Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
20.9K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik

Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga doir Anglashuv memorandumi imzolandi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Koreya ilm-fan va ijod jamg‘armasi hamda Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Asosiy maqsad, ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tomonlar o‘rtasidagi loyihalarni amalga oshirish tizimini samarali tashkil etishdan iboratdir.

Shuningdek, STEM sohasini rivojlantirish, tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro kadrlar almashuvi tizimini yo‘lga qo‘yish, tomonlarning mavjud muammolarini hamkorlikda hal qilish nazarda tutiladi.

Uchrashuv doirasida qator yo‘nalishlar, jumladan:

iqtidorli yoshlar bilan ishlash, ularni xalqaro va mintaqaviy fan olimpiada (STEM fanlaridan)lari va musobaqalarga tayyorlash;

STEM fanlari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish maqsadida qisqa va uzoq muddatli almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;

o‘zaro ma’lumotlar almashish uchun qisqa muddatli treninglar tashkil etish bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan singapurlik mutaxassislar bilan tabiiy va matematika fanlari yuzasidan tashkil etilgan uchrashuvdan videolavha
.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xorijiy_hamkorlik
#Koreya

Endi 1000 ta umumta'lim maktabida "Smart sinflar" tashkil etiladi


Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida "Hancom academy" rahbariyati bilan "O‘zbekistondagi umumta'lim maktablarida axborot kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan “Smart sinflar” tashkil etish" hamkorlik loyihasini amalga oshirish yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, "Hancom academy" Bosh direktori Kvan-Xon Li, ijrochi direktori Pak Kinxyon hamda tashkilotning O‘zbekistondagi rasmiy vakili Li Sang Il va vazirlik mas'ullari ishtirok etishdi.

❗️Uchrashuvda "Hancom academy" tomonidan maktablarda AKTdan foydalanish, IT kasb yo‘nalishlarida to‘garaklar tashkil etish maqsadida 2027-yilga qadar 1000 ta o‘quv kompyuter sinflari to‘plami bosqichma-bosqich tarzda vazirlikka taqdim etilishi ma'lum qilindi.

Shuningdek hamkorlik imkoniyatlarining kelgusi qadamlarini ishlab chiqish va rejalashtirish uchun tomonlar o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Germaniya

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Germaniyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Tilo Klinner bilan uchrashdi.

Unda Gyote instituti direktori Marin Nimayer, Xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasining O‘zbekistondagi direktori Svetlana Lyubavina va vazirlik mas'ullari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar:

ta'lim sohasidagi hamkorlik masalalarini kuchaytirish,
maktablarda nemis tilini o'qitishni yanada rivojlantirish,
nemis tilidan dars beruvchi o'qituvchilar malakasini oshirish, ularning sonini ko'paytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM