Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
20.9K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Mamlakatimiz bo‘ylab "Ta’lim va kasb" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi hamda My Fair kompaniyasi bilan hamkorlikda maktab bitiruvchilarining kasb-hunar o‘rganishlariga ko‘maklashish maqsadida joriy yilning aprel-may oylarida respublika bo‘ylab "Ta’lim va kasb" ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda.

🔹 100 dan ortiq xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalari jalb etilgan ko‘rgazma tadbirlari joriy yilning 17-may sanasiga qadar quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi:

📍Toshkent — 17-18-aprel;
📍Samarqand — 20-aprel;
📍Navoiy — 22-aprel;
📍Buxoro — 24-aprel;
📍Urganch — 26-aprel;
📍Nukus — 29-aprel;
📍Farg'ona — 13-may;
📍Andijon — 15-may;
📍Namangan — 17-may,

👉 Ko‘rgazmalarga kirish bepul! Buning uchun quyidagi manzil orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim: @myfair_regbot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Yosh fermer" loyihasi davom etmoqda

Bugun Farg‘ona shahrida "Yosh fermer" loyihasida ishtirok etuvchi, "Eco schools Uzbekistan" ga a'zo 18 ta maktab vakillari jamlanishdi.

Uchrashuvlar Farg‘ona shahar 10-maktabdagi issiqxona faoliyatini o‘rganish bilan boshlandi.

Shuningdek, maktab Eko-qo‘mitasi "7-qadam metodologiyasi" bo'yicha amalga oshirgan ishlar bilan tanishildi hamda o'zaro tajriba almashildi.

Shundan soʻng esa, pedagog va oʻquvchilar uchun Fargʻona atlas fabrikasi va Margʻilon shahri boʻylab sayohat tashkil etildi.

Ma'lumot o‘rnida: ertaga, 18-aprel kuni Farg‘onada "Yosh fermer" loyihasi doirasida "Eco-schools" xalqaro dasturida ishtirok etuvchi maktablar uchun seminarlar va amaliy treninglar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryolik o‘qituvchi attestatsiyada yuqori 92 ballni qo‘lga kiritdi

"Yaxshi o‘qib, izlanib, o‘z ustingizda ishlasangiz, yuqori natijalarga albatta erishasiz",- deydi Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi 5-umumta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Mavjuda Abdiyeva.

O‘qituvchimiz malaka test sinovlarida qatnashib, yuqori 92 ballni qo‘lga kiritdi. Bu hozirga qadar Surxondaryo viloyatidagi eng yuqori ko‘rsatkich.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Xorijiy_hamkorlik
#Finlyandiya

Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi vakillari bugun kunning ikkinchi qismida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo’lishdi.

❗️Uchrashuv davomida xorijlik mehmonlar maktabdagi o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. O’quvchilar tomonidan yaratilgan ixtirolar, xususan robototexnika hamda mobil ilovalar finlyandiyalik ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

📍 Shundan so’ng, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Unda xorijlik ekspertlar hozirda Respublikamiz maktablarida joriy qilinayotgan yangicha baholash tizimi bilan yaqindan tanishishdi.

✔️Baholash materiallarini tayyorlovchi mahalliy ekspertlar bilan muzokaralar o‘tkazgan holda, joriy qilinayotgan yangicha baholash tizimini fin tajribasi asosida takomillashtirish, shuningdek mahalliy ekspertlarning salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘mak va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazir o‘rinbosari Qashqadaryo viloyatidagi maktablar faoliyati bilan tanishdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov Qashqadaryo viloyatidagi ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi.

Unda ta’lim muassasalarida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish, formativ-summativ baholash tizimiga o’tgan tajriba-sinov maktablarida baholash jarayonlarini yaxshilash, ta'lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni quyi bosqichlarga qadar yetkazish holati atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, kasbi orqali qo'shimcha daromad topayotgan pedagoglar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Ishtirokchilar_fikri

👉 Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 40-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Ruslan Norboyev attestatsiya jarayonlari haqida.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM