Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
97.3K subscribers
24.2K photos
6.41K videos
144 files
13.5K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️⭕️

📣 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovi Respublika bosqichi jarayonlariga bagʻishlangan JONLI MULOQOTga start berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream finished (34 minutes)
#imtihon_2024
#prezident_maktablari

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-iyul kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

📶 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

📲Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📍Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi
#bu_muhim

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” kasbiy koʻrik-tanlovining:

“Yangi Oʻzbekistonda yangi avlod bolalarini maʼnaviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi" nominatsiyasi boʻyicha maktabgacha taʼlim sohasida 2 yillik ish stajiga ega boʻlgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotga ega boʻlmagan tarbiyachilari ishtirok etadi.

“Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi” nominatsiyasida
ishtirokchilarning maktabgacha taʼlim va tarbiya jarayonida bolalarni tabiatga boʻlgan muhabbatini shakllantirishga oid ishlari koʻrib chiqiladi.

❗️Tanlovning Respublika final bosqichi 25-26-iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ёз_ўтмоқда_соз

Jizzax viloyati, Zomin tumanidagi 18-davlat maktabgacha ta’lim muassasasida "Yoz — o'tmoqda soz!" nomli bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda tarbiyalanuvchilar ishtirokida turli o'yinlar va madaniy chiqishlar tashkil etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi
#bu_muhim

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” kasbiy koʻrik-tanlovining:

“Innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasida ishtirokchilarining tarbiyalanuvchilar bilan oʻtkazilayotgan mashgʻulotlarda innovatsion va axborot texnologiyalaridan keng foydalana olish qobiliyatlari sinovdan oʻtkaziladi.

“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi” nominatsiyasida ishtirokchilarning bolalar bilan oʻtkaziladigan mashgʻulotlarga ijodkorlik bilan yondashish, mavzuga mos ixtirolar yarata olish qobiliyatlari koʻrib chiqiladi.

❗️Tanlovning Respublika final bosqichi ertaga — 25-iyul kuni boshlanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Said Matar Sultan as-Siri al-Kamzi bilan uchrashdi.


Unda vazirlik va elchixona mas'ullari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xususan, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va loyihalar ustida birgalikda ishlash masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, BAA vakillari bilan xalqaro investitsiya va grant loyihalari bo‘yicha hamkorlarni jalb qilish haqida so‘z yuritildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar taʼlimiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor o‘zining ilk samaralarini ko‘rsatmoqda.

Andijon shahridagi 4-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Rayyona Ibrohimovaning kuni kecha Germaniyaning Gyottengen shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Nemis tili Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgani fikrimning yaqqol dalilidir.

Dunyoning 62 davlatidan kelgan 100 dan ortiq eng bilimdon yoshlar orasida peshqadam bo‘lish katta sharaf, albatta. Bugun Rayyona, uning onasi va ustozi bilan uchrashib, hammalarini ulkan yutuq bilan samimiy tabrikladik. Farzand muvaffaqiyatida aynan ota-onalarning xizmati beqiyos bo‘lgani uchun Rayyonaning onasiga Tashakkurnoma taqdim etdik.

Davlatimiz Rahbari taʼkidlaganlaridek, “Bitta qiz bolani oʼqitsak, butun oilani o‘qitgan bo‘lamiz”. Niyatimiz – Rayyona kabi iqtidorli yoshlarimiz safi yanada kengayaversin.
⚡️Jarqo‘rg‘onda yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat boshladi

▪️Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Qo‘shtepa" mahallasida 90 o‘ringa mo‘ljallangan 45-sonli, "Porloq yulduz" mahallasida esa 150 o‘rinli 46-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari yangidan bunyod etildi.

Zamonaviy tipda qurilib, jihozlangan mazkur bog‘chalar bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov, tuman hokimi, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

☑️Tadbir davomida maktabgacha ta'lim tashkilotida yaratilgan qulayliklar bilan tanishildi va nuroniylar ertamiz egalariga ushbu tashkilotlar uzoq yillar samarali xizmat qilishini so‘rab duoga qo‘l ochishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt