Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Oʻzbekistonda maktab taʼlimiga doir xalqaro tajriba va zamonaviy metodik usullar keng joriy etilmoqda

Xabaringiz bor, joriy yilning iyun oyida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Singapurning “Marshall Cavendish Education” tashkiloti bilan hamkorlikda pedagoglarning malakasini oshirish, zamonaviy metodikalarni qoʻllagan holda darslarni tashkil etish masalalariga bagʻishlangan seminar-treninglar oʻtkazilgan edi.

Joriy yilning 5-8-avgust kunlari Respublikamiz boʻylab "Muvaffaqiyatli islohotlar-yuqori natijalar" mavzusida tashkil etilgan seminar-treninglarda mazkur masalalar atroflicha muhokama etildi.

Taʼkidlash joizki, taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlar natijalariga koʻra, Oʻzbekiston taʼlimida erishilgan yutuqlar bilan birga kelgusida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar ham mavjud.

Oʻquvchilarda mantiqiy, tanqidiy va kreativ fikrlash, bilimini real hayotiy vaziyatlarda qoʻllash, mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish, talqin qilish, nostandart vaziyatlarda yuzaga kelgan muammolarga yechim topish koʻnikmalarini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratish lozim.

Mazkur koʻnikmalar oʻquvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash, kasb egallashi va mustaqil qaror qabul qila oladigan shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Oʻz navbatida oʻqituvchilarning oʻqitish metodikalarini rivojlantirish, oʻquvchilarni mulohaza yuritishga undash, ularga oʻylashni talab qiladigan, bilimlarini yangi vaziyatlarda qoʻllash talab qilinadigan masalalar berish zarur.

Muammolarni turli xil kontekstlarda bayon etish, qilgan xatolardan oʻrganishiga yordam berish, bir soʻz bilan aytganda, oʻquvchiga maʼlumotlarni yetkazib berish emas, balki oʻrganishni oʻrgatish metodikalarini rivojlantirish masalasi tobora dolzarb hisoblanadi.

Kaskad usulida tashkil etilgan hamda 2000 nafarga yaqin ustozlarni oʻz ichiga qamrab olgan ushbu trening tadbirlarida mazkur masalalar atroflicha muhokama etildi. Mahorat darslarida maktab direktorlari, matematika va tabiiy fanlar ustozlari malakali trener mutaxassislarda yangi bilim va koʻnikmalarni oʻrganishdi, oʻzaro tajriba almashishdi.

Mashgʻulotlarda taʼlimni raqamlashtirish, oʻqituvchilar salohiyatini oshirish, taʼlimda liderlik, zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish kabi mavzularda soʻz yuritildi.

Singapur tajribasi asosida maktab rahbarlari va oʻqituvchilar malakasini oshirish, ularni kasbiy rivojlantirishga doir ilgʻor tajribalarni almashish boʻyicha fikr-mulohalar bildirildi. Xususan, oʻquvchilar bilimi va koʻnikmalarini baholash hamda rivojlantirishda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish, taʼlimni raqamlashtirish boʻyicha muloqot qilindi.

Eslatib oʻtamiz: Singapur — taʼlimga oid nufuzli tadqiqotlar natijalariga koʻra, dunyoda yetakchi mamlakatlardan biri boʻlib, taʼlimga sarmoya kiritish, inson kapitalini rivojlantirishga eʼtibor qaratish orqali mamlakat taraqqiyotiga erishgan davlat sifatida eʼtirof etiladi.

Uning “Marshall Cavendish Education” tashkiloti taʼlim sohasida salmoqli yutuqlarga erishgan tashkilot boʻlib, ayni vaqtda 90 dan ortiq mamlakatlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Tashkilot mazkur yoʻnalishda 60 yillik tajribaga ega.
#Taqdirlash_marosimi

Bugun “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va istiqboldagi rejalar” mavzusida tashkil etilgan o‘quv-seminarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Xasanov, shahar hokimiyati vakillari qatnashib, ishtirokchilarni o‘quv seminaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan tabrikladi.
____
Bugun shuningdek, kunning birinchi qismida:

“O‘quvchi-yoshlar ta’lim va tarbiyasida oila-maktab va mahalla hamkorligi”,
“Mahalla yettiligi”ning dolzarb vazifalari” kabi mavzularda mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulotlar qizg‘in bahs-munozaralarga boy holda o‘tdi.

✔️Mahorat mashg‘ulotlaridan so‘ng, maktab direktorlari va direktor o‘rinbosarlari 5 kunlik o‘quv trening asosida tayyorlagan taqdimotlari bo‘yicha ma’ruza qildilar.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Yaponiyaning “Digital Knowledge Co.Ltd.” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Xaga Xiroaki bilan loyiha qiymati 7 mln AQSH dollar bo'lgan Grant shartnomasini imzoladi.

Mazkur grant loyihasi doirasida, tashkilotning yapon tilini o‘rgatish platformasi orqali umumta'lim maktablarining o‘quvchilariga yapon tilini o‘rganish imkoniyatlari kengaytiriladi.

Shuningdek, uchrashuvda hamkorlik istiqbollarining keyingi qadamlari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Ислоҳотчи раҳбар, Янги Ўзбекистон асосчиси, халқаро майдонда улкан нуфузга эга атоқли давлат арбоби". Президент Шавкат Мирзиёев - Марказий Осиё давлатлари раҳбарларининг Фахрий унвони соҳиби

"Лидер-реформатор, архитектор Нового Узбекистана, выдающийся государственный деятель, имеющий большой авторитет на международной арене". Президент Шавкат Мирзиёев - кавалер Почетного знака глав государств Центральной Азии

Facebook|Instagram|X
⭕️⭕️⭕️

ISHGA MARHAMAT!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi yangi tashkil etilayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablariga boshlang‘ich sinf va umumta’lim fanlari o‘qituvchilari tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

❗️Hujjatlar joriy yilning 18-avgust kuniga qadar ish.uzedu.uz sayti orqali qabul qilinadi.

O‘qituvchilar tanlov asosida ishga qabul qilinadigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari ro‘yxati bilan saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin: https://www.uzedu.uz/uz/news/1704

☎️ Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun tegishli hududiy boshqarmalarga murojaat qilishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sirdaryo

Sirdaryo: yangi o’quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilmoqda

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov Sirdaryoda bo‘lib, bir qator ta'lim muassasalari faoliyatini o’rgandi.

Uchrashuvlar avvalida Singapurning "Marshall Cavendish Education" tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan treningda darslarning mazmun mohiyati, o‘quvchilarga mavzularni oson va qiziqarli yo‘l bilan yetkazishda amaliy topshiriqlarning o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Tashkil etilgan treningni keyingi bosqichini ham yuqori saviyada tashkil etish, hududlardagi hamkasblariga yangi bilim va ko‘nikmalarni yetkazish borasida fikrlar bildirdi.

Shundan so‘ng, vazir o‘rinbosari Yangiyer Pedagogika kollejining yangi o‘quv yilida tayyorgarlik holati va Yangiyer shahar 1-sonli DMTT faoliyati bilan tanishdi.

Muloqot jarayonida maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Sirdaryo viloyati MMTB matbuot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM