Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
20.9K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
🌀 “KITOBXONLIK FESTIVALI” QASHQADARYODA

✔️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchi-yoshlar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish hamda ularni kitobga do'st tutunishlarini qo'llab - quvvatlash maqsadida tashkil etib kelinayotgan "Kitobxonlik festivali” ning navbatdagi tadbiri Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tadi.

☄️Festival quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:

“Eng faol kitobxon o'quvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng kitobxon oila”
“Eng faol kutubxonachi”
“Eng kitobxon maktab”

Festivalda 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan kitobxon o'quvchilar hamda kitobxon oilalar ishtirok etadi!

🎁 Festival g‘oliblari va faol ishtirokchilar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazirning birinchi o‘rinbosari Buxoro viloyatidagi taʼlim muassasalarida bo‘ldi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev Buxoro viloyatining Vobkent, Qorako‘l, Jondor, Romitan va G‘ijduvon tumanlaridagi umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Maktabda o‘quv-tarbiya jarayonining borishi, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularga ikkita xorijiy til va kasb-hunar o‘rgatish, shuningdek, pedagoglar salohiyatini oshirish maqsadida olib borilayotgan ishlarga alohida eʼtibor qaratdi. Dars jarayonlarini kuzatdi, o‘quvchilarning qiziqishi va maqsadlari bilan qiziqdi.


Pedagoglar bilan uchrashib, taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ish va yangiliklar borasida suhbatlashdi. Suhbat jarayonida pedagoglarning taʼlim sifatini oshirish bo‘yicha muammo va takliflarini o‘rgandi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati ham vazir o‘rinbosari eʼtiborida bo‘ldi. Taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-tarbiya jarayonlarini o‘rganar ekan, bu boradagi ishlar sifatini yana-da oshirish bo‘yicha masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Bayonot_2

VIDEOBAYONOT:
Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda.

👉 Bugun — 17-apreldan boshlab Boshlangʻich taʼlim fani oʻqituvchilari attestatsiyadan oʻtkaziladi va mazkur fan pedagoglarini malaka test sinovlaridan oʻtkazish joriy yilning 22-apreliga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Finlandiya

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Finlandiya Milliy ta’lim agentligi O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi bo‘yicha boshqarma rahbari Pia Kola-Torvinen hamda delegatsiya a‘zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida:


joriy yilda ta’lim sohasiga doir amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar;
umumta’lim maktablari direktorlari va o‘qituvchilari malakasini oshirish;
inklyuziv ta’limni rivojlantirish;
ta’limda boshqaruv va baholash koponentlar bo‘yicha
hamkorlikdagi qator masalalar xususida fikr almashildi.

✔️Finlandiya Milliy ta’lim agentligi a’zolari bilan tashkil etiladigan uchrashuv va tadbirlar kun davomida ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Ishtirokchilar_fikri

Ayni damda Respublikamiz bo‘ylab maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari ishtirokida attestatsiya jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumanidagi 17-umumta’lim maktab o‘qituvchisi Ajimuratova Biybizavre attestatsiya jarayonlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
_______________
Ustozimiz 84 ball to‘plab, Qoraqalpog‘iston Respublikasida hozirga qadar eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TALIS

O‘qitish va ta’lim olishni o‘rganish xalqaro TALIS 2024 tadqiqotida tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olingan mamlakatimizdagi 210 ta maktab direktorlari va o‘qituvchilari ishtirok etayotganligidan xabaringiz bor.

Hozirga qadar mazkur tadqiqotda belgilangan maktablarning 203 tasi (4 293 nafar ishtirokchi) so‘rovnoma to‘ldirish orqali qatnashdi.


📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Xorazm, Surxondaryo, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahrida ushbu tadqiqot jarayonlari to‘liq yakuniga yetkazildi.

🔴 TALIS tadqiqot jarayonlari 2024-yil 18-aprelga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimiz bo‘ylab "Ta’lim va kasb" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi hamda My Fair kompaniyasi bilan hamkorlikda maktab bitiruvchilarining kasb-hunar o‘rganishlariga ko‘maklashish maqsadida joriy yilning aprel-may oylarida respublika bo‘ylab "Ta’lim va kasb" ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda.

🔹 100 dan ortiq xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalari jalb etilgan ko‘rgazma tadbirlari joriy yilning 17-may sanasiga qadar quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi:

📍Toshkent — 17-18-aprel;
📍Samarqand — 20-aprel;
📍Navoiy — 22-aprel;
📍Buxoro — 24-aprel;
📍Urganch — 26-aprel;
📍Nukus — 29-aprel;
📍Farg'ona — 13-may;
📍Andijon — 15-may;
📍Namangan — 17-may,

👉 Ko‘rgazmalarga kirish bepul! Buning uchun quyidagi manzil orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim: @myfair_regbot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Yosh fermer" loyihasi davom etmoqda

Bugun Farg‘ona shahrida "Yosh fermer" loyihasida ishtirok etuvchi, "Eco schools Uzbekistan" ga a'zo 18 ta maktab vakillari jamlanishdi.

Uchrashuvlar Farg‘ona shahar 10-maktabdagi issiqxona faoliyatini o‘rganish bilan boshlandi.

Shuningdek, maktab Eko-qo‘mitasi "7-qadam metodologiyasi" bo'yicha amalga oshirgan ishlar bilan tanishildi hamda o'zaro tajriba almashildi.

Shundan soʻng esa, pedagog va oʻquvchilar uchun Fargʻona atlas fabrikasi va Margʻilon shahri boʻylab sayohat tashkil etildi.

Ma'lumot o‘rnida: ertaga, 18-aprel kuni Farg‘onada "Yosh fermer" loyihasi doirasida "Eco-schools" xalqaro dasturida ishtirok etuvchi maktablar uchun seminarlar va amaliy treninglar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryolik o‘qituvchi attestatsiyada yuqori 92 ballni qo‘lga kiritdi

"Yaxshi o‘qib, izlanib, o‘z ustingizda ishlasangiz, yuqori natijalarga albatta erishasiz",- deydi Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi 5-umumta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Mavjuda Abdiyeva.

O‘qituvchimiz malaka test sinovlarida qatnashib, yuqori 92 ballni qo‘lga kiritdi. Bu hozirga qadar Surxondaryo viloyatidagi eng yuqori ko‘rsatkich.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt