Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.1K subscribers
20.9K photos
5.94K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Сўх
#Мактабгача_таълим

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Farg‘ona viloyati, So‘x tumanidagi tashrifi doirasida tumanda yangi ish boshlagan 30-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bu yerda yaratilgan sharoitlar, bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun yo’lga qo’yilgan qulayliklar, taomnomalar sifati va tarkibini ko’zdan kechirdi. Mahalliy aholi vakillari, ota-onalar bilan suhbatlashib, ularning hayajon va taassurotlariga sherik bo’ldi.

Aytish lozimki, mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatining yo’lga qo’yilishi oldinlari uzoq masofadagi bog’chalarga qatnovchi ota-onalar uchun katta qulaylik yaratdi.

Bu quvonchni bolajonlarning yuz-ko’zidagi tabassum va kulgulardan ham sezish qiyin emas.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💸 Havo ifloslanishi har yili jahon iqtisodiyotiga 8,1 trillion dollar zarar keltirmoqda — bu dunyo yalpi ichki mahsulotining 6,1 foizi havoga sovurilayapti degani. Bu Germaniya va Yaponiyaning jami yillik iqtisodiy ishlab chiqarishiga teng bo‘lib, osmon ifloslanishi va sog‘liq uchun muammolar tobora ko‘payib borishiga olib kelmoqda.

😶‍🌫️ Havoning ifloslanish darajasini atigi 20 foizga kamaytirish mehnat unumdorligini 33 foizga oshirishi va millionlab tonna hosilni saqlab qolishi mumkin, bu esa oziq-ovqat xavfsizligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

🌍 Xo‘sh, yechim nimada? Investitsiyalarda. Bu nafaqat mablag‘ga, balki barcha uchun yanada sog‘lom jamiyat va barqaror iqtisodiyot yaratishga daxldor. Bizga havo sifati bo‘yicha yanada qat’iy me’yorlar, toza texnologiyalar va chiqindilarni kamaytirishga bo‘lgan intilish kerak. Harakatsizlikning bahosi qancha? Juda yuqori.
~~~
💸 Загрязнение воздуха ежегодно обходится мировой экономике в ошеломляющие 8,1 триллиона долларов — это 6,1% мирового ВВП, исчезающего в воздухе. Это равносильно потере всего годового экономического производства Германии и Японии вместе взятых, оставляя лишь загрязненное небо и растущие проблемы со здоровьем.

😶‍🌫️ Снижение уровня загрязнения воздуха всего на 20% может повысить производительность труда на 33% и сохранить миллионы тонн урожая, что напрямую влияет на продовольственную безопасность.

🌍 Так в чём же решение? Инвестиции. Это касается не только денег, но и создания более здоровых сообществ и устойчивой экономики для всех. Нам нужны более строгие стандарты качества воздуха, более чистые технологии и приверженность сокращению выбросов. Какова цена бездействия? Она слишком высока.

#InternationalDayOfCleanAirForBlueSkies2024 #CleanAirNow

🌐 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OAV BIZ HAQIMIZDA

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarovaning Farg‘ona viloyati, So‘x tumaniga tashrifi doirasidagi uchrashuvlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi:

So‘x tumanida pedagoglar bilan muloqot tashkil etildi

https://t.iss.one/mtrkuzofficial/223512

So'xlik pedagoglar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
https://t.iss.one/hududtv/29003

Yangi o‘quv yili boshlandi — Jonli efir
https://t.iss.one/mtrkuzofficial/222994

Axborot 24 | Yangi o‘quv yili boshlandi — Jonli efir
https://t.iss.one/mtrkuzofficial/223000

So'x tumanidagi maktablarda o'tkazilgan "Birinchi qo'ng'iroq" tadbirlari jarayonlari
https://t.iss.one/Fargona_trk/19717

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Soʻx tumanida
https://uza.uz/posts/632873

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Farg‘ona viloyatining, anklav hududi hisoblangan So‘x tumanida bo’lib pedagog bilan uchrashdi.
https://t.iss.one/ruxsorteleradiokanali/7398

Ro’yxat to’ldiriladi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vebinar

Respublika ta'lim markazi fan metodistlari tomonidan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tanlov fanlari hamda yangi yaratilgan darsliklarni oʻqitish boʻyicha vebinar tashkil etilishini ma'lum qilamiz.

Dushanba - Ijtimoiy fanlar
Seshanba - Filologiya fanlari
Chorshanba - Tabiiy fanlar
Payshanba - Matematika fanidan

🕹Vebinar Zoom havolasini (linkini) RTM telegram ijtimoiy tarmog'i orqali olishingiz mumkin.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
#attestatsiya
#malaka_toifasi

📣 Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazishga doir
zarur adabiyotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 26-iyuldagi "Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining attestatsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi 229-son buyrugʻida belgilangan tegishli vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

❗️Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/announces/1740

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"OCHIQ ESHIKLAR KUNI" TADBIRI O‘TKAZILDI

▪️ Samarqand shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

☝️Tadbirda to‘garak a’zolari tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

⚡️Ko‘rgazma doirasida KONSERT DASTURI o‘tkazilib, ishtirokchilarga quvnoq kayfiyat ulashildi.

🔹Tadbirni o‘tkazishdan maqsad to‘garaklarga o‘quvchilarni jalb qilish, ota-onalarni ushbu to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda o‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.

Telegram
| Facebook | Veb sayt
#қонунчиликдаги_ўзгаришлар

Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi.

Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining qator Kodeks hamda Qonunlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

👉 Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni 43-moddasiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha orqali nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini tekshirish Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda amalga oshirilishini belgilandi.

👉 Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 53-moddasi uchinchi qismiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, endilikda maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tegishli maqsadlar uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xoʻjaliklariga berilmasligi belgilandi.

Shuningdek, qabul qilingan yangi Qonunga koʻra:

taʼlim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasi, shuningdek kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishning yangi mexanizmi joriy etildi;

davlat taʼlim standartining nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tomonidan majburiy bajarilishi belgilandi.

👉 Qonunning to‘liq matni:
https://lex.uz/pdfs/7093724

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM