Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
20.9K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Fan olimpiadalari
📣 O'zbekiston terma jamoasi 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga jo'nab ketti.

Yurtimiz sharafini himoya qiluvchi yoshlarimiz bilan tanishing:
Rahimov Daler Rahmonovich – Toshkent shahar, Olmazor tumani, ITMA Ibn Sino TIM  10-sinf o'quvchisi;
Abdullayeva Saida Ravshan qizi – Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 11-sonli AFCHO‘IM  11-sinf o'quvchisi;
Baxodirov Axror Mardonbekovich – Toshkent shahar, Olmazor tumani, ITMA Ibn Sino TIM  11-sinf o'quvchisi;
Muxammadov Mirjaxon Muxammadjon o‘g‘li – Toshkent shahar, Olmazor tumani,  ITMA Ibn Sino TIM  10-sinf o'quvchisi.

Eslatib o'tamiz o'tgan yili 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO) 🇺🇿o‘zbekistonlik o‘quvchilar  🥇2️⃣ ta oltin,   🥈1️⃣ta kumush, 🥉1️⃣ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.

Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Қорақалпоғистон

Ishchi guruh yangi o’quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o’rganmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri, Qo‘ng‘irot, Shumanay va Qonliko‘l tumanlaridagi bir qator ta’lim muassasalarida bo’ldi.

O’rganishlar jarayonida Vazirlik ishchi guruhi:

ta’lim muassasalaridagi yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari,
dastur asosida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar,
o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, yozgi ta’til vaqtida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida maktablarda tashkil etilgan “sog‘lomlashtirish maydoncha”lari faoliyati o‘rganildi.

Ishchi guruh umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishib, o‘z tavsiyalarini berdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 25-iyuldan navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish boshlanadi

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar hamda tegishli toifaga ega boʻlmagan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.

Joriy yilning 25-iyulidan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat xizmatlari markazlari orqali navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlar qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

❗️Murojaatlarni yuborish 2024-yil 10-avgust (shu kuni ham)ga qadar davom etadi.

👉 Maʼlumot uchun: joriy yilning mart-iyun oylarida oʻtkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida muvaffaqiyatli oʻtgan 4 896 nafar stajor-oʻqituvchilarning sertifikatlari ularning shaxsiy kabinetlariga yuborilgan.

✔️ Eslatib oʻtamiz: kasbiy sertifikatlash sinovlarida joriy yilning mart-iyun oylarida oʻtkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida yetarli ball to'play olmagan (56 dan kam) hamda sinovlardan o'ta olmagan stajor-o‘qituvchilar ham hujjat topshirishlari mumkin.

Kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovi test shaklida oʻtkaziladi hamda 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor sinovdan oʻtgan hisoblanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 "Kurash-milliy g‘ururimiz" shiori ostida sportning kurash turi bo‘yicha respublika musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, O‘zbekiston ''Yoshlik'' jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 5-6, 7-8, 9-10-sinf
oquvchilari ortasida, 14 ta vazn toifasida "Kurash - milliy gururimiz" shiori ostida respublika (final) bosqich musobaqasi o‘tkazildi.

Ushbu musobaqada hududlardan tashrif buyurgan 200 nafardan ziyod o‘smirlar o‘zaro bellashishdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida:

🥇Toshkent shahar jamoasi – 1-o‘rinni,
🥈Toshkent viloyati jamoasi – 2-o‘rinni,
🥉Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi – 3-o‘rinni.
🥉 Xorazm viloyati jamoasi – 3-o‘rinni egalladi.

🏆 G'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Telegram | Instagram |Facebook | Youtube
#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi
#bu_muhim

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovi respublika bosqichida ishtirok etgan metodist va tarbiyachilarning:

ish tajribasi respublika va hududlar miqyosida ommalashtiriladi hamda ular “Oʻz hududining namunali pedagogi” sifatida eʼtirof etiladi.

tanlov gʻoliblari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʻlinmalari tomonidan davlat mukofotlariga tavsiya etilishi mumkin.


❗️Tanlovning Respublika final bosqichi 25-26-iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️⭕️

📣 ERTAGA soat 14:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovi Respublika bosqichi jarayonlari, shartlari, baholash mezonlari, ishtirokchi va gʻoliblarga beriladigan imtiyozlar mavzusiga bagʻishlangan JONLI MULOQOT tashkil etiladi.

Unda vazirlikning Maktabgacha taʻlim tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi Lola Berdiyeva hamda mutaxassislar — Shahzoda Hamdamova, Zafar Ataboyevlar mavzuga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtadi.

👉 Muloqot vazirlikning rasmiy telegram kanalida boʻlib oʻtadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qoʻqonda taʼlim sohasi vakillari ishtirokida oʻquv seminar boʻlib oʻtmoqda

Bugun Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi 23-umumtaʼlim maktabida hududdagi taʼlim muassasalari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish mavzulariga bagʻishlangan oʻquv seminari boshlandi.

Ochilish marosimida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda mahalliy hokimlik mutasaddilari ishtirok etdi.

Soʻzga chiqqanlar hududdagi taʼlim maskanlarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilash, tarbiyaviy ishlar natijadorligi hamda direktor oʻrinbosarlari ish faoliyati yanada samarali tashkil etish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

Shundan soʻng tinglovchilar uch guruhga boʻlinib mashgʻulotlarni alohida auditoriyalarda davom ettirishdi. Mashgʻulotlarga yurtimizdagi taniqli olimlar, yetuk mutaxassis va professorlar jalb qilingan.

Maʼlumot uchun: seminarda 58 nafar maktab direktori, 48 nafar maktablarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, 63 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari qatnashmoqda.

📌 Oʻquv-seminar joriy yilning 26-iyul kuniga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARNING YAKUNIY IMTIHON JAVOBLARI TEZ KUNLARDA EʼLON QILINADI

📆 4-, 5-, 6-iyul kunlari boʻlib oʻtgan ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 26-iyul kuni;

📆 7-iyul kuni boʻlib oʻtgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqich natijalari shu yilning 24-iyul kuni;

📆 9-, 10-iyul kunlari boʻlib oʻtgan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 29-iyul kuni;

📆 10-iyul kuni boʻlib oʻtgan ijod maktablariga 3-bosqich kirish imtihonlarining natijalari esa shu yilning 27-iyul kuni eʼlon qilinishi rejalashtirilmoqda.

🌐 Imtihon natijalari Agentligimizning rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Forwarded from Fan olimpiadalari
#Xushxabar
Joriy yilning 15-22-iyul kunlari Germaniyaning Gyottengen shahrida bo‘lib o‘tgan dunyoning 62 ta mamlakatidan 100 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etgan Xalqaro Nemis tili Olimpiadasida yurtimizning yosh va iqtidorli o‘quvchisi Andijon shahri, 4-sonli maktabning 10-sinf o‘quvchisi Ibrohimova Rayyona munosib ishtirok etib ilk marotaba 🥇oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ushbu yutuq bilan o‘quvchimizni va ota-onalarini hamda ustozlarini muborakbod etamiz.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM