Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.5K subscribers
21.3K photos
6.01K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Tanlov

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” ko’rik-tanlovining dastlabgi bosqichi o‘tkazilmoqda


🔴 Ayni damda Respublikamiz bo‘ylab Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachilari va tarbiyachilari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” respublika tanlovining 1-bosqichiga start berildi.

Tanlov 3 bosqichda, 6 ta nominatsiya bo‘yicha o’tkazilmoqda. 1-bosqichida ishtirokchilar test sinovlari orqali o‘z bilimlarini sinovdan o'tkazishmoqda.
________

Fotolavhalarda Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda Qashqadaryo, Xorazm va Navoiy viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tuman va shaharlardagi kamida 3 tadan eng namunali bogʻchalarda gimnastika xonalari tashkil qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi.

Unga koʻra:

Boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi – Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi – Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi etib qayta nomlandi hamda Sport vazirligi tizimidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga oʻtkazildi.

2024-yil 1-sentabrga qadar:


har bir tuman va shahardagi kamida 3 tadan eng namunali davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida gimnastika xonalari tashkil qilinadi.

2024-yil 1-sentabrdan boshlab:

ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama toʻlash tartibi joriy etiladi.

Shuningdek:

ixtisoslashtirilgan sport maktablarida oʻquv-tarbiya jarayoni 5–11-sinflar doirasida tashkil etiladi;
Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 7–11 yoshdagi (1–4-sinf) oʻquvchi-sportchilar ham qabul qilinadi;
har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam, 24 nafardan ortiq boʻlmagan sinflarda amalga oshiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi yaratiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Unga koʻra:


A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti negizida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etildi.

2024-2025-oʻquv yilidan boshlab:

Vazirlik tizimidagi taʼlim tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinadi;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha “Virtual kasbiy rivojlantirish” elektron dasturi joriy etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarining xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslari joriy qilinadi;

barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish soati” hamda tayanch umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish kuni” bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirishga moʻljallangan “milliytarbiya.uz” elektron platformasi tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.

Unga koʻra:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Qori-Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti negizida Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tashkil etildi.

2024-2025-oʻquv yilidan boshlab:

umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyati” mavzusida tarbiya haftaliklarini oʻtkazib boriladi.

2025-yil yakuniga qadar:


ota-onalar, oʻqituvchilar va oʻquvchilar uchun yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirishga moʻljallangan “milliytarbiya.uz” elektron platformasi va uning mobil versiyasi ishlab chiqiladi.

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:

umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tajriba sinov tariqasida bosqichma-bosqich jahonda tan olingan ijtimoiy-emotsional taʼlim (Social and Emotional Learning – SEL) metodikalari joriy qilinadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge (Dr Hans Kluge) bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va "Zamin" fondi o‘rtasida bolalarga, shu jumladan onkologik kasalliklarga chalinganlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, ularni reabilitatsiya qilish, O‘zbekistonda palliativ yordamni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda, shuningdek, atrof-muhit muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirish uchun, shu jumladan, xalqaro havo sifati standartlari va ichimlik suvi sifati me’yorlarini ishlab chiqishda xalqaro ekspertlarni jalb qilishga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratildi.

Председатель Попечительского совета Фонда Zamin Зироат Мирзиёева провела встречу с директором Европейского регионального бюро ВОЗ Хансом Клюге (Dr Hans Kluge).

На встрече были обсуждены вопросы совместного взаимодействия Всемирной организации здравоохранения и Фонда Zamin в области улучшения оказания медицинских услуг детям, в частности с онкологическими заболеваниями, их реабилитация, развитие паллиативной помощи в Узбекистане.

Отдельное внимание было уделено содействию в привлечении международных экспертов для развития и совершенствования охраны окружающей среды, в том числе при разработке международных стандартов качества воздуха и нормативам качества питьевой воды.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
O‘quvchilar va bog‘cha tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarini oldini olish borasidagi ishlar muhokama qilindi

Bugun Oliy Majlis Senatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📍 Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Azamat Kamolov o‘tgan vaqt davomida vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarida bu borada olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, ayni vaqtda yo‘l harakati xavfsizligi ko‘nikmalarini doimiy shakllantirib borish maqsadida “Tarbiya”, “Matematika”, “Tabiiy fanlar”, “Ona tili”, “Texnologiya”, “Tasviriy san’at”, “Musiqa madaniyati”, “Davlat va huquq asoslari” fanlari orqali o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borilmoqda.

✔️Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Transport bilan tanishuv", "Svetofor", "Yer usti transporti", "Havo, suv va yer usti transporti", "Ehtiyotkor piyoda haftasi", "Favqulodda yordam xizmatlari" mavzulari doirasida tarbiyalanuvchilarga ilk bilim va ko‘nikmalar o‘rgatib kelinmoqda.

❗️Yig‘ilishda o‘quvchilar bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalarini oldini olish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha kelgusida rejalashtirilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchilar_qurultoyi

BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDI

Bugun Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi bo’lib o’tdi.

Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini hаr tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ulаr bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so’zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha jabhalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, qurultoyning ahamiyati haqida to’xtalib, bitiruvchilarga oq yo’l tiladi.

✔️Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 856 nafar o‘quvchi tamomlayotgan boʻlsa, oʻtgan oʻquv yilida Prezident maktablarini 326 nafar, ijod maktablarini 233 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 3 927 nafar o‘quvchi tamomlagan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM