Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Эътироф

Ота-оналарнинг «Онлайн мактаб» лойиҳаси доирасида ўқитувчиларимизнинг дарслари юзасидан билдираётган илиқ фикрлари давом этмоқда. Улардан бири Facebook ижтимоий тармоғида Эвелина Золотова-Бкзакова томонидан ёзиб қолдирилган. У ўз мурожаатида Евгений Суворовнинг дарсларини эътироф этиб, унга ҳамда вазирлигимиз номига ўз миннатдорлик сўзларини ёзиб қолдирган.
Евгений Александрович Суворов Чилонзор туманидаги 163-сонли умумтаълим мактабининг инглиз тили ўқитувчиси.

У бугунги кунда мактабнинг 1-9 синф ўқувчилари учун инглиз тили фанидан дарс берибгина қолмай “Онлайн мактаб” лойиҳасида лойиҳасида таълим рус тилида бўлган 5-синф ўқувчилари учун ўзининг бор маҳоратини ишга солиб инглиз тилидан таълим бермоқда.

Евгений Александрович ўзи ҳам ушбу мактабнинг собиқ битирувчиси. У иқтидорли, доимий равишда ўз устида ишлайдиган, изланувчан мутахассис. Ушбу лойиҳада ўзининг маъсулиятлиги ва талабчанлиги билан ажралиб туради.

Ўқитувчиларимизга машаққатли меҳнатлари учун миннатдорлик изҳор қиламиз.

@uzedu
#Эътироф

“Онлайн мактаб” сабаб фарзандимнинг тарихдан қўшимча адабиётлар топиб ўқишга ҳам қизиқиши ортди”

Ижтимоий тармоқларда «Онлайн мактаб» лойиҳаси доирасида ўқитувчилар ҳақида билдирилаётган ижобий фикрлар сони ортиб бормоқда.

Ана шундай навбатдаги пост Учтепа туманидаги 194 –умумтаълим мактабнинг тарих фани ўқитувчиси Татьяна Валентиновнанинг дарслари хусусида қолдирилди.

Facebook ижтимоий тармоғи фойдаланувчиси Ксения Мыльникова тарих ўқитувчисининг қизиқарли дарсларини алоҳида эътироф этган. Унинг ёзишича, Татьяна Иванованинг дарсини онлайн кузатган фарзандларида мазкур фанга ҳамда ушбу фан бўйича қўшимча адабиётларни ҳам топиб ўқишга қизиқиши ортган.

«Бутун оиламиз номидан Халқ таълими вазирлигига қизиқарли онлайн дарслар ҳамда малакали ўқитувчилар учун миннатдорлик билдирамиз», деб ёзади Ксения Мыльникова.

Татьяна Иванова 2019-2020 ва 2020-2021 ўқув йилларида «Онлайн мактаб» лойиҳасида таълим рус тилида бўлган 5-6-синфлар учун тарих фанидан дарс бериб келмоқда.

Халқ таълими вазирлиги томонидан «Онлайн мактаб» лойиҳасида самарали меҳнат қилиб, ватанимиз равнақи ва баркамол авлоднинг билим салоҳиятини оширишга қўшаётган беминнат хизматлари учун “Халқ таълими аълочиси” кўкрак нишони билан тақдирланган.

Ўз навбатида Халқ таълими вазирлиги ҳам ўз касбининг фидойиси бўлган жонкуяр устоз Татьяна Ивановага бундан кейинги иш фаолиятида ҳам улкан зафарлар тилаб, мазмунли дарслари учун миннатдорлик билдиради.
#Эътироф

Фейсбукда “Онлайн мактаб” лойиҳасининг физика ўқитувчиси қидирилмоқда

Аввалроқ “Онлайн мактаб” лойиҳасида таълим бераётган ўқитувчилар тўғрисида ота-оналар томонидан кўпгина ижобий фикрлар қолдирилаётгани ҳақида хабар бергандик.

Навбатдаги пост эгаси Умида Камилова “Онлайн мактаб” лойиҳасида таълим рус тилида бўлган 6-7-синфлар учун сабоқ бераётган ўқитувчи Елизавета Андреева ҳақида Facebook ижтимоий тармоғида ёзиб қолдирган.

Умида Камилованинг ёзишича, физика фани унинг ўғли учун янги фан бўлишига қарамай Елизавета Андрееванинг илк дарсларданоқ мавзуларни аниқ ва қизиқарли тушунтириши сабаб ўғлида ушбу фанга бўлган қизиқиш уйғотган. Умида Камилова ўқитувчига шахсан миннатдорлик изҳор қилиш учун уни излаётганини ва интернет фойдаланувчилардан ўқитувчини топишда ёрдам беришларини сўраган.

Елизавета Андреева Яшнобод тумани 145–умумтаълим мактабининг физика фани ўқитувчиси. У 2020-2021- ўқув йилида “Онлайн мактаб” лойиҳасида таълим рус тилида бўлган 6-7-синфлар учун физика фанидан дарс бериб келмоқда. Жорий йилда Халқ таълими вазирлиги “Онлайн мактаб” лойиҳасида самарали меҳнати эвазига Елизавета Александровнани “Халқ таълими аълочиси” кўкрак нишони билан тақдирлаган.

“Онлайн мактаб” лойиҳаси доирасида ўқувчиларда ўқишга бўлган иштиёқни ошираётган ўқитувчиларимизга ҳамиша ота-оналарнинг эътирофида бўлишларини тилаб қоламиз.

Маълумот учун: “Онлайн-мактаб” лойиҳаси доирасида бугунги кунга қадар 4708 та телевизион дарслар эфирга узатилган. Телевизион дарсларни тасвирга олиш ва эфирга узатиш ишлари учун таълим муассасаларидан жами 146 нафар тажрибали, малакали ўқитувчилар, 40 нафар муҳаррир ва
12 нафар сурдо-таржимонлар жалб қилинган.
#Эътироф
Халқ таълими вазирлигининг “Замонамиз қаҳрамонлари” лойиҳаси иштирокчиси, Андижон шаҳридаги 13-ИДУМнинг инглиз тили фани ўқитувчиси Искандар Саттибоев Ўзбекистон Халқ таълими вазирлиги томонидан “Халқ таълими аълочиси” нишони билан тақдирланди.

Андижон вилояти халқ таълими бошқармаси полиглот-педагогимизнинг ёш авлодга таълим беришдек шарафли ва масъулиятли ишларида улкан муваффақиятлар тилаб қолади.
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
#эътироф
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHI IELTS IMTIHONIDA 8.5 BALLNI QO'LGA KIRITDI

🔹O‘zbekiston yoshlarining xorijiy til o‘rganish bo‘yicha eng yaxshi natijalaridan biri qayd etildi.

🔹Buxoro shahridagi 2-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Parviz Tuksanov til bilish darajasini belgilovchi xalqaro IELTS imtihonida 8.5 ballik natijasini qo‘lga kiritdi.

🔹 Shuni alohida e’tirof etish joizki, u o‘qish va tinglash ko‘nikmalaridan eng yuqori natija - 9 ballni qayd etdi.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
#эътироф
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHI “YOSH KITOBXON” TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHIDA FAXRLI 3-O‘RINNI QO‘LGA KIRITDI

📚Halima Sharopova Buxoro shahridagi 35-umumta’lim maktabining 8-sinfida tahsil oladi. Bolaligidan adabiyotga, mutolaaga ishtiyoqmand bo‘lgan bu iqtidorli qizning hozirga qadar o‘qigan kitoblari uch yuztaga yetib qoldi.

📚Hali o‘qishni bilmagan 5-6 yoshlarida jajji qizaloqqa onasi turli ertak kitoblar o‘qib berar, u esa jon qulog‘i bilan berilib tinglardi.

📚-Birinchi sinfda Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asarini o‘qib berganman. Shundan keyin o‘zi kitob tanlab, o‘qiy boshladi,-deydi onasi Ruxshona Sharopova.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-02-19

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эътироф

Oʻquvchilariga stipendiya joriy etgan andijonlik ustozga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tashakkurnomasi yetkazildi


Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi 6-umumta’lim maktabi rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Yorqinoy Mamatisaqova oʻquvchilarni qo’llab-quvvatlash maqsadida stipendiya joriy etgani haqida xabar bergandik.

30 yillik tajribaga ega ustozimiz bu orqali sinfdagi o’quvchilarning yangi bilimlarni egallashdagi motivatsiyasini oshirish, ularning fanni o’rganishdagi qiziqishlarini oshirishni maqsad qilgan.

❗️Yorqinoy Mamatisaqovaning mehnatlari va jonkuyarliklarini alohida e’tirof etgan holda, unga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tashakkurnomasi topshirildi.


Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эътироф
#Attestatsiya

🔴
Ayni kunlarda Respublikamiz bo‘ylab malaka toifasi uchun test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Jarayonlarda ishtirok etayotgan pedagoglardan savollar bilan bir qatorda e'tiroflar ham kelib tushmoqda.

📍 Quyida #эътироф rukni ostida ustozlar fikrini taqdim etib boramiz:
____________________
Akmal Mamadaliyev,
Namangan viloyati, Namangan shahar 8-umumta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi:


Men 26-aprel kuni oliy toifa uchun attestatsiya test sinovini topshirdim. Sinovgacha o‘z ustimda qattiq ishladim. Testga kirganimda guruh nazoratchilarining muomalasidan juda xursand bo‘ldim. Bu menga psixologik ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Savollar masalasiga kelsak, o‘z ustida ishlagan pedagog qiynalmaydi. Jarayon ham juda yaxshi tashkil etilgan. Testni muvaffaqiyatli topshirdim va 88 ball bilan oliy toifaga o‘tdim.

Malaka toifasi uchun test topshirayotgan barcha pedagoglarga omad tilayman!
______________

Nilufar Umarova,
Farg'ona viloyati, Quva tumani 65-maktab Tasviriy san'at va chizmachilik fani o‘qituvchisi:


4-may kuni attestatsiya jarayonlarida ishtirok etdim. Jarayonlar shaffof tashkil etilgan.

Savollar esa chindan ham juda yaxshi tuzilgan. Ular pedagogni oz ustida ishlashga, o‘ylashga chorlaydi.

Test sinovi yakunida yuqori ball bilan 2-toifaga o‘tdim.
_____________

❗️Siz ham jarayonlar haqida taassasurotlaringiz va savollaringizni https://t.iss.one/uzedu_vazirbot manziliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эътироф
#Attestatsiya

Malaka toifa sinovlarida ishtirok etayotgan pedagoglardan kelib tushgan e'tiroflarni e’lon qilishda davom etamiz:

Iroda Islomova
Toshkent shahar, Chilonzor tumani 173- maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi:


25-aprel kuni 1-toifa uchun test sinovi topshirdim. Sinovgacha o‘z ustimda qattiq ishladim, barcha yangilangan darsliklarni yana bir bora ko‘zdan kechirdim.

Testga kirganimda attestatsiya topshiruvchi o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoit, guruh nazoratchilarining muomalasidan xursand bo'ldim.

Savollar masalasiga keladigan bo'lsak, barcha tuzilgan testlar faqatgina darslik kitoblarimizdan tuzilgan, o‘z ustida ishlagan pedagog qiynalmaydi. Jarayon ham juda yaxshi, shaffof tashkil etilgan.

Testni muvaffaqiyatli topshirdim va 80 ball bilan birinchi toifaga o‘tdim.

Malaka toifasi uchun test topshirish ostonasida turgan barcha pedagoglarga omad tilayman!
_____
Dilrabo Xasanova,
Toshkent shahri, Olmazor tumani, 315-maktabning Matematika fani o’qituvchisi:

Malaka toifasi uchun attestatsiya jarayonlari juda yaxshi tashkil etilgan, mas’ullarga tasanno.

Barchasi puxta yo’lga qo’ygan. Hamma hududda testlar baravar boshlandi, lekin smenalarda test bazalarni takrorlanmasligi ta’minlandi.

Tashkilotchilarga o’z minnatdorligimni bildiraman.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эътироф
#Attestatsiya

Malaka toifa sinovlarida ishtirok etayotgan pedagoglardan kelib tushgan e'tiroflarni e’lon qilishda davom etamiz:

Mahmud Eshmuratov,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qo'ng'irot tumani, 14-umumta'lim maktabining texnologiya fani o'qituvchisi:


Men 6-may kuni Texnologiya fanidan attestatsiyada ishtirok etib, 72 ball bilan birinchi toifaga o'tdim.

Savollar bizni fikrlashga va doimiy izlanishda bo'lishga undaydi. Jarayonlar ham a'lo darajada tashkil etilgan.

Barcha tashkilotchilarga minnatdorlik bildiraman.
_______
Gulmira Tusmatova,
Fargʻona viloyati, Bаg'dod tumani, 29-umumta‘lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi:

Men 3-may kuni bo‘lib o‘tgan test sinovlarida geografiya fanidan ishtirok etdim va 90 ball to‘plab, oliy toifani qayta himoya qildim.

Savollar judayam yaxshi tuzilgan. Ko‘pchilik qiyin ekan deyishiga qaramay barcha topshiriqlar yaxshi tayyorlangan, deb hisoblayman. O'z ustida ishlovchi pedagogning saviyasiga mos.

Har yili attestatsiyada shunday testlar tuzilsa yaxshi bo‘lardi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya_2024
#Эътироф

🔹SAMARQANDLIK O‘QITUVCHI ATTESTATSIYADA 100 BALLNI QO‘LGA KIRITDI

Samarqand shahridagi 6-umumta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Nodirbek Soliyev attestatsiya malaka (test) sinovidan 100 ballni qo‘lga kiritib, avvalgi sinovlarda erishgan oliy toifasini himoya qildi!

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
#Attestatsiya_2024
#Эътироф

Farg‘onalik o‘qituvchi attestatsiyada 100 ballni qo‘lga kiritdi

Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Muhabbat Tojiyeva attestatsiya malaka (test) sinovidan 100 ballni qo‘lga kiritdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эътироф
#Attestatsiya_2024

Xorazmlik o‘qituvchi attestatsiyada 100 ballni qo‘lga kiritdi

Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumani 2-son umumiy o‘rta ta'lim  maktabining fransuz tili fani o‘qituvchisi Adiljan Yakubova attestatsiya malaka (test) sinovidan 100 ballni qo‘lga kiritdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эътироф
#Attestatsiya

Xafiza Ahmedova,
Samarqand viloyati, Payariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabning rus tili fani o‘qituvchisi:

Men attestatsiya imtihonlarida qatnashib, 76 ball bilan 1-toifani qo‘lga kiritdim.

Jarayonlar yaxshi tashkil etilgan, judayam chiroyli o‘tdi. Savollar ham zo‘r tuzilgan - odamni o‘ylantiradi, mantiqni ishlatishga undaydi.

Tashkilotchilarga ham alohida minnatdorlik bildiraman, imtihon jarayonlari ustozlar uchun qulay va talab darajasida o‘tkazildi.
_______

Lola Berdiyeva,
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani  40-maktabning Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi:


Yaqinda navbatdagi attestatsiya jarayonlarida ishtirok etdim. Testga kirgunga qadar hamroh ustozlar bilan ham yo'l-yo'lakay mavzularni takrorlab, savol-javob qilib bordik.

Test jarayonida faqat o‘z bilimimizga tayandik. Mana, yuzim yorug‘ bo‘lib, imtihon natijalariga ko‘ra oliy toifaga ega bo‘ldim.

Jarayonlar shaffof tashkil etilgan. Barcha tashkilotchilarga rahmat. Qolgan ustozlarimizga ham omad tilayman!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эътироф
#Attestatsiya

Xayrulla Saydullayev,
Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanidagi 63-umumtaʼlim maktabining tarix fani o‘qituvchisi:


✍️Toifa imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tdim. Boisi, test savollari juda qiziqarli tuzilgan.

Buning uchun mutaxassislik fanlari bo‘yicha test tuzgan masʼullarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

_______

Shohruh Toshxo‘jayev,
Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi 3-ixtisoslashtirilgan maktabning tarix fani o‘qituvchisi:


✍️Attestatsiya imtihonida 90 ball olib, 1-toifani qo‘lga kiritdim.

Savollar oddiydan murakkabga tomon yo‘naltirilgan.

O‘qituvchini o‘z ustida ishlashga undovchi, mantiq va mulohaza, taqqoslashga oid savollar tuzilgani uchun tashkilotchilarga minnatdorlik bildiraman.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эътироф
#Attestatsiya

🏃‍♂️Chinnigul Lutfullayeva,
Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanidagi 17-umumtaʼlim maktabining tasviriy sanʼat va chizmachilik fani o‘qituvchisi:


✍️Tasviriy sanʼat va chizmachilik fani bo‘yicha attestatsiya sinovlarida qatnashib, 74 ball bilan 1-toifani oldim.

Savollar juda yaxshi tuzilgan, hammasi bizga tavsiya etilgan adabiyotlardan. Vaqt masalasi ham to‘g‘ri tashkillashtirilgan. Menda hattoki ortiqcha 58 daqiqa vaqt qoldi.

Jarayonlar shaffof. Masʼullarga o‘z tashakkurimni bildiraman.

_______

🏃‍♂️ Gulmira G‘aniyeva,
Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanidagi 6-maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi:


✍️Toifa sinovlarida ishtirok etib, 86 ball oldim. Savollardan ko‘nglim to‘ldi.

Eng asosiysi, savol tuzishda darslikdan chetga chiqilmagan, mujmallik yo‘q.

O‘qigan ustoz, albatta, natijaga erishadi. Menga "Qissasi Rabg‘uziy", "Baxtli shahzoda", "Kecha va kunduz" asarlaridan testlar tushdi. Maslahatim, yangi darsliklarni ham bir ko‘zdan kechiringlar. Tilshunoslik testlari ham o‘rtacha darajada, bemalol ishlash mumkin. Hammaga omad!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эътироф
#Attestatsiya

Abdurasul Rahimov,
Buxoro viloyati, Romitan tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi:


Men yaqinda malaka toifasi uchun test jarayonlarida ishtirok etdim. Jarayon yakunida shu fikrga keldimki, o‘ziga ishonchi baland, bilimi bor o‘qituvchi uchun bu jarayonlar hech qanday qiyinchilik tug‘dirmas ekan.

Quvonarlisi, malaka (test) sinovlari fan mutaxassislari tomonidan tuzilganligi yaqqol sezilib turibdi. Ya’ni testlar "fan egalari" tomonidan, tavsiyaviy ahamiyatga ega o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari asosida tuzilgan.

Barcha savollar aniq manbaga ega. Hattoki fan o‘quv rejasi mavzulariga yaqin bo‘lgan chalkash savollar ham kuzatilmadi. Savollar saviyasi yuqori darajada.

O‘qituvchidan faqatgina diqqat, e’tibor hamda asoslangan bilim talab etiladi.

Men test jarayonlarida 86 ballni qo‘lga kiritdim. Mutaxassislik bo‘yicha umumiy hisobda 2 ta xatolikka yo‘l qo‘yibman. O‘z natijamdan quvondim. Lekin yana o‘z ustimda ishlab, bundan-da yuqori natijalarni qayd etishga ahd qildim.

O‘zim va bir qancha hamkasblarim ushbu jarayon haqida ijobiy fikrda. Shu o‘rinda, ushbu jarayon tashkilotchilariga, test mualliflariga o‘z minnatdorligimni bildirib qolaman.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эътироф
#Attestatsiya

Bekzod Yarbulov,
Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumanidagi 25-umumta'lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi:


Bu yilgi attestatsiya sinovlarini adolatli va shaffof tarzda tashkil etib, o‘qituvchilarga katta imkoniyat yaratib berilgani uchun minnatdorchilik bildiraman.

Men 80 ball bilan oliy toifani olishga erishdim.
__________
Shohida Temirova
Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani, 9- DMTT tarbiyachisi
:

Yaqinda malaka toifasi uchun testda ishtirok etib, birinchi toifani qo‘lga kiritdim.

Fursatdan foydalanib, attestatsiya jarayonidan xizmat qilgan barcha pedagog ustozlarga rahmat aytmoqchiman.

Savollar, test jarayoni adolatli tashkil etilgani, maktabgacha ta'lim sohasiga ham alohida e'tibor berilganligi tufayli alohida minnatdorlik bildiraman.

Attestatsiya savollari malakali, bilimli pedagoglarni tanlashga, oʻz ustida ishlashlariga qaratilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM