Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.1K subscribers
20.9K photos
5.94K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
"Mehrli Maktab" loyihasi doirasida "УчимЗнаем" loyihasi rahbari, professor Sergey Sharikov ishtirokida gospital maktabning hududiy filiallari bilan o‘zaro hamkorligini tayyorlash bo‘yicha professional amaliy seminarlar o‘tkazildi.

Shuningdek, "Mehrli Maktab"da ta’lim olgan bolalarni umumta’lim maktablariga qayta integratsiya qilish jarayonida o‘qituvchilar tarkibini tayyorlash masalasi tadbirlarning muhim mavzusi bo‘ldi.

"Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika" moduli bo‘yicha tahsil olayotgan pedagogika oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘zlarining gospital maktabdagi dastlabki ish tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.



В рамках проекта Mehrli Maktab состоялись профессиональные практические семинары с участием руководителя проекта «УчимЗнаем», профессора Сергея Шарикова по подготовке взаимодействия госпитальной школы с её региональными филиалами.

А также важной темой мероприятий стал вопрос подготовки педагогического состава при реинтерграции детей в общеобразовательные школы после прохождения обучения в Mehrli Maktab.

Своим первым опытом работы в госпитальной школе поделились студенты педагогических вузов, обучающихся по модулю «Инклюзивное образование. Госпитальная педагогика».

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#29_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Abu Bakr Narshaxiy" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda tarixchi olim Abu Bakr Narshaxiy hayoti va faoliyati aks ettiriladi.

Davomi bor...
❄️💻 “Raqamli Avlod” IT Oromgohi 2025 – Qishki mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tishni boshladik!

Yangi yilni biz bilan texnologiyalar olamida boshlang! Loyiha 2025-yil, 3-yanvardan 7-yanvarga qadar onlayn va oflayn formatda bo'lib o'tadi.

🔵 Onlayn yo'nalishlar:
•Python
•.Net
•React
•SMM
•AI
•DevOps
•Mobile Flutter

🔴 Oflayn yo'nalishlar:
Robototexnika
CyberSport (Dota 2)
Digital Art
Dasturlash (nocode)
3D modellashtirish
AI (GPT)

📝Ro‘yxatdan o‘tish: online.raqamliavlod.uz


Shoshiling! Qiziqarli darslar, zamonaviy texnologiyalar va o‘zgacha tajribalarni qo‘ldan boy bermang! 🙌

___

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha Simpoziumlar saroyida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimini oʻtkazdik.

Tadbirda joriy yilda alohida ahamiyatli yutuqlarga erishgan bir guruh umumtaʼlim, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va pedagoglari “Xalq taʼlimi fidoyisi” va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.

Ayni vaqtda tizimdagi mavjud 10 mingdan ortiq maktab va 38 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 700 ming nafarga yaqin pedagoglar 8,7 mln nafarga yaqin tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berib kelmoqda. Barchangizni tabriklayman, yuz minglar orasidan tanlangan, munosib deb topilganingiz bilan!

Tadbir soʻnggida “Turon” teatri yosh ijodkorlari ijrosida Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmi” spektakli hamda madaniy dasturlar ham namoyish etildi.

@hilola_umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada
#yakuniy_bosqich
#koreys_tili

KOREYS TILI BO‘YICHA II RESPUBLIKA OLIMPIADASINING YAKUNIY BOSQICHI O‘TKAZILDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida koreys tili bo‘yicha II Respublika olimpiadasining yakuniy bosqichi hamda olimpiada g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur olimpiada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 2 bosqichda tashkil etildi.

1-bosqich (hududiy)da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan jami 1 272 nafar o‘quvchi koreys tilida tinglash va o‘qish mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, eng yuqori natija ko‘rsatgan 150 nafar ishtirokchi Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

2-bosqich (yakuniy)da jami 150 nafar o‘quvchi ishtirok etib, koreys tilida tinglab tushunish, yozish ko‘nikmalari, o‘qish ko‘nikmalari va grammatika shartlari asosida yozma va test sinovlarini topshirdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 9-, 10-, 11-sinflar kesimida 3 nafar g‘olib va 7 nafar sovrindor aniqlandi.

Olimpiadaning taqdirlash marosimida Janubiy Koreyaning O’zbekistondagi elchisi Von Do Yon, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Sherzod Karimov, Koreya ta’lim markazi direktori Lee Young Woong hamda Agentlik huzuridagi Fan olimpiadalari markazi direktori To’raboy Shermatov g‘olib va sovrindorlarga Koreya Respublikasiga ta’lim sayohati yo‘llanmasi hamda esdalik sovg’alarini topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube