Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
97.9K subscribers
24K photos
6.39K videos
144 files
13.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#press_tur

ЖУРНАЛИСТЛАР МАКТАБЛАРДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ БИЛАН ТАНИШДИ
Бугун, 4 декабрь куни Самарқанд вилояти халқ таълими бошқармасининг Самарқанд шаҳрида янги бунёд этилаётган мактаблар, умумтаълим муассасаларида олиб борилган реконструкция ишлари билан кенг жамоатчиликни таништириш мақсадида пресс-тури ташкил қилинди.
Оммавий ахборот воситаси ходимлари жорий йилда Самарқанд шаҳри мактабларида олиб борилган бунёдкорлик ишлари, жумладан, Қорасув массивида қурилаётган 1680 ўринли янги мактаб биноси, мукаммал таъмирланиб, фойдаланишга топширилган 65-мактаб ҳамда вилоят “Баркамол авлод” болалар мактабида олиб борилган реконструкция ишлари билан бевосита танишишди. Журналист ва блогерларга вилоят халқ таълими бошқармасининг қурилиш бўлими бошлиғи Акмал Хурсандов ҳамроҳлик қилиб, уларни қизиқтирган барча саволларига жавоб берди.
Самарқанд вилояти халқ таълими бошқармаси ахборот хизмати.
_________
📌 Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasining rasmiy kanaliga ulanish: 👉 t.iss.one/samarqandvxtb
#Press_tur
#Angren

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Toshkent viloyati Angren shahridagi ta’lim muassasalari faoliyatini o’rganish maqsadida “Toshkent viloyati tajribasi” mavzusida press-tur bo’lib o’tmoqda.

Unda vazirlik mas’ullari, tizim tashkilotlar va hududiy boshqarmalar matbuot kotiblari hamda jurnalistlar ishtirok etishmoqda.

📍
Press tur doirasidagi birinchi manzil Angren shahar 39-maktab bo’ldi.
 
⚡️Ma’lumot uchun: bugungi kunda mazkur maktabda 30 xil turdagi kasb-hunar o’rgatilmoqda.

Maktab o’quvchilari darsdan bo’sh vaqtlarida buyurtma asosida mahalliy va tashqi bozor uchun mahsulotlar tayyorlab berishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur
#Инклюзив_таълим

🔴 Angren shahridagi uchrashuvlar davom etmoqda.

Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan press-tur doirasidagi ikkinchi manzil 18-umumta’lim maktabi bo’ldi.

Bu yerda ishtirokchilar maktabdagi inklyuziv sinflar faoliyati bilan tanishishdi.

✔️ Ma’lumot uchun: mazkur maktabda 3 yil muqaddam tashkil etilgan ikkita sinfda sog‘lom bolalar bilan 5 nafar imkoniyati cheklangan o‘quvchilar o‘qishni boshlashgan.

⚡️ Hozirda ularning soni 11 nafarga yetdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur

Bugun Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatning Angren shahriga tashkil etilgan
press-tur o’z nihoyasiga yetdi.

⚡️Unda OAV xodimlari viloyatning:

o’quvchilarni kasb-hunarga o’qitish,
inklyuziv ta’lim,
uydagi ta’lim,
maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati Angren shahri misolida tanishtirildi.
_
Fotolavhalarda shahardagi 17-sonli umumta’lim maktabi va 14-sonli Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur

Toshkent viloyati Angren shahridagi ta’lim muassasalari faoliyatini o’rganish maqsadida OAV vakillari uchun tashkil etilgan press-tur jarayonidan video-lavha.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Press_tur
#Barkamol_avlod

⚡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Oʻquvchilar kuzgi ta’tilni qanday oʻtkazmoqda?!” mavzusida press-tur tashkil etildi.

❗️Unda vazirlik mas'ullari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

✔️ Press-tur doirasida qatnashchilar uchun Shayxontohur tuman ”Barkamol avlod” bolalar maktabi misolida:

mazkur maktablardagi toʻgaraklar faoliyati bilan tanishuv,
iqtidorli o‘quvchilar ishtirokidagi konsert dasturlari,
"Barkamol avlod" bolalar maktablari o'quvchilari tomonidan tayyorlangan eng yaxshi ijodiy ishlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
________
Ma'lumot o‘rnida: bugungi kunda Respublikamiz bo'ylab 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. Unda 10 642 ta to‘garakka 312 463 nafar o‘quvchi-yoshlar jalb etilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Президент_совғаси
#Press_tur

“Prezident sovg‘asi” karvoni yo'lga tushdi

Yangi yil bayrami munosabati bilan yurtimizdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun beriladigan “Prezident sovg‘asi” karvonlari hududlarga jo‘nab ketmoqda.

Bugun poytaxtimizda “Prezident sovg‘asi”ni qadoqlash, hududlarga jo‘natish jarayonlari doir tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir doirasida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkil etilib, jarayonlar bilan yaqindan tanishtirildi.

⚡️Umumiy hisobda 11 000 dona tayyorlangan “Prezident sovg‘asi” tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, darts magnit taxtasi va boshqa sovg‘alar kiritilgan.

Shuningdek, 12 yoshdan katta 1600 nafar tarbiyalanuvchilar sovg‘alari tarkibiga planshetlar ham kiritilgan.

❗️“Prezident sovg‘asi” hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30-dekabr kunlari tantanali tarzda topshiriladi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1406

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur

“Prezident sovg‘asi”ni qadoqlash, hududlarga jo‘natish jarayonlariga bag'ishlab tashkil etilgan press-turdan videolavha.

#25_dekabr #Toshkent

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Press_tur
#Янги_Ўзбекистон_университети

"Yangi O'zbekiston" universitetining yangi o'quv binosiga press-tur

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkil etildi.

✔️Unda jurnalistlar universitet faoliyati, o'quvchilar tomonidan qo'lga kiritilayotgan yutuqlar, yaratilgan sharoitlar, zamonaviy laboratoriya xonalari hamda oliygoh hayotiga oid yangiliklar bilan tanishishdi.


❗️Ta'kidlash joiz, yangi o'quv yilidan e'tiboran "Yangi O'zbekiston" universitetida magistratura bosqichi ta’lim dasturi ochildi va ayni paytda ta'lim muassasasi yangi o'quv binosida o'z faoliyatini davom ettirmoqda.

Ma'lumot o'rnida: hozirda universitetda:

Kimyo va materialshunoslik muhandisligi,
Mexanika muhandisligi,
Dasturiy ta’minot muhandisligi,
Kiber xavfsizlik,
Sun’iy intellekt va robototexnika,
Amaliy matematika,
Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili,
Pedagogika va Sanoat boshqaruvi kabi 9 ta ta’lim yo‘nalishining bakalavriat bosqichida talabalar tahsil olishmoqda.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1459

#Fotoreportaj #New_Uzbekistan_University #26_January #Tashkent

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PRESS_TUR

🔰Attestatsiya

Ommaviy axborot vositalari uchun press-tur tashkil etildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-aprelidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun malaka test sinovlari o‘tkazilmoqda.

Kuni kecha mazkur test jarayonlaridan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida poytaxtimizdagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi binosida press-tur tashkil etildi.

🏃‍♂️Tadbir O‘zbekiston Respubikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi, Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbir davomida jurnalistlar sinov jarayonlarining sifatli va shaffof o‘tkazilishini taʼminlash maqsadida yaratilgan shart-sharoit, qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#call_markaz
#press_tur

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Qabul-2024 bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati bilan OAV vakillarini yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashki etildi.

Bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu maktablarga 1-iyundan boshlab hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali 20-iyungacha onlayn qabul qilinmoqda.

Ota-ona va o‘quvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 10-may kunidan 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib kuniga 3000 mingga yaqin murojaatlarga batafsil javob berib kelinmoqda.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida joylashgan mazkur Call-markaz shu yilning 1-oktyabriga qadar har kuni soat 09:00dan 19:00gacha faoliyat koʻrsatadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur
#Namangan

Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Davlatobod tumanida joylashgan 91- va 95-maktablardagi qurilish-ta'mirlash jarayonlari bilan tanishtirish yuzasidan press-tur tashkil etildi.

Unda OAV vakillari ta'lim muassasalaridagi qurilish-ta'mirlash jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

Ma’lumot o‘rnida: 95-sonli maktabda 280 o‘rinli mukammal ta’mirlash, yangi sport zal, 660 o‘rinli qo’shimcha o‘quv binosi qurilmoqda.

91-sonli umumta’lim maktabida esa 270 o‘rinli binoni mukammal ta’mirlash ishlar olib borilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Press_tur

“Prezident sovgʻalari” oʻz egalari tomon yoʻl oldi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 1-sinf oʻquvchilariga beriladigan "Prezident sovgʻalari" ni hududlarga joʻnatish va yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik boʻyicha olib borilayotgan jarayonlar targʻibotiga bagʻishlangan press-tur tashkil etildi.

“Taʼminot va logistika xizmati” korxonasi hududidan boshlangan tadbirda vazirlik mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillari, pedagoglar ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, 2024-2025-oʻquv yilida respublikadagi mavjud 10 182 ta umumtaʼlim maktabiga 719 366 nafar maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan boʻlib, hozirga qadar 586 290 nafar (81,5%) oʻquvchi qabul qilindi.


1-sinfga qabul qilingan oʻquvchilarga 12 nomdagi oʻquv qurollaridan iborat “Prezident sovgʻasi” berilishi koʻzda tutilgan.

Ushbu oʻquv qurollari joriy yilning 10-avgustiga qadar hududlarga, 20-avgustiga qadar qabul qilingan oʻquvchilar soniga mos ravishda barcha maktablarga toʻliq yetkaziladi.

📍 Tadbir ishtirokchilari press-tur davomida Toshkent shahridagi 126-maktabda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik boʻyicha olib borilayotgan ishlar hamda 204-sonli DMTT faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1690

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur

PRESS-TUR: MAKTABDAN TASHQARI TA’LIM TAJRIBASI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan barcha hududiy bo’linmalar matbuot kotiblari uchun Yakkasaroy tuman “Barkamol avlod” maktabida press-tur tashkil etildi.

❗️Mazkur tadbir 1-oktabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan madaniy tadbirlar doirasida o’tkazildi.


Press-turda ishtirokchilar Toshkent shahar Yakkasaroy tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi misolida:

➡️oʻquvchilarning yangi oʻquv yili davomida boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,
➡️ toʻgarak a’zolarini kasb-hunarga yoʻnaltirish,
➡️texnika, konstruktorlik va modellashtirish boʻyicha erishilayotgan Xalqaro gʻalabalar,
➡️ijodiy sahna ko‘rinishlari,
➡️STEAM yoʻnalishi boʻyicha tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyati tanishtirildi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur

Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti yangi binosiga
press-tur tashkil etildi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining yangi binosiga press-tur tashkil etildi.

📍 Tadbirda vazirlik mutasaddilari tomonidan OAV xodimlari, radio, televideniya, ommaviy nashrlar jurnalistlari va blogerlarga mazkur muassasa yaqindan tanishtirildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov yig‘ilganlarga hamrohlik qilib, institut faoliyati borasida batafsil tushuncha berdi.

❗️Dastlab, OAV xodimlari Abdulla Avloniy nomidagi yodgorlik Muzeyi, 87 750 ta fondga ega Axborot-resurs markazi hamda menejerlik o‘quv kurslari hamda pedagoglarning malakasini oshirish uchun 850 o‘rinli zamonaviy o‘quv xonalari bilan tanishdi.


⚡️So‘ngra jurnalistlar innovatsion faoliyatni rivojlantirish, tabiiy fanlar va muhandislik, matematika yo‘nalishdagi fanlararo, ilmiy-tadqiqot va loyiha mashg‘ulotlariga asoslangan zamonaviy ta’lim muhitini yaratish maqsadida tashkil etilgan STEAM laboratoriyasida ham bo‘lishdi.

Jurnalistlarga institut tarkibida bo‘lgan, to‘liq qayta ta’mirdan chiqarilgan, malaka oshirish maqsadida kelgan pedagoglar uchun hozirlangan 560 o‘rinli zamonaviy mehmonxona tipidagi yotoqxona ham ko‘rsatildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur
#Toshkent_viloyati

OAV vakillari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan tanishishdi

🔴 Bugun Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga press-tur tashkil etildi. Tadbirda OAV xodimlari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joiz, viloyatning Qibray tumanidagi maktabgacha ta’lim tizimi doirasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Press-tur avvalida "Namuna baby" xususiy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

📍 Mazkur xususiy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 2023-yilda faoliyatini boshlagan. Muassasa 150 o‘rinli bo‘lib, ayni vaqtda maskanda 150 nafar bola ta’lim-tarbiya olib bormoqda.

Tadbir davomida OAV xodimlari 20-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda YATT Latipova Mavluda Xaitbayevna oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

Ma’lumot uchun: bugungi kunda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufida 2332 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, unda 168 034 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.

Shundan 588 tasi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lsa, 1744 tasi xususiy sektor ulushiga to‘g‘ri keladi. Shundan 137 tasi xususiy nodavlat, 47 tasi davlat xususiy sherikchilik tartibida qurilgan va 1559 tasi oilaviy bog‘chalardir.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik_
#Press_tur

Kembrij xalqaro tashkiloti eksperti Qoraqalpog‘istonda

☄️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Kembrij xalqaro tashkiloti eksperti Stiv King va ommaviy axborot vositalari ishtirokida media tur tashkil etildi.

Dastlab ishtirokchilar Nukus shahrida yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan tashkil etilgan "Kardar academy school" nomli nodavlat xususiy maktabga tashrif buyurib, u yerda o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

☄️ Shuningdek, Stiv King xizmat safari davomida Nukus shahridagi 46-ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflari bo‘lgan umumta’lim maktabida bo‘ldi.

Mazkur maktabdagi Kembrij sinflarida o‘quvchilar bilan ingliz tilida suhbatlashdi. Suhbat davomida eng yaxshi ingliz tilida so‘zlashuvchi 2 nafar o‘quvchiga planshet sovg‘a qildi.

☄️ So‘ngra Nukus shahridagi Prezident maktabida bo‘lib,yaratilgan qulayliklar va o‘qituvchilarning dars o‘tish uslublari bilan tanishib, o‘z takliflarini bildirdi.

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦
#PRESS_TUR

"SHAXMAT KARVONI" YO‘LGA CHIQDI

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi bilan hamkorlikda “Shaxmat karvoni” tadbiri tashkil etildi.


Tadbir doirasida, dastlab "Ta’minot va logistika" DUK Toshkent shahar filialida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkil etildi hamda "Shaxmat karvoni"dagi jihozlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Ayni damda ushbu karvon orqali Toshkent shahar va Toshkent viloyati umumta’lim maktablari uchun 17 mingta shaxmat doskalari to‘plami yetkazib berilmoqda.


❗️Joriy yil yakuniga qadar boshqa hududlardagi ta’lim muassasalariga ham 150 mingta shaxmat jihozlari to‘plami yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

📍 Shundan so‘ng, mazkur karvonning ilk manzili o‘laroq Uchtepa tumanidagi 287-maktabda o‘quvchilar bilan uchrashuv, shaxmat doskalarini tarqatish tadbiri tashkil etildi. Shuningdek, mazkur sport turiga qiziquvchi yoshlar bilan grossmeysterlar ishtirokida mahorat darslari va shaxmat o‘yinlari tashkil etildi.

Ta'kidlash joiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4954-sonli Qarorida bolalar va o‘smirlarning shaxmat bilan shug‘ullanishlariga qiziqishlarini oshirish, ta’lim muassasalari o‘quvchilarini ushbu sport turiga doimiy jalb qilib borish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan.


Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM