iyun Xalqaro Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan bolajonlar uchun “Tabiatimizni himoya qilaylik” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.
👍16❤‍🔥51🔥1
#live #tadbir

💠 GEF/UNEP/Oʻzbekiston loyihasi doirasida “Oʻzbekiston Respublikasining Toʻrtinchi Milliy Muloqotini va BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konventsiyasi doirasida ikki yillik yangilanishlar boʻyicha birinchi hisobotni tayyorlash” mavzusida yakuniy seminar o‘z ishini boshladi.

Tadbirni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Suna Park va “O‘zgidromet” agentligi direktori Sh.Khabibullayev kirish so‘zi bilan ochib berdilar.

Tadbir davomida "Iqlim hisoboti, UNFCCC va Parij kelishuvi bo'yicha mamlakat majburiyatlari", "O‘zbekistonda gidrometeorologik kuzatuvlarning rivojlanishi", "Kuzatilgan iqlim o'zgarishlari va qabul qilingan ssenariylar" va boshqa mavzularda ma'ruzachilar tomonidan taqdimotlar taqdim etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤‍🔥1
#mustaqillik_33_yil
#tadbir

💠1-sentabr O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi  munosabati bilan O‘zgidromet agentligi Kasaba uyushmasi va Sport targ‘ibotchisi hamkorligida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Musobaqa g‘oliblari direktor o‘rinbosari I.Karimov va Kasaba uyushmasi raisi Z.Aliyeva tomonidan taqdirlandilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏3❤‍🔥2🔥2
#tadbir

O‘zgidromet agentligida Finlyandiya meteorologiya instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida sohada Finlyandiya tajribasi asosida SmartMet-Alert modeli dasturiy ta’minoti yordamida respublika hududlari kesimida prognozlash va xavfli gidrometeorologik xodisalardan barvaqt ogohlantirish tizimi mahsulotidan foydalanish bo‘yicha markaziy apparat va hududiy gidrometeorologiya markazlari mutaxassislarining bilim malakalarini oshirish yuzasidan o‘quv-amaliy seminar yakunlandi.

Seminar yakuniga muvofiq O‘zgidromet agentligi direktori o‘rinbosari I.Karimov barcha ishtirokchilarga sertifikatlarni topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, SmartMet-Alert modelini joylarga o‘rnatish, sozlash, ma’lumotlarni integratsiya qilish va texnik qo‘llab-quvvatlash yuzasidan AKT yo‘nalishdagi TojikGidromet, Qirg‘izGidromet va O‘zgidromet agentligi mutaxassislarining bilim malakalarini oshirish hamda tajriba almashish bo‘yicha o‘quv amaliy seminari ham tashkil etilgan edi.
👍6🔥3👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir

O‘zgidrometda 8-mart bayrami nishonlandi

Joriy yil 7-mart kuni O‘zgidromet agentligida 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda agentlik direktori Sh. Khabibullayev so‘zga chiqib, ayollarni ushbu go‘zal bayram bilan samimiy qutladi.

Sh.Khabibullayev o‘z nutqida ayollarning jamiyatdagi, ayniqsa, gidrometeorologiya sohasidagi muhim o‘rnini alohida ta’kidlab, ularning fidokorona mehnati va tashkilot faoliyatiga qo‘shayotgan hissasini e’tirof etdi.

O‘zgidromet jamoasi barcha ayollarni yana bir bor ushbu ayyom bilan muborakbod etadi! Doimo baxtli va sog‘-salomat bo‘ling!
❤‍🔥6👍42👏1🕊1
#tadbir
#Bizga_104_yil

2025-yil 7-may kuni
O‘zgidrometning 104-yilligi hamda 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi va bayram dasturxoni yozildi.

Xodimlarni ushbu sanalar bilan tabriklash uchun O‘zgidromet direktori Sh.Khabibullayev so‘zga chiqdi va barchaga sidqidildan qilayotgan mehnatlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Bundan tashqari, direktor o‘z nutqida korrupsiya haqida ham gapirib o‘tdi:

- “Bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri - korrupsiya. U faqatgina iqtisodiyotni emas, jamiyatning ma’naviyatini ham yemiradi.
Har birimiz o‘z ish joyimizda halol va mas’uliyatli bo‘lsak, qonunlarga rioya etsak, jamiyatimizda adolat va ishonch bo‘ladi.”

Shu bilan birga tadbirda sohani rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan bir qator xodimlar hamda sohada xizmat ko‘rsatgan faxriylarga ko‘krak nishonlar topshirildi, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
❤‍🔥32👍2🔥1
#ecoexpo #tadbir
#rahbar_faoliyati

2025-yil “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamkorligida 2025-yil 19–21-iyun kunlari Toshkentdagi "Central Asian Expo" (CAEx) ko‘rgazmalar majmuasida ilk bor "Eco Expo Central Asia 2025" ekologik texnologiyalar xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur xalqaro tadbirda Turkiya, Xitoy, BAA, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Germaniya va yana 25 dan ortiq davlatdan ilg‘or kompaniyalar va tashkilotlar o‘z innovatsion yechimlari bilan ishtirok etmoqda.

Ushbu ko‘rgazmada O‘zgidromet agentligi o‘zining maxsus stendi bilan qatnashmoqda.

O‘zgidromet agentligi stendida quyidagi asosiy yo‘nalishlar yoritilmoqda:

▫️Ob-havo kuzatuv tizimi, meteostansiyalar, real vaqt rejimida prognozlar va xaritalar;
▫️Atmosfera havosining ifloslanishini monitoring qilish: zamonaviy “HORIBA” stansiyalari, elektron platformalar;
▫️Gidrologik tahlil va barvaqt ogohlantirish tizimlari;
▫️Agrometeorologiya: hosildorlik va biologik omillar, tavsiyalar;
▫️Aviameteorologiya va boshqalar.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuring va ekologiya sohasida nafaqat yurtimizda, balki butunjahon bo‘ylab amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot oling 😊
❤‍🔥4👍42👏1