Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.4K subscribers
21.1K photos
5.98K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari!

Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman.

Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta.

Aziz yoshlar!

Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz.

Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Ўзбекистон ёшларига байрам табриги

Праздничное поздравление молодежи Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

✔️ Joriy yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida o‘tkazilgan 28-O’smirlar o’rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi (JBMO)da ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib keldi.

⚡️O’quvchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

🏆Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 Elektron tabel yo‘riqnomasi

⚡️ MAKTAB DIREKTORLARI UCHUN


2024-2025 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilarning o‘zlashtirish baholar tabeli elektron shaklga o‘tkaziladi.

📹 Mazkur videoyo‘riqnomada elektron kundalik (emaktab.uz) tizimi orqali maktab mas’ullari tomonidan elektron baholar tabelini shakllantirish va yuklab olish jarayoni ko‘rsatilgan.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:

📞+998 (78) 888-82-82
📤@eMaktabuz_bot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Видеоинструкция электронного табеля для директоров школ

Начиная с 2024-2025 учебного года, оценки успеваемости учащихся будут переведены в электронную форму.

В данной видеоинструкции представлен процесс формирования и загрузки электронного оценочного табеля ответственными лицами школы через систему электронного дневника (emaktab.uz).

Для получения дополнительной информации:

📞+998 (78) 888-82-82
📤 @ eMaktabuz_bot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#islohotlar_raqamlarda

2024-yilning may-iyun oylarida mamlakatimizda umumiy hisobda 1 155 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etildi.

Jumladan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida — 44 ta (Nukus shahar - 6 ta, Nukus tumani - 1 ta, Amudaryo - 6 ta, Beruniy - 5 ta, Kegayli - 2 ta, Qonlikoʻl - 2 ta, Qoraoʻzak - 1 ta, Qoʻngʻirot - 5 ta, Taxtakoʻpir - 3 ta, Toʻrtkul - 2 ta, Xoʻjayli - 3 ta, Chimboy - 1 ta, Shumanay - 2 ta, Ellikqalʼa - 5 ta);

Andijon viloyatida — 78 ta (Andijon shahar – 4 ta, Andijon tumani – 6 ta, Asaka – 5 ta, Baliqchi – 3 ta, Buloqboshi – 4 ta, Boʻston – 1 ta, Jalaquduq – 2 ta, Izboskan – 12 ta, Marhamat – 9 ta, Oltinkoʻl – 11 ta, Paxtaobod - 5 ta, Xoʻjaobod – 3 ta, Shahrixon – 6 ta, Qoʻrgʻontepa – 7 ta);

Buxoro viloyatida — 31 ta (Buxoro tumani - 4 ta, Olot - 2 ta, Vobkent - 4 ta, Gʻijduvon - 8 ta, Jondor - 3 ta, Qorakoʻl - 4 ta, Peshku - 2 ta, Romitan - 4 ta);

Jizzax viloyatida — 76 ta (Jizzax shahar - 1 ta, Arnasoy - 1 ta, Baxmal - 14 ta, Gʻallaorol - 14 ta, Sharof Rashidov - 12 ta, Zomin - 9 ta, Zarbdor - 9 ta, Zafarobod - 6 ta, Mirzachoʻl - 2 ta, Paxtakor - 2 ta, Yangiobod - 2 ta, Forish - 4 ta);

Qashqadaryo viloyatida — 21 ta (Qarshi shahar - 3 ta, Shahrisabz shahar - 1 ta, Dehqonobod - 1 ta, Yakkabogʻ - 2 ta, Nishon - 1 ta, Koson - 3 ta, Muborak - 1 ta, Koʻkdala - 3 ta, Mirishkor - 1 ta, Gʻuzor - 2 ta, Kitob - 3 ta);

Navoiy viloyatida — 37 ta (Navoiy shahar - 10 ta, Zarafshon shahar - 1 ta, Karmana - 3 ta, Konimex - 2 ta, Qiziltepa - 9 ta, Navbahor - 2 ta, Nurota - 4 ta, Xatirchi - 6 ta);

Namangan viloyatida — 206 ta (Namangan shahar – 2 ta, Namangan tumani – 12 ta, Davlatobod – 2 ta, Yangi Namangan – 7 ta, Mingbuloq – 4, Kosonsoy – 13 ta, Norin – 13 ta, Pop – 11 ta, Toʻraqoʻrgʻon – 36 ta, Uychi – 35 ta, Uchqoʻrgʻon – 11 ta, Chortoq – 11 ta, Chust – 23 ta, Yangiqoʻrgʻon – 26 ta);

Samarqand viloyatida — 141 ta (Samarqand shahar - 31 ta, Samarqand tumani – 8 ta, Kattaqoʻrgʻon tumani – 2 ta, Oqdaryo – 6 ta, Bulungʻur – 5 ta, Jomboy - 12 ta, Ishtixon - 19 ta, Qoʻshrаbot – 5 ta, Narpay - 1ta, Nurobod - 2 ta, Payariq - 14 ta, Pastdargʻom - 13 ta, Paxtachi – 8 ta, Toyloq – 6 ta, Urgut – 9 ta);

Sirdaryo viloyatida — 63 ta (Guliston shahar - 6 ta, Guliston tumani - 10 ta, Yangiyer shahar - 2 ta, Boyovut - 9 ta, Mirzaobod - 11 ta, Oqoltin - 4 ta, Sardoba - 6 ta, Sayxunobod - 6 ta, Sirdaryo - 3 ta, Xovos - 6 ta);

Surxondaryo viloyatida — 115 ta (Termiz shahar – 10 ta, Termiz tumani - 3 ta, Angor - 5 ta, Bandixon - 2 ta, Boysun - 6 ta, Denov - 21 ta, Jarqoʻrgʻon - 7 ta, Muzrabot - 3 ta, Oltinsoy - 2 ta, Sariosiyo - 11 ta, Uzun - 6 ta, Sherobod - 11 ta, Shoʻrchi - 8 ta, Qiziriq - 5 ta, Qumqoʻrgʻon - 15 ta);

Toshkent viloyatida — 132 ta (Angren shahar – 13 ta, Bekobod shahar – 2 ta, Olmaliq shahar – 2 ta, Nurafshon shahar – 3 ta, Chirchiq shahar – 1 ta, Yangiyoʻl shahar – 2 ta, Bekobod tumani – 18 ta, Ohangaron tumani – 4 ta, Toshkent tumani – 13 ta, Yangiyoʻl tumani – 6 ta, Boʻka – 4 ta, Boʻstonliq – 4 ta, Zangiota – 4 ta, Oqqoʻrgʻon – 7 ta, Qibray – 4 ta, Quyi Chirchiq – 5 ta, Parkent – 18 ta, Piskent – 3 ta, Oʻrta Chirchiq – 10 ta, Chinoz – 8 ta, Yuqori Chirchiq – 1 ta);

Fargʻona viloyatida — 189 ta (Fargʻona shahar - 4 ta, Qoʻqon shahar – 21 ta, Margʻilon shahar - 14 ta, Fargʻona tumani - 9 ta, Oʻzbekiston tumani - 11 ta, Bоgʻdod - 4 ta, Beshariq - 24 ta, Buvayda - 1 ta, Dangʻara – 11 ta, Yozyovon - 4 ta, Oltiariq - 10 ta, Qoʻshtepa - 10 ta, Rishton - 14 ta, Soʻx - 2 ta, Toshloq - 26 ta, Uchkoʻprik - 7 ta, Furqat - 7 ta, Quva - 10 ta);

Xorazm viloyatida — 22 ta (Urganch shahar - 1 ta, Xiva shahar - 1 ta, Urganch tumani - 2 ta, Bogʻot - 4 ta, Qoʻshkoʻpir - 2 ta, Hazorasp - 9 ta, Xonqa - 2 ta, Shovot - 1 ta).

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kunlik_statistika

1-sinf qabuliga biriktirilgan mikro-hudud bo'yicha jami kelib tushgan arizalar soni - 481 005 ta (2024-yilning 1-iyul holatiga).

Jumladan:
➡️maktab tomonidan qabul qilingan arizalar soni - 432 938 ta.

✔️ Bu yil respublikamiz bo’yicha 719 mingdan ortiq maktab yoshdagi bolalarni qabul qilish rejalashtirilgan.

Qabul jarayonlari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni ✈️ @mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olish mumkin.

#ежедневная_статистика

Общее
количество поступивших заявок по микро-району, прикрепленному к приему 1 класса - 481 005 (по состоянию на 1 июля 2024 года).

В том числе:
➡️количество принятых школами заявлений - 432 938.

✔️ В этом году планируется принять более 719 тысяч детей школьного возраста по республике.

Дополнительную информацию о процессе приема можно получить в телеграм-канале ✈️ @mymaktab_uz или по телефону 📞 71 203-07-04.

🌍
mymaktab_uz

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
Vengriya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston va O‘zbekiston ekofaollari ishtirok etgan Xalqaro yoshlar ekologik oromgohi yakunlandi.

Samarqand va Toshkentda ishtirokchilar xalqaro ekspertlar bilan birgalikda BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi (COP29) tomonlarining 29-konferensiyasiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilgan ko‘plab tadbirlarni o‘tkazdilar.

Ekologik oromgoh ishtirokchilari Markaziy Osiyo ekologik oromgohida ishlab chiqilgan "Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb etish bo‘yicha mintaqaviy strategiya" yo‘l xaritasi uchun takliflarni tayyorladi va kengaytirdi.

Ekologik oromgoh faoliyatining asosiy natijalari: "Young Climate Champions" xalqaro volonterlar tarmog‘i ishga tushirildi, ekologik madaniyatni targ‘ib qilish bo‘yicha xalqaro platforma ta’sis etildi, shuningdek, transchegaraviy hududlarda yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlari uchun milliy tabiat bog‘lari va qo‘riqxonalarni yaratish va muhofaza qilish tashabbusi ilgari surildi.

Завершился Международный молодёжный экологический лагерь, в котором приняли участие экоактивисты из Азербайджана, Венгрии, Казахстана, Кыргызстана, Таджикистана, Туркменистана, Турции и Узбекистана.

В Самарканде и Ташкенте участники вместе с международными экспертами провели множество мероприятий, организованных в рамках подготовки к 29-й Конференции Сторон Рамочной конвенции ООН об изменении климата (COP29).

Участники эколагеря подготовили и расширили предложения по дорожной карте «Региональной стратегии по продвижению культуры устойчивого развития и вовлечению детей и молодежи в климатическую повестку», разработанной на Центральноазиатском экологическом лагере.

Главными итогами деятельности эколагеря стали: запуск международной волонтерской сети «Young Climate Champions», учреждение международной платформы по продвижению экологической культуры, а также инициатива по созданию и охране национальных природных парков и заповедников для мигрирующих видов диких животных на трансграничных территориях.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#kasbim_faxrim

"O'quvchilarimning to’rt nafari oltin medal bilan taqdirlandi!"

Samarqand viloyati, Payariq tumanidagi 99-maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Nigora Eshonqulova muvaffaqiyatli ustozlarimizdan biri. Sababi bu yil maktabni tamomlagan oʻquvchilaridan to’rt nafari oltin medal bilan taqdirlandi.

⚡️ Nigora opa 5-sinfdan buyon ushbu oʻquvchilarga rahbarlik qilib keladi. Biz ustozning pedagogik faoliyati, oʻquvchilar bilan ishlash va dars oʻtish metodlari haqidagi fikrlari bilan qiziqdik
:

Oʻsib kamolga yetayotgan bolalar ham bir nihol kabi atrofdagilarning parvarishi va eʼtiboriga muhtoj boʻladi. Buni oʻz pedagogik faoliyatimda koʻp bora kuzatganman. Oʻquvchilarga nafaqat bilim, balki mehr va gʻamxoʻrlik koʻrsatsangiz, albatta, kelajakda bu oʻz natijasini beradi.

Bu yil men rahbarlik qilib kelgan 11-sinf oʻquvchilari orasidan 4 nafarining oltin medal bilan taqdirlangani ham ustoz sifatida, ham bir ona sifatida menga katta gʻurur bagʻishladi.

✍️ Oʻzim oʻquvchilarga ona tili va adabiyot fanidan dars beraman. Dars oʻtish jarayonida bolalarni oʻrganilayotgan mavzuga faol jalb qilish maqsadida turli xildagi zamonaviy taʼlim metodlaridan, xususan mavzuni muammoli bayon etish uslubidan doimiy foydalanib boraman. Mashgʻulotlarda faol ishtirok etgan oʻquvchilarimga kitob sovgʻa qilaman.

☑️ Darsdan boʻsh vaqtlarida oʻquvchilarni viloyatimizdagi turli tarixiy obidalarga sayohatga olib borishni odat qilganman. Maqsadim, buyuk bobokalonlarimiz qoldirib ketgan boy madaniy meʼrosimizni oʻz koʻzlari bilan koʻrishlari va faxr tuyishlarini istayman.

Oʻquvchilarimni aksariyati turli xorijiy til yoʻnalishlari boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega. Shu sababli chet tili fanlarini yanada chuqur oʻrganishlari uchun oliy taʼlim bosqichida ham shu fanlarga ixtisoslashgan oliygohlarga kirishmoqchi.

❗️Men oʻz kasbimdan va oʻquvchilarim erishayotgan yutuqlardan doimo faxrlanaman.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM