Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
Vengriya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston va O‘zbekiston ekofaollari ishtirok etgan Xalqaro yoshlar ekologik oromgohi yakunlandi.

Samarqand va Toshkentda ishtirokchilar xalqaro ekspertlar bilan birgalikda BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi (COP29) tomonlarining 29-konferensiyasiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilgan ko‘plab tadbirlarni o‘tkazdilar.

Ekologik oromgoh ishtirokchilari Markaziy Osiyo ekologik oromgohida ishlab chiqilgan "Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb etish bo‘yicha mintaqaviy strategiya" yo‘l xaritasi uchun takliflarni tayyorladi va kengaytirdi.

Ekologik oromgoh faoliyatining asosiy natijalari: "Young Climate Champions" xalqaro volonterlar tarmog‘i ishga tushirildi, ekologik madaniyatni targ‘ib qilish bo‘yicha xalqaro platforma ta’sis etildi, shuningdek, transchegaraviy hududlarda yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlari uchun milliy tabiat bog‘lari va qo‘riqxonalarni yaratish va muhofaza qilish tashabbusi ilgari surildi.

Завершился Международный молодёжный экологический лагерь, в котором приняли участие экоактивисты из Азербайджана, Венгрии, Казахстана, Кыргызстана, Таджикистана, Туркменистана, Турции и Узбекистана.

В Самарканде и Ташкенте участники вместе с международными экспертами провели множество мероприятий, организованных в рамках подготовки к 29-й Конференции Сторон Рамочной конвенции ООН об изменении климата (COP29).

Участники эколагеря подготовили и расширили предложения по дорожной карте «Региональной стратегии по продвижению культуры устойчивого развития и вовлечению детей и молодежи в климатическую повестку», разработанной на Центральноазиатском экологическом лагере.

Главными итогами деятельности эколагеря стали: запуск международной волонтерской сети «Young Climate Champions», учреждение международной платформы по продвижению экологической культуры, а также инициатива по созданию и охране национальных природных парков и заповедников для мигрирующих видов диких животных на трансграничных территориях.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#kasbim_faxrim

"O'quvchilarimning to’rt nafari oltin medal bilan taqdirlandi!"

Samarqand viloyati, Payariq tumanidagi 99-maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Nigora Eshonqulova muvaffaqiyatli ustozlarimizdan biri. Sababi bu yil maktabni tamomlagan oʻquvchilaridan to’rt nafari oltin medal bilan taqdirlandi.

⚡️ Nigora opa 5-sinfdan buyon ushbu oʻquvchilarga rahbarlik qilib keladi. Biz ustozning pedagogik faoliyati, oʻquvchilar bilan ishlash va dars oʻtish metodlari haqidagi fikrlari bilan qiziqdik
:

Oʻsib kamolga yetayotgan bolalar ham bir nihol kabi atrofdagilarning parvarishi va eʼtiboriga muhtoj boʻladi. Buni oʻz pedagogik faoliyatimda koʻp bora kuzatganman. Oʻquvchilarga nafaqat bilim, balki mehr va gʻamxoʻrlik koʻrsatsangiz, albatta, kelajakda bu oʻz natijasini beradi.

Bu yil men rahbarlik qilib kelgan 11-sinf oʻquvchilari orasidan 4 nafarining oltin medal bilan taqdirlangani ham ustoz sifatida, ham bir ona sifatida menga katta gʻurur bagʻishladi.

✍️ Oʻzim oʻquvchilarga ona tili va adabiyot fanidan dars beraman. Dars oʻtish jarayonida bolalarni oʻrganilayotgan mavzuga faol jalb qilish maqsadida turli xildagi zamonaviy taʼlim metodlaridan, xususan mavzuni muammoli bayon etish uslubidan doimiy foydalanib boraman. Mashgʻulotlarda faol ishtirok etgan oʻquvchilarimga kitob sovgʻa qilaman.

☑️ Darsdan boʻsh vaqtlarida oʻquvchilarni viloyatimizdagi turli tarixiy obidalarga sayohatga olib borishni odat qilganman. Maqsadim, buyuk bobokalonlarimiz qoldirib ketgan boy madaniy meʼrosimizni oʻz koʻzlari bilan koʻrishlari va faxr tuyishlarini istayman.

Oʻquvchilarimni aksariyati turli xorijiy til yoʻnalishlari boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega. Shu sababli chet tili fanlarini yanada chuqur oʻrganishlari uchun oliy taʼlim bosqichida ham shu fanlarga ixtisoslashgan oliygohlarga kirishmoqchi.

❗️Men oʻz kasbimdan va oʻquvchilarim erishayotgan yutuqlardan doimo faxrlanaman.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣 XUSHXABAR

Matematika bo‘yicha terma jamoamiz a’zolarining barchasi medallarni qo’lga kiritdi!

Xitoyda xalqaro yig‘inda ishtir
ok etayotgan Matematika bo’yicha O‘zbekiston terma jamoasi intellektual oromgoh qatnashchilari o’rtasida o’tkazilgan xalqaro olimpiadada 🥈1 ta kumush va 🥉5 ta bronza medallarini qo’lga kiritdi.

⚠️Eslatib o’tamiz, joriy yilning 15-iyun – 3-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida dunyoning 31 mamlakatidan 340ga yaqin terma jamoa a‘zolari va trenerlari “Ikkinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2024”da ishtirok etmoqda.

Mazkur xalqaro tayyorgarilk 2-marta Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, joriy yil 11-22 iyul kunlari Angliyaning Bat shahrida o’tkaziladigan 65-Xalqaro matematika olimpiadasi oldidan o’ziga xos sinov vazifasini bajarmoqda. Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi(IMO) oldidan ishtirokchi mamlakat vakillariga juda samarali va foydali tadbir.


Natijalar bilan tanishing:


⚡️Axtamov Ozodbek To‘lqinovich –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi - 🥈 Kumush medal

⚡️Boboqulov Asadbek Sayfiddin oʻgʻli – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

⚡️G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

⚡️Suyunova Madina Muhiddin qizi –  Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning  11-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

⚡️Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

⚡️ Jaylovov To‘lqin Turdimurodovich – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

Terma jamoamiz barcha a'zolarining medallarni qo'lga kiritayotgani yaxshi an'anaga aylanmoqda, yaqindagina Antalyada o‘tkazilgan O'smirlar o'rtasida Balkan matematika olimpiadasida ham 6 ishtirokchining barchasi medallarni (3 ta kumush, 3 ta bronza) qo'lga kiritgan edi.

Terma jamoamiz a'zolaridan mazkur nufuzli olimpiadada oltin medallarni kutib qolamiz!

Yaxshi niyat qilaylik, IMOda oltin medal nasib qilsin!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amaliyot
#Fransiya

🔴 Umumta'lim maktablarining fransuz tili fani ustozlari uchun Fransiyadagi amaliyot jarayonlari davom etmoqda.

Amaliyot davomida loyiha ishtirokchilari uchun mahorat darslari bilan bir qatorda:

Ta'limda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish,
Fransiya va O‘zbekiston ta'lim tizimlaridagi o‘xshashliklar va tafovutlar,
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish kabi mavzularda seminarlar bo‘lib o‘tmoqda.

✔️Darslar qizg‘in munozaralar shaklida tashkil etilgan bo‘lib, ustozlar o‘z savollariga mutaxassislardan batafsil javob olishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏕Yoz - oromgohlarda o‘tmoqda soz!

🏖Sherobod tumanidagi “BESHBULOQ” bolalar sogʼlomlashtirish oromgohi goʼzal togʼli hududda joylashgan bo‘lib, 7-14 yoshli bolalar uchun ajoyib dam olish va sogʼlomlashtirish imkoniyatini beradi.

🏊‍♀️Ayni kunlarda ushbu maskanda o‘quvchilar ta'tilni maroqli o‘tkazishmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt